Inson
hayotiga kun, oy, fasl, yil o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Inson vujudida ham o‘n ikki yil ichida jiddiy o‘zgarish sodir
bo'ladi. 12 yil ichida yosh bola oiganizmida jiddiy o‘zgarish
va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar orga-
nizmida erkaklik unsurlari,
qizlarda esa ayollarga xos
xususiyatlar faol rivojlana boshlaydi. Muchal yoshiga bag‘ish-
langan marosim oilada ikki quda ishtirokida kamay-sumay
navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning
bo‘yi barobar oq mato o‘lchash,
oq toam va shirinliklar
ulashish, isiriq tutatish, duolar o‘qish kabi an’analar asosida
o‘tkazilgan. Qadimda muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim
Navro‘z bayrami tadbirlariga qo‘shib o'tkazilgan. «Oq libos-
li» muchal yoshini nishonlayotgan yoshlar Navro‘z o‘tkazi-
layotgan joyga kirib kelishganida barcha ulami qutlashgan.
Kichik yoshli bolalar ularga- bahor gullarini taqdim etishgan.
Muchal to‘yining yakunida 7-8
muchal yoshini yashagan
qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlami duo
qilganlar.
Mustaq illikga erishilib, milliy qadriyatlar tiklana bosh-
lagandan so‘ng «Muchal yoshi» nafaqat oila a’zolari
davrasida, balki maktablarda ham ota-onalaming ishtirokida
Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda.
Bu kabi yangi
tadbirlar ko‘pgina maktablaming an’anaviy bayramlariga
aylanib bormoqda.
0 ‘zbek toyiari.
To‘y - hayotning katta shodiyonasi, oila
baxt saodati va farovon turmush ramzi,
hayotning eng
quvonchli damlaridir. Xalqimizda qadimdan «Beshik to‘yi»,
«Nikoh to‘yi», «Payg‘ambar yoshi to‘yi» kabilar bo‘lgani
ma’lum. Hozirda nikoh to‘ylarining yangicha, zamonaviy
shakllari qaror topmoqda. To‘ylami o‘ziga xos bayram
tarzida
tashkil etish, ulami tartibga solish, ixchamlashtirish
161
ayniqsa badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. Yurtboshimiz
I.A.Karimovning 1998-yil 28-oktabrdagi to‘y-hashamlar,
oilaviy
tantanalar, ma’raka va marosimlami o‘tkazishni tar-
tibga solishga bag‘ishlangan farmonlari ajdodlarimizning
oilaviy qadriyatlami tiklash, mazmun va mohiyatini bozor
iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda
metodologik asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: