marosim sifatida uyushtirilgan, unda erkaklar qatnashmagan.
Tog‘li qishloqlarda esa «Birinchi qadam» katta anjumanga
aylanib ketgan.
«Birinchi qadam» marosimi madaniyat uylari, bolalar
bog‘chalari va oilalar bilan hamkorlikda keng doirada
o‘tkazilsa, yanada qiziqarli bo‘ladi.
Sunnat toyi.
0 ‘qil bolalar hayotida eng muhim
marosimlardan biri sunnat to‘yidir. Sunnat to‘yi turli joylarda
turlicha — «xatna to‘yi», «qo‘lni halollash», «o‘g‘il to‘yi» kabi
nomlar bilan yuritiladi. Sunnat islom dini paydo bo‘lishidan
ham
ilgari
mavjud
bo‘lgan.
Sunnat
qilish
qadimiy
zamonlarda o‘g‘il bolalaming bolalikdan o‘spirinlikka o‘tish
davrida o‘tkazilgan. Xatna paydo bo‘lishi haqida «Injilda»
shunday fikrlar bildirilgan: olamning paydo bo'lishi davrida
Ibrohim payg‘ambarga xudodan vahiy kelgan. Unga ma’naviy
poklanish ramzi sifatida xatna qildirish buyurilgan ekan. 100
yoshli Ibrohim payg‘ambar o‘zini, uch yoshli o‘g‘li Ismoilni,
shuningdek, qul va xizmatkorlami xatna qildirgan. 50-70
yillarda xatna rasmiy doiralarda reaksion odat deb qabul
qilingan bo‘lsada, bu xususida norasmiy tortishuvlar yaqin
yillargacha davom etdi. Faqat 1988-yildan boshlab xatna
foydali deb tan olinib, 0 ‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash Vazirligi
buyrug'i bilan shifoxonalaming jarrohlik, urologiya bo‘limlari
xodimlariga xatna qilishga rasmiy ruxsat berildi. Shundan
so‘ng xatna qilish ochiqchasiga rasmiy o'tkaziladigan bo‘ldi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: