230
Ekologiyaga oid hadislardan namunalar
Qo‘y boq, zero u seni boqadur. Bu tilsiz hayvonlar
to‘g‘risida Ollohdan qo‘rqinglar. Ulami yaroqli holda mi-
ninglar va (so‘yishga) yaroqli qilib (semirtirib) so‘yib yenglar.
Dehqonchilik bilan shug‘ullaninglar. Dehqonchilik mu-
borak kasbdir. Unga qo'riqchilami ko‘paytiringlar.
Ekmoq niyatda qo‘lingizga ko‘chat turgan paytda
behosdan qiyomat-qoyim bo‘lishi aniq bo‘lganida ham
ulgursangiz uni ekib qo‘yavering.
Beshta yomon hayvon bor. Ular hajda ham, tashqarida
ham o‘ldiraveriladi: ilon, olaqarg‘a, sichqon, quturgan it,
kalxat. Yirtqichlaming go‘shtlari haromdir.
Qo‘y boqadur, tuya ahliga izzatdir (egasiga azizdir).
Otning peshonasiga qiyomatgacha yaxshilik yozilgandir.
Uni boqqan yaxshilik oladi.
Suv muqaddas unsurlardan biridir. «Suvga tupurma,
makruh bo‘ladi» degan naql otalarimizdan meros bo‘lib
o'tgan. Islomda ichimlik suvi bilan ekin sug‘orish man
etilganini yaqin-yaqinlargacha ko‘pchiligimiz bilmas edik.
Tabiat va uning mahsullari inson uchun ekan, ulardan
oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga,
hayvonlar va nabototga bo‘lgan munosabatimizni tiklashimiz
orqaligina Ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin.
Ekologiya kishilar hayotini mushohadai yangi fandir. Har
bir kishi biror yerga ahlat yoki chiqindilami tashlashdan
oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhit-
ning yaxshi saqlanishiga javobgar ekanligini unutmaslik
kerak!
Har bir fuqaro kelajakga umid bilan qarashi lozim.
231
Tirik organizmlaming tashqi muhit bilan bog‘liqligi qa-
dimdan ma’lumdir.
«Ekologiya» atamasi nemis darvinisti Erness Gekkel
(1834-1919) tomonidan 1866-1869 yillari ilk marta fanga
kiritiladi. E.Gekkelgacha XVIII-XIX asr tabiatshunoslari
biologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar,
o‘simlik va hayvonlaming yashashi, tarqalishini o‘rganadilar,
lekin ular «ekologiya» atamasini ishlatmagan edilar.
«Ekologiya so‘zi (yunoncha-oykos-uy, yashash joyi,
maskan, logos-fan) o‘z mazmuniga ko‘ra, uy haqidagi,
o‘zining yashash joyi haqidagi fan» degan ma’noni anglatadi.
Yanada umumiyroq ma’noda ekologiya-bu organizmlaming
ulami o'rab turgan yashash muhiti o‘zaro munosabati (shu
bilan birga ulaming boshqa organizmlar va turkumlar bilan
o‘zaro bog‘liqligi xilma-xilligini o‘rganuvchi fandir). 1877-
yilda nemis gidrobiologi K.Mebius (1825-1908) turli
organizmlardan iborat biotsenoz ta’limotini ishlab chiqdi.
1895-yili daniyalik botanik E.Vanning ekologiya atmasini
botanikaga kiritdi. Rossiyada tuproqshunosning asoschisi
V.V.Dokuchayev (1846-1903) tabiiy zonalar yo‘nalishini
ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa
qo‘shganlar.
0 ‘simliklaming turli guruhlarini, senozlarini o‘rganishda
N.F.Levakovskiy, S.I.Koijinskiy, A.N.Gordyanin, LK.Pa-
choskiy, A.N.Krasnov, N.I.Tanfilev, P.N.Krilovlar ham katta
xizmat qilganlar. Keyinroq «fitosotsiologiya», «fitotsenolo-
giya», ta’limotiga G.F.Morozov va V.N.Sukachevlar asos
soldilar.
XX
asr boshlarida ekologiya fani tez sur’atlar bilan rivoj-
lanadi. Dastlab o‘simlik va hayvonlar ekologiyasi alohida-
o ‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik bir uyushma sifatida o‘rga-
232
niladi. Ch.Adams, V.Shelfordlar tomonidan hayvonlar ekolo-
giyasiga oid qo'llanmalar yaratildi. S.A.Zernov (1913—1920)
suv hayvonlarining gidrobiologiyasini o‘rgandi, ekologiyaning
rivojlanishida D.N.Kashkarovning «Muhit va organizmlar
uyushmasi» (1933) «Hayvonlar ekologiyasining asoslari»
(1938) kabi asarlari muhim rol
Yüklə Dostları ilə paylaş: |