voqea-hodisalar, uning ongida, xulq-atvorida ma’lum iz
qoldiradi, uni o‘zgartiradi va rivojlantiradi. Ota-onaning
burchi mana shu rivojlanishni
ziyraklik bilan boshqarib
boorishdir. Ota-onaning mehri, muruwati, g‘amxo‘rligi
bolalar uchun suv va havodek zarur.
Oilaviy tarbiyaning ko‘p muammolari ota-onalami
pedagogik bilimlardan xabarsiz ekanliklari orqali yuzaga
keladi. Bunda yota-onalaming ko‘pchiligi axloq, huquq-
shunoslik, ruhiyat va pedagogik bilimlami bilmaydilar. Bu
esa bola tarbiyasida noxush voqealarga sabab bo‘lmoqda.
Ota-onalarga mo‘ljallangan,
ulaming tafakkurini va
amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada bolaning xulqini va
o‘zlarining tarbiyaviy ta’sirini tahlil qilishga undovchi peda
gogik bilimlami yanada kengroq targ‘ib qilish kerak.
Hoziigi vaqtda jumhuriyatimiz rahbarlarining asosiy
diqqat-e’tiborlari jamiyatda yuz berayotgan noxushliklami
bartaraf etish, oilalaiga, ko‘p bolali onalaming farzandlariga
yaxshi tarbiya berishlariga, oila tarbiyasi va ijtimoiy tar
biya birligini mustahkamlashga qaratilgandir. Chunki bo
laning sog‘lig‘ini saqlash va uni tarbiyalashda oila asosan
rol o‘ynaydi. Mustahkam, ma’naviy va axloqiy sog‘lom oila
jamiyat taraqqiyotining asosiy omilidir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: