Oila pedagogikasi


Oilaning maqsadi bolalar tarbiyasidur


səhifə112/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Oilaning maqsadi bolalar tarbiyasidur
Farzand - oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, 
jamiyatning 
hayotbaxsh kuchi. Buyuk o‘zbek shoiri va 
mutafakkiri Alisher Navoiy bolani «mehri anbar» - uyni 
yoritadigan va oilaga 
baxt-quvonch keltiradigan nur deb 
hisoblagan edi.
Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo 
tarbiya nihoyatda mashaqqatli ish bo'lib, ota-onalar bolalar 
tarbiyasida har doim ham istagan natijalariga erishaver- 
maydilar.
Hayotining birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakl- 
lantirish, ya’ni uning tarbiyasi bilan shug‘ullanish oilaning 
asosiy vazifasidir.
Oila jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, unda yangi 
inson vujudga keiad; bu kichik ijtimoiy guruh bola uchun 
dastlabki hayot maktabidir. Ota-onalar bolaning birinchi 
o‘qituvchisi va tarbiyachisidirlar.
246


Alisher Navoiy bolalar oilada va maktabda imtizomli 
bo'lishlari va o‘zlarining odobli ekanliklarini kursatishlari 
kerakligini ham ta’kidlab o‘tgan edi.
Navoiy taibiya usuli sifatida namuna ko‘rsatishga alohida 
e’tibor berar va kishilami, ayniqsa, yoshlami yaxshi kishilar- 
dan o'rganishga, ulardan ibrat olishga, ulaming davrasida 
bo‘lish, ular bilan tez-tez suhbatlashishga chaqirar edi. U 
bola tarbiyasida ota-onalaming ibrati to‘g‘risida:
Farzand ato qullugin chu odat qilgay,
Ul odat ila kasbi saodat qilgay,
Har kimki atoga ко ‘p rivoyat qilgay,
0 ‘g ‘lidan anga bu ish siroyat qilgay.
Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiy o‘zining «Ax- 
loqi Nasriy» asarida yaxshi tarbiyaning muhimligiga ko‘p 
to‘xtalgan. U ota-onalaming huquq va burchlari, saxovatlilik, 
baxt, insonning oliyjanob xislatlari, qadr-qimmat, sadoqat va 
samimiylik, salomatlilik (kishi o‘zida yaxshi axloqiy xislat- 
lami shakllantirish uchun salomatlik juda zarur, deydi Tusiy) 
to‘g‘risida juda qimmatli fikrlami berganki, oradan yetti 
asr o‘tib ham, ular o‘z ahamiyatini yo'qotmagan.
Bola tarbiyasida ota-onaning vazifasi, roli ko‘plab xalq 
maqol va matallarida uchratish mumkin.
Ota-onaning tarbiyachilik roli to‘g‘risidagi quyidagi xalq 
maqolini keltirish mumkin:

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin