Oila pedagogikasi


Ota-onalar burcbagi va ko‘rgazma tashkil etish


səhifə119/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Ota-onalar burcbagi va ko‘rgazma tashkil etish
Ota-onalar burchagi ulami tarbiyaga oid yangiliklar va 
pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil 
etiladi. Ularga kitoblar, jumallar, rasmlar, bolalaming ish­
lari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi 
kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylash-
261


tiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab 
o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlami targ‘ib qilish bo'yicha tashkil eti- 
ladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, 
majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq 
ta’lim to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining 
o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib bori- 
ladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks etti- 
ruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalaming ishlari 
o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib borila- 
digan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatili- 
shiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota- 
onalarga tarbiya to‘g‘rsidagi filmlar namoyish etiladi, bular 
ko‘pincha ota-onalami 
qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga 
sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun 
ochiq kunlar tashkil etilishi ham 
maktabgacha 
ta’lim muassasalari 
ishida 
muhim 
o‘rin 
egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalaming mash- 
g‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalaming 
jamoada o‘zlarining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar 
ko‘satiladi.

Ota-onalar qo‘mitasi
Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim muassasasi- 
ning Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun 
tuziladi. U ota-onalaming umumiy majlisida bir yil mud- 
datga saylanadi. Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota- 
onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi 
mudiraga maktabgacha ta’lim muassasasining 
xo‘jalik va
262


ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo'mita a’zolari, ota- 
onalar majlisi va kechalami tayyorlash, o‘tkazish va boshqa 
ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar 
qo‘mitasi 
bolalaming 
ota-onalar bilan 
tanishadi, bolalami tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib 
boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish 
o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va 
ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota-onalami qiziqtiruvchi ba’zi 
masalalar haqidagi ma’ruza va hisobotni eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar 
maktabgacha ta’lim muassasasida saqlanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin