Lekin oila - bu bola tug‘ilishidan keyin yashaydigan bi-
rinchi ijtimoiy muhit. Oila bola o‘zini birinchi ijtimoiy taj-
riba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari
orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalami
tushunib yetadi va
qadrlaydi. Shuning uchun maktabga tayyorlashda oila - hal
qiluvchi, muhim ahamiyatga ega. Ota-onalaming ko‘pchiligi
bolani maktabga tayyorlashda bog‘cha bilan oilaning ham-
korligi orqali amalga oshirish kerak deb hisoblashadi. Bunday
ota-onalar bog‘cha va oila alohida bo‘lganda yaxshi natijaga
erishilmaydi, ya’ni bolani maktabga yaxshi tayyorlay olmaydi
deb hisoblashadi.
Ba’zi ota-onalar esa bolani maktabga
tayyorlashda javob-
garligini bog‘chaga yuklashadi, ba’zilari esa butun javobgar-
likni o‘z bo‘yniga olishadi.
Ya.A.Komenskiy o‘zining «Onalar maktabi» kitobini
maktabga tayyorlash bobida shunday yozadi, barcha insonlar
bajaradigna ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi.
Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini
maktabga tayyorla-
shadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmuni-
dan tashqari, Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifa-
lami ko‘rsatadi:
1. Bolalarda maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan
o'qigan va o‘ynagan xursandchilik hissini tug‘dirish.
2. Bolalami maktabdagi ta’limning
mohiyatini tushun-
tirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.
3. Bolalar bo‘lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va
ishonchni shakllantirish.
Hozirgi zamon ota-onalar bolalami maktabga qanday
tayyorlashmoqda. Biz shuni ko‘rsatib o‘tgan edikki, ota-ona
laming ko‘pchiligi maktabda yaxshi o‘qishning shartlaridan
301
biri-shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo,
bolaning aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning
uchun mashg‘ulotlarda bilim, nutq,
tafakkur va xotirasini
rivojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o‘ringa bolani
o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo‘yishadi, yod-
latishadi, suhbatlashadi, birgalikda mantiqiy o‘yinlar o‘yna-
shadi. Gohida — mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shu-
g‘ullantirishadi. Bu yetarli emas albatta.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: