alohida olingan mustaqil, distansion munosabatlaming ma’- nosini tushuna boradi. 328
Godfruaning olgan natijalariga ko‘ra, bir- yoshlik bola otasi bilan bo‘ladigan o'zaro munosabatlami qadrlaydigan, xohlaydigan boiib boradi. Onaning munosabatlaridan farqli, ota bolasining jinsiga qarab o‘ziga xos munosabatni o‘mata oladi; o‘g‘il bolaga erkaklarcha, qiz bolaga boshqacha. Shu tariqa bolaning o‘z jinsini anglashi, gender tafovutlar to‘g‘risida tasawurlar shakllanadi. Umuman, oilada otaning bo‘lishi bolaning ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Buni bizning kuzatishlarimiz ham tasdiqlagan. Otaning mehri qiz bola uchun ham shu qadar muhimki, u ota-ona munosabatlarini hayoti mobaynida kuzatib borib, kelajakda o‘z turmush o‘trog‘iga qanday munosabatda bo'lish lozim, degan savolga javob topadi. Ona xulqiga qarab esa, turmush o‘rtog‘i bilan baxtiyor yashash uchun ayol qanday bo‘lishi kerak, degan savolning mag‘zini chaqadi. Shuning uchun ham qiz bola uchun ham, o‘g‘il bola uchun ham oilaning butligi, ota-ona munosabatlarining iliq, samimiy, gumanistik bo'lishi katta hayotiy ahamiyat kasb etadi. 0 ‘zbekiston mahallalarida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsa- tayotgan «Oila dorulfiinunlari» joylarda aholi ongiga huquqiy madaniyat va ma’naviyatni yetkazishning real mexanizm- laridan hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlami oilaviy hayotga tay- yorlash dolzarb vazifa elan, nikoh oldi o‘quvlari - «Oila dorulfununi» kursini tashkil etish, unga bo‘lg‘usi er-xotinlami - nikohga ariza bergan kelin-kuyovlarni jalb etish eng muhim ishlardan bin hisoblanadi.