Oila pedagogikasi


basi bor qiz o'zining istiqboldagi harakatining yo‘nalishini


səhifə144/202
tarix20.12.2023
ölçüsü
#187346
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

basi bor qiz o'zining istiqboldagi harakatining yo‘nalishini
belgilab olishi mumkin. Yoki qo‘g‘irchoqlami erkalatishi,
onasiday g‘amxo‘rlik qilishi ham ijobiy tajriba, lekin ming
afsuski, hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan «barbi» kabi
qo‘g‘irchoqlar qizchalarda onalikni emas, ko'proq ayollik
fazilatlariiii, oliflachilikni tarbiyalaydi. Zamonaviy ertaklar-
ning ayrimlarida ham taibiyaga zid keladigan sujetlar ko‘p.
0 ‘zbeklar suyib ko'radigan multfilmlar, masalan, «Zumrad
va Qimmat» ertaklarini ham agar ona to‘g‘ri sharhlamasa,
bola ongida noto‘g‘ri tasawurlar shakllanib qolishi, o‘gay
onaning albatta johil, otaning hamisha bo‘ysunuvchanligi
to‘g‘risidagi chalkash tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin.
Onadagi tuguruqdan keyingi depressiya —
chaqaloq
tug‘ilgandan keyinoq ayrim onalarda paydo bo'ladigan ruhiy
holat. Bu o‘ziga xos xastalik bo‘lib, uning oldini olish uchun
ko‘p harakatlar qilinmoqda, chunki bunda ham psixologik
omillaming roli katta. Kuzatishlaming ko‘rsatishicha, agar
oilada er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lmasa, otaning
bolaga e’tibori yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda, onaga amaliy
hamda moliyaviy ko‘mak berish yo‘lga qo'yilmagan bo‘lsa,
shu kabi qiyinchiliklar onada depressiyani hosil qiladi
(Rodrigues et al., 2003).
Onalik deprivatsiyasi.
Onalik deprivatsiyasi ochiq (agar
ona o‘z onalik burchini bajarmay, boladan ayrilgan bo‘lsa) va
yashirin (boladan yashirin voz kechish, uni yoqtirmaslik yoki
biror sabab tufayli bolaga yaqin kela olmaslik holatlarida)
bo‘lishi mumkin. Ikkala holatda ham bola taraqqiyoti uchun
nihoyatda salbiy, xavfli vaziyat yuzaga keladiki, ayrim hol-
327



Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin