lari kamsitilgan fuqarolar aksariyat hollarda o‘z huquqlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan mexanizmidan, shu jumladan, mansabdor shaxslaming noqonuniy xatti- harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imko- niyatlaridan foydalanmaydilar. Aynan huquqiy madaniyat- ning yetarli emasligi ayrim fuqarolaming jumladan, ayollar- ning ijtimoiy faolligi past darajada bo‘lishining asosiy saba- bidir. 335
Demokratik jamiyatimiz fuqarolarini huquqiy bilimli qilish, huquqiy madaniyat darajasini oshirish uchun huquqiy targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yishlik lozim bo'ladi. Huquqiy targ‘ibot kishilar ongiga mavjud qonunlaming ma’no-mazmunini singdirish va uni hurmat qilish, amal qilishga undovchi harakat deb tushunish mumkin. Ushbu harakat natijasida fuqarolarda huquqiy savodxonlik va hu quqiy madaniyatni shakllantirish mumkin bo‘ladi. O'zbekistonda mustaqillik yillarida huquqiy taig‘ibotning muayyan tizimi yaratilgan. Bu ishlar asosan radio, tele- videniya, huquqiy nashrlar, shuningdek, turli uchrashuv, davra suhbatlari orqali amalga oshirilmoqda. Ular asosida maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlar, ruknlar tashkil etilgan. Har bir eshittirish va ko‘rsatuvlar hayotiy misollar asosida tashkil etilmoqdaki, bu ommani o‘ziga tez jalb etmoqda. Aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar va davra suhbatlari jonli muloqot shaklida uyushtirilishi, ulami ko‘plab savol- lariga javob olishlari bilan birga, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari bilan yaqinlashuvni, ulami faqat jazolovchi shaxs emas, balki xalq manfaatini himoya qiluvchi shaxs sifatida qarashga ham undovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.