0 ‘yinning mazmun va mohiyatiga ko‘ra:
tayyorgarlik
davri, o‘yinga kirishish, o‘yindagi harakatlami muhokama
qilish, asosiylarini belgilab olish. Bu jarayon o‘yin maz-
munini to‘laroq ifoda eta olishga, o‘zaro iliq munosabatlarini
o‘matishda, kelishib olishga yordam beradi. 0 ‘yinni rivoj-
lantirish uchun o‘yinga qo‘yiladigan talablar mazmunini
o‘zgartirish kerak. 0 ‘yin vaziyatini tanlash, o‘yinga rahbarlik
qilayotgan ota-onaning mahoratiga, qiziqishiga bog‘liqdir.
Ota-ona
oilada
bolalaming
ijodiy
qobiliyatlarini
mahoratlarini o‘stirish maqsadida badiiy asarlami, ertak va
hikoyalami sahnalashtirish usullaridan keng foydalanishlari
mumkin.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bola o‘yin jarayoniga kirib
boradi, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga
bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik,
jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol
namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalaming nutq faolligi,
lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
182
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta
yoshdagilardan bolalaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari,
istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asartarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Asar mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Asaming badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollaming soni qancha ko‘p
bo‘lsa, shuncha asar ahamiyatlidir.
4. Asarda mazmun yaxshi bo‘lishi bilan birga, harakat-
laming turi ham ko‘p bo‘lishi lozim.
5. Asami ifodaU o'qishga mos bo‘lishi.
6. Asar mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘l-
mog‘i lozim.
Bolalar xalq ertaklarining sahnalashtirishni yaxshi ko'ra-
dilar. Masalan: «Sholg‘om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘ir-
soq» va boshqalar.
Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo‘g‘ir-
choq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asami eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib be-
rish, sahna ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik
o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o'yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt
davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga
to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar-o‘yin rejissyori rolini
amalga oshira borib, bolalar xatti-harakatlarini, qobiliyatlari,
intilishlari hisobga olib boradi. 0 ‘yinda faol ishtirok etgan
bolalami alohida rag‘batlantiriladi, kelgusida qaysi asarlami
sahnalashtirish kerakligini aniqlaydi.
Bolalami ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda
- qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlaming roli
kattadir.
183
Qurish — yasash o‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy
ifodada tasvirlashni talab qiladi. 0 ‘yin jarayonida biror bir
material yoki buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga
mosligi, fazoviy moijallay olish ko'nikmasi shakllanadi, ri-
vojlanadi.
Qurish - yasash o‘yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni,
buyumlami fazoviy joylashtira olish, maqsadga erisha olish
kabi faoliyatlarga o'rgatadi. Masalan: uycha, ko‘prik, saroy,
uy hayvonlari uchun maxsus maydonchalami qurish nazarda
tutiladi.
Qum bilan o‘ynash. Qum bolalaming o'ynashlari uchun
eng qulay o‘yin vositasi bo'Iib hisoblanadi. Qumlar maxsus
yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigienik
talablar qo‘yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan
tozalangan bo‘lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi
kerak; d) bolalaming salomatligiga xavf solmasligi kerak.
Kichik yoshdagi bolalami qum bilan o‘ynashlari uchun
bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak.
Suv bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin.
Suvda qo‘g‘irchoqni cho'miltirish, o‘yinchoqlar bilan suvda
o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin.
Qor bilan o'ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kay-
fiyatni uyg‘otadi. Buning uchun bolalarga yog‘och belku-
rakcha, qomi tashish uchun yashikcha ortilgan chana bo‘lishi
shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar,
qorbobo, qorqiz, hayvonlaming qiyofasini yasaydilar.
Milliy o‘yinlar
Milliy o‘yinlar ikki guruhga bo‘linadi: I. Milliy harakatli
o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlariga bo'linadi.
184
Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari bilan hamda
xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar
davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib,
e’zozlanib kelingan. U bolalami jismonan baquwat, sog‘lom,
jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida
muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida
millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishi-
ning xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlan-
gandir.
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalami ma’naviy, aqliy,
jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bola
larda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklarini qadriga yetish,
buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va
qo'shiqlardan zavqlanish tuyg‘ularini, shuningdek, o‘sib
kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkor-
lik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o‘yinlarini oilada tashkil etishda quyidagi
vazifalar amalga oshirilishi lozim.
1. Xalq milliy o‘yinlarining turlari va ulami tashkil etish
yo‘llari, usullari hamda uslublari bilan ota-onalami tanish-
tirish.
2. Milliy o'yinlami tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar
va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib bo
rish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida
tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish.
4. Xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan
unumli foydalanish.
5. Bolalami o‘ynashlari uchun oilada shart-sharoit (o‘yin
uchun jihozlar, atributlar) yaratish.
185
6.
Mahallalar o‘rtasida o‘tkaziladigan milliy o‘yinlar
bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalarda qatnashish.
Milliy harakatli o‘yin bolalaming yosh xususiyatlariga,
o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |