Оила психологияси


 OILAVIY HAYoT HAQIDAGI TASAVVURLAR



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93
Оила психологияси

6. OILAVIY HAYoT HAQIDAGI TASAVVURLAR 
Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi omillaridan yana biri 
— yoshlarning o’z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka 
yaqin bo’lishi, shu oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Afsuski, hamma 
vaqt ham yoshlarimizning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos 
kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan tubdan farq qiladi. Hind 
afsonalaridan birida yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ularning 
reallikka nisbatini qiyoslashga mos keladigan ajoyib bir rivoyat mavjud. Rivoyatda 
aytilishicha, tug’ilganidan ko’zi ojiz bo’lgan to’rt nafar ko’rga «Qarshinglarda fil 
turibdi, sizlar uni umuman ko’rmagansizlar, lekin uni borib ushlab, paypaslab o’rganib 
chiqinglarda, so’ng fil qanday maxluq ekanligini aytib beringlar», — deyilgan. Ko’rlar 
borib filni «o’rganib» qaytishganlaridan so’ng ulardan fil qanday hayvon ekanligi 
so’ralganda, ulardan biri: «Fil — badani dag’al, daraxtga o’xshagan hayvon» — debdi, 
ikkinchisi uni inkor etib: «Yo’q, fil erdek yumaloq, odamning qulochi etmaydigan bir 
hayvon» — debdi. 
Uchinchisi esa, ularni ikkovlarini ham inkor qilib: «Fil ichi teshik uzun, yo’g’on 
ichakka o’xshaydigan hayvon» — debdi. To’rtinchisi esa: «Fil yoyiq yapaloq katta 
bargga o’xshagan 
hayvon» — deb javob bergan ekanlar va ularning har biri o’z fikrini 
ma’qullayman, o’tkazaman deb bir-birlari bilan janjallashib qolgan ekanlar. Chunki 
ularning biri filning oyog’iga, ikkinchisi — qorniga, uchinchisi — xartumiga va 
to’rtinchisi — qulog’iga to’g’ri kelib qolib o’zlarining imkoniyatlari doirasida filni 
tasavvur qilgan ekanlar. Xuddi shu to’rtta ko’zi ojizdek yoshlarimiz ham oilaviy hayotni 
butun borlig’icha, to’la, yaxlit tasavvur qila olmaydilar, buning imkoni ham yo’q. 
Oqibatda oilaviy hayot haqida turli tasavvurlarga ega bo’lgan yoshlarimiz oila qurgudek 
bo’lsalar, o’z tasavvurlarini reallikka aylantirish, ya’ni juftiga ham shunday ekanligini 
uqtirishga harakat qiladilar. Va ular ham yuqoridagi ko’zi ojizlardek har biri «o’zicha 
haq» bo’la turib, bir-birlari bilan janjallashib, kelisha olmay qolishlari mumkin. Yoshini 
tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida 
tarbiyalangan yoshlarimizda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida to’g’ri tasavvurlar 
shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, teleko’rsatuvlar, 
radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan 
materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari 
ham ko’p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda oilaviy hayot haqidagi 
tasavvurlarning noto’g’ri shakllanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pchilik 
yoshlarimiz, ayniqsa muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yoshlar, oila qurish 
arafasida bo’lar ekanlar aksariyat hollarda o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari uchun 
o’z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Chunki ular shu oilada tarbiyalanar ekanlar, 
«eslarini taniganlaridan buyon» otaonasining nizolashib tortishganlarini, bir-birlarini 
hurmatsiz qilganlarini eslay olmaydilar. Bunday oilalarda ota-onalar ham o’zlarining 
o’zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini farzandlariga sezdirmaslikka harakat 
qiladilar. Yoki ularning o’zaro munosabatlarida ro’y berishi mumkin bo’lgan nizoli 
damlar, bir-birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida, hali farzandlari dunyoga 
kelmaslaridan oldin bo’lib o’tib ketgan. Bolalar esa ular turmushining faqat yaxshi, 


78 
tinch-totuv, ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihatlaridangina 
xabardor bo’ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur qilgan yoshlarimiz, oila 
qurganlaridan so’ng o’zlari kutgandek turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki 
eng nozik, murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, bir-birlariga 
moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, to’siqlar, muammolar oldida 
esankirab qolib, oila qurishda «adashganliklari»dan nolib qolishlari mumkin. Shuning 
uchun 
ham 
yoshlarni 
oilaviy 
hayotga 
tayyorlashda 
oilaviy 
hayot, 
er-
xotinmunosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko’rsataverish 
ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: balandpasti-yu shirin-
achchig’i, rohat-farog’ati-yu azob-uqubati, qorong’i kechalari-yu yorug’ kunduzlari 
bilan ko’rsatgan ma’qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nisbatan 
adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin. Bu borada oiladagi katta yoshli oqil kishilar 
yoshlarga hayotda ko’prik bo’lmog’i, ularning bosib o’tgan ko’p qirrali hayot yo’li 
farzandlariga saboq bo’lishi kerak. Ular yoshlarimizni mustaqil, etuk bir shaxs sifatida 
qabul qilib, oilaviy hayotning pastbalandlari haqida to’la-to’kis ma’lumotlar berishi 
maqsadga muvofiqdir. Toki yoshlarimizning oilaviy hayotlari poydevoriga qo’yayotgan 
ilk g’ishtlari to’g’ri va mustahkam qo’yilsin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin