75
to’la bilib olishlari uchun qancha vaqt kerak? Bu erda gap biror-bir buyumni, texnika
yoki kompyuterni emas, odamni bilish haqida ketayapti. Psixologlarning ta’kidlashicha,
odam bu eng murakkab bilish ob’ektidir. Uni hech qachon va hech kim mutlaq va
batafsil bila olmaydi. Chunki u har kuni rivojlanishda, shakllanishda, o’sishda,
o’zgarishda bo’lgan
murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy psixologik,
ijtimoiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini o’zida mujassamlashtirgan eng oliy
va shu bilan birga eng murakkab mavjudotdir. Uning sir-sinoatlari koinot sir-
asrorlaridan ortiq bo’lsa ortiqki, aslo kam emas.
Shuning uchun bir yil, o’n yil birga
o’qigan yoki bolalikdan birga o’sgan biron-bir o’rtog’ingizning xulqida, xatti-harakatida
kuzatiladigan ayrim holatlar hozirgacha ham Sizni hayron qoldirishi yoki odamlar bir
umr birga yashab bir-birlarida kutilmagan holatlarni, xulqatvor ifodalanishini ko’rishi
mumkin. Bulardan ko’rinib turibdiki, odamni to’la-to’kis bilib bo’lmaydi.
Lekin birga
turmush qurib, yaxshi yashab ketish uchun lozim bo’lgan minimum bilimlarga ega
bo’lish uchun bo’lajak turmush o’rtoqlar bir-birlarini qancha vaqt bilishlari kerak?
Ko’pchilikda «qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi-da», degan javob xayolga kelishi
mumkin. Haqiqatan ham, nikohgacha tanishish muddatining qisqaligi — maqsadga
muvofiq emas. Bizning o’tkazgan tadqiqotlarimiz oila qurgunga
qadar bir-birlarini bir
oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida
ko’pchilikni tashkil qilishini ko’rsatdi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga qadar
5—10 yil va undan ko’p vaqt bilishlari ham bo’lajak er-xotinlarga bir-birlariga nisbatan
hissiylikning o’tmaslashib qolishiga olib kelishi ham mumkin ekan.
Psixologik adabiyotlarda bo’lajak er-xotinsifatida bir-birlarini yarim yildan bir
yilgacha bilishlik muddati eng maqbul muddat deb ko’rsatiladi.
Bu vaqtda yigit-qizlar
bir-birlari haqida nisbatan bilish mumkin bo’lgan bilimlar, ma’lumotlar minimumiga
ega bo’lishga ulgurishlari mumkin. Albatta bu vaqtni ham ideal vaqt deb hisoblab
bo’lmaydi. Bu erda muhimi yoshlar bir-birlarini qanday jadallikda, qanday maqsadda,
qanday vosita, usullar yordamida va qanday «ko’z» bilan o’rganishligidadir. Ma’lumki
sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga ham «rangin ko’zgu» orqali qaraydilir.
Seviklisining hatto kamchiliklari, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To’ydan
keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko’rinadi. Shuning uchun
yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa, kamchiliklariga) to’ydan oldin ikkala ko’zlari bilan,
to’ydan keyin esa yarimta ko’z bilan qarashlari lozim. Ya’ni to’ydan oldin birbirlarini
yaxshilab, sinchiklab o’rganishga va to’ydan keyin ayrim kamchiliklariga ham e’tibor
bermaslikka odatlanishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: