Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Оила психологияси

etuklik yoshi
deb hisoblash mumkin.
Kasb-hunar etukligi
— bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi 
shundaki, bir tomondan u qandaydir bilim yurtini, o’quv kurslarini bitirish, ya’ni 
ma’lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus bilimlarga ega bo’lish bilan 
belgilanadi. Biroq odam u yoki bu bilim yurtini (kollej, litsey, texnikum, institutni) 
bitirganidan keyin o’zi tanlagan kasbi bo’yicha bir necha yil ishlab ko’rishi kerak 
bo’ladi va shundan keyingina uning kasb-hunar etukligi haqida gapirish mumkin. Shu 
bilan birga ba’zi bir kasblar bo’yicha 19—20 yoshlardayoq kasb-hunar etukligiga 
erishish mumkin bo’lsa, boshqalarda masalan xirurg-vrachlikda kechroq 29—30 yoshga 
etganda bunga erishish mumkin. Shaxsni etukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy 
etuklikdir. Bunda odamning o’zini va o’z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta’minlay 
ola bilishligi nazarda tutiladi. Yoshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi 
alohida ahamiyatga ega. Bu o’rinda ham turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarninig 
ayrimlari 18—19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan iqtisodiy mustaqillikka erishishi 
mumkin, boshqalari esa 25—30 yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordamidan 
foydalanadilar. Bu etuklik jihatlari orasida shaxsning ma’naviy va axloqiy etukligi 
haqida gapirish eng murakkabidir. Chunki bu jihat haqida aniq bir mezon va tavsif 
hozircha ishlab chiqilmagan. Shunday qilib, «etuklik» tushunchasi o’zicha ko’plab 
jihatlarni mujassamlashtiradi. Shuni aytib o’tish joizki «etuklik» tushunchasi, albatta 
ma’lum bir hayotiy tajriba bilan, ya’ni «hayotiy bilimlar» bilan uzviy bog’liqdir. 
«Hayotiy bilimlarni o’zlashtirish», «Hayot universitetlaridan» o’tishning ham o’ziga 
xos individual xususiyatlari mavjud. Kimdir 20 yoshidayoq «hayotni yaxshi bilib 
oladi», kimdir 30 yoshida ham bolaligicha qolaveradi. Bunga mavjud ijtimoiy sharoit, 
jamoatchilik va ijtimoiy tartibning ta’siri katta. Ma’lumki oldingi vaqtlarda, ayniqsa 
urush yillari bolalar kattalar ham hamma vaqt uddalay olavermagan hayotiy 


69 
qiyinchiliklarni boshidan kechirganlar. U vaqtlarda 12—14 yoshdanoq bolalar onalariga 
oilani ta’minlashda yordam berganlar. Shuningdek shahar va qishloq joylarda istiqomat 
qiladigan, kam farzandli va ko’p farzandli oilalarda, nuklear yoki ko’p tabaqali oilalarda 
o’sayotgan bolalarning ham oilani moddiy, ijtimoiy ta’minotiga hissa qo’shish, bu ishlar 
bilan shug’ullanish muddatlari va miqdori turlichadir. Hayotni bilish, hayotiy tajribalar 
turli individlarda turlicha jadallikda amalga oshishi mumkin va bu o’rinda qandaydir bir 
yosh, vaqt oralig’ini ko’rsatishi mutlaqo mumkin emas. Buning ustiga hayotni, bizni 
o’rab turgan atrof olamni bilish o’z navbatida cheksizdir. Shunga qaramay ijtimoiy va 
iqtisodiy etuklikning ma’lum bir minimum chegaralarini belgilab olish mumkin, ya’ni 
shunday hayotiy tajriba, bilimlar «minimumi» mavjudki, ularsiz biron-bir yoshni, yigit-
qizni tom ma’noda etuk deb hisoblab bo’lmaydi. 
Mana yuqorida keltirib o’tilganlarning o’ziyoq «etuklik» tushunchasi naqadar 
keng tushuncha ekanligini ko’rsatib turibdi. Shunga qaramay biz undan foydalanishga 
majburmiz. Chunki u nikohning mustahkamligini belgilab beruvchi muhim shart-
sharoitlarni, vaziyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Gap shaxsning psixologik etukligi 
haqida borgudek bo’lsa, bunda dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni 
hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik amaliylik, voqelikni to’g’ri 
baholay olish shaxsda o’zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va 
qobiliyatlarini etarlicha ob’ektiv baholay olishda ham namoyon bo’lishi kerak. Afsuski, 
ko’pincha yoshlar o’z qobiliyatlarini orttirib baholab, o’z oldilariga erishib 
bo’lmaydigan maqsadlarni qo’yib olishi hollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy 
hayotni tasavvur qilish, unda o’z o’rnini baholash masalasida yoshlarimiz ko’proq 
xatoga, o’zlarini orttirib baholashga, oilaviy hayotdan mumkin bo’lganidan ko’proq 
narsani kutish hollari ko’proq kuzatiladi. Natijada muvaffaqiyatsizliklar, pushaymon 
bo’lishlar, asab buzilishlar yuzaga keladi. Psixologik etuk shaxs esa aksincha, o’z oldiga 
erishishi muqarrar bo’lgan, bunga imkoniyatlari etarli bo’lgan maqsadlarni qo’yadi, o’z 
hayot yo’lini va unga erishish vositalari va usullarini to’g’ri belgilaydi. Bunday shaxs 
o’z hissiyoti, kechinmalarini etarlicha yaxshi nazorat qila bilishligi, ya’ni ichki 
intizomining yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik etuklik boshqa 
odamlarning xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog’liq. 
Bu o’z navbatida muloqotning, hamkorlikning yaxshi yo’lga qo’yilishiga, oilada, turli 
guruhlarda gormonik munosabatlarning o’rganilishiga imkon beradi. Turli yoshdagi, 
mansab, lavozim, toifadagi odamlar bilan, qiziqishi, odati, ta’bi, turmush tarzi mutlaqo 
boshqacha bo’lgan odamlar Bilan o’rinli munosabatda bo’la olish — shaxsning 
psixologik etukligining asosiy xususiyatlaridan biridir. Yoshlar oila qurayotganlarida 
bu xususiyatlar hal qiluvchi bo’lib hisoblanadi. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda 
shakllanmaydi. Ular oldingi hayoti davomida unga berilgan tarbiya ta’sirida asta-
sekinlik bilan shakllanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin