Оила психологияси



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
Оила психологияси

3. MUHABBAT VA YoSh


62 
Muhabbat ontogeneziga nazar tashlanganda sevgi hissining ilk kurtaklarini bog’cha 
yoshidagi bolalarda ham ko’rish va buni har bir tarbiyachidan so’rab, ishonch hosil 
qilish mumkin. Lekin tabiiyki, bu hali to’laqonli muhabbat bo’la olmaydi. Bolalikdagi 
sevgi hislarida fiziologik komponent, ya’ni jinsiy intilish deyarli bo’lmaydi. Ulardagi 
hissiyotning aksariyat qismi ruhiy komponentdan iborat. Maktab yoshidagi o’g’il va qiz 
bolalar o’rtasidagi muhabbat hislari esa birmuncha farq qiladi. O’spirinlik yoshidagi qiz 
bolalarda ruhiy komponent jinsiy komponentdan ustunlik qilsa, o’g’il bolalarda hissiyot 
divergentsiyasi — bo’linishi kuzatiladi. Ya’ni ular muhabbat hislarini bitta qizga 
nisbatan boshidan kechirsalar, jinsiy intilishni katta yoshli ayolga nisbatan his etadilar, 
ulardagi hissiyot ikki obektga bo’linadi. Bu faqat o’g’il bolalarga xos bo’lib, qizlarda 
bunday hol kuzatilmaydi. O’smirlik yoshida o’g’il bolalarda giperseksuallik natijasida 
ularning hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qiladi yoki uning ahamiyati keskin ortadi. 
Qiz bolalarda esa ruhiy komponentning ustunligi saqlanib turadi. 17—25 yoshlardagi 
yigit-qizlarda o’z juftini topishga intilish va hirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga 
bo’lgan ehtiyojning ortishi natijasida yoshlar yorini tezroq qidirib topishadi va oila 
qurishadi, ba’zan bunday yoshlar qisqa vaqt ichida ajralishga ham ulgurishadi. 25 
yoshdan keyin qizlarning oila qurish imkoniyatlari ancha kamayib boradi. Unda 
bo’lg’usi kuyovga (yigitga) nisbatan talabchanlik oshib, tanqidiy qarash kuchayadi. 
Endi unda hislarga berilish kamayib, uning o’rniga bo’lg’usi yoriga butunlay boshqacha 
qaray boshlaydi. Bunday ruhiy o’zgarishlar yigitlarda ham kuzatiladi, ammo qizlardan 
farqli ravishda ularning oila qurish, uylanish imkoniyatlari kamaymaydi, aksincha 
birmuncha ortadi. Chunki bu yoshda ularning ko’pchiligi oliy o’quv yurtini yoki o’rta-
maxsus bilim yurtini bitirib, ma’lum bir ixtisosni egallagan, mehnat faoliyatini 
boshlagan bo’ladilar. Ya’ni oilani mustaqil tebratish imkoniga ega bo’ladilar. Muhabbat 
hislari erkak va ayollarda o’ziga xos shahvoniy hirs uyg’otadi. Erkak kishida deyarli 
doimo fiziologik komponent ustunlik qiladi. Jinsiy intilish, jinsiy hayot ular hissiyotida 
nihoyatda muhim o’rin egallaydi. Yigit sevgan qizininig tashqi ko’rinishiga ko’proq 
e’tibor beradi. Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarga qizlar ham befarq qarashmaydi. 
Bu xususiyatlarning yigit tomonidan idrok etilishi ayol uchun katta ahamiyatga ega. 
Ammo shu bilan birga ayollarning erkaklardan farq qiluvchi tomonlaridan biri 
shundaki, ular ko’proq yigitning bo’y-bastiga, xulqiga, muomalasiga e’tibor beradilar. 
Erkaklarda jinsiy (fiziologik) intilish ustunlik qilgani uchun ularda hissiy qoniqish 
tezroq yuzaga kelsa kerak, deb taxmin qilinadi. Ayollarda esa aksincha, ruhiy intilish 
etakchi bo’lgani uchun ularning muhabbat hislari erkaklarnikidek tez orada so’nmaydi 
va nisbatan uzoq davom etadi. Ammo so’nggi yillarda ayollar hissiyotida, jumladan, 
muhabbatda ham jinsiy hayotning va uning asosi hisoblangan jinsiy intilishning 
ahamiyati keskin oshib borayotganligini ko’rish mumkin. 13—14 yoshli o’g’il 
bolalarning 40%i, qizlarning 26%i ilk sevgi hislarini boshidan kechirayotgan yoki 
kechirgan bo’ladilar. Bu hol 15—16 yoshli o’g’il bolalarda — 17%, qizlarda 30%, 17—
24 yoshli yigitlarda — 10%, qizlarda — 9%ni tashkil qiladi. A.R.Lemexova (1973) 
qizlar va yigitlar orasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganib, uni uch turga bo’ladi.
1. Uyg’un tur — bunda qiz va o’g’il bolalarda axloqiy tushunchalar shakllangan
hissiyot madaniyati rivojlangan bo’lib, ular muhabbatga, qarama-qarshi jinsga, oilaviy 
hayotga birmuncha aniq qarashadi.
2. Oilaviy romantik tur — bunda muhabbat, jinslar orasidagi munosabatlar 
hayotdan yulingan holda, nihoyatda ideallashtirilib olingan bo’lib, hayotdagi mavjud 


63 
borliq bilan to’qnashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruhan tushkunlikka 
uchraydi.
3. Ma’naviy kambag’al tur — bunda yoshlar muhabbatni noto’g’ri tushunadilar. 
Muhabbatda ma’naviy yaqinlikni, ruhiy omilning ahamiyatini ko’ra bilmaydilar. 
Muhabbatda asosiy rolni jinsiy yaqinlik o’ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi 
yoshlar ko’p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar. O’g’il va qiz bolalarning turli 
yosh bosqichlaridagi o’zaro munosabatlarni o’sib rivojlanishiga nazar tashlaydigan 
bo’lsak, quyidagicha yaqqol ifodalangan manzarani ko’rishimiz mumkin. Bog’cha 
yoshidagi qizlar o’g’il bolalar bilan birga o’ynash jarayonida juda yaqin muomalada 
bo’ladilar, bir-birlari bilan do’stlashadilar. Hatto ba’zan bolalikning ilk sevgi hislarini 
ham boshlaridan kechirishadi. Bu albatta, ularning kattalarga havas qilishi, ularga 
taqlidi oqibatida kelib chiqadi. Boshlang’ich sinflardan o’smirlik yoshigacha o’g’il 
bolalar ko’pincha o’g’il bolalar bilan, qiz bolalar esa qiz bolalar bilan yaqin 
munosabatda bo’lishi tufayli jinslarning bir-birlaridan uzoqlashishi kuzatiladi. O’smirlik 
yoshidan boshlab ular orasida yaqinlashish mayli paydo bo’la boshlaydi. O’smirlikning 
birinchi davrida bolalar o’zaro biror narsadan qo’rqqan tengdoshiga «qiz bolamisan,

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin