Оила психологияси


Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.  3.4



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Оила психологияси

3.3.
Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi. 
3.4.
Umumiy xulosaga kelinadi. 
O’qituvchi-
talaba,
40 minut 

Mustahkamlash va baholash bosqichi: 
4.1.
Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini 
aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi: 
1.
Sevgi-muhabbat 
haqida 
donishmandlar, 
mutaxassis 
olimlarning qanday fikrlarini bilasiz?
2.
Sevgi-muhabbat tuyg’ularining turlarini sanab bering.
 
4.2.
Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 
O’qituvchi, 
 15 minut 

 O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi (30-bet). 
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli 
o’zgartirishlar kiritadi. 
O’qituvchi,
10 minut 
Asosiy savollar: 
1. Sevgi-muhabbat haqida donishmandlar, mutaxassis olimlarning fikrlari. 
2. Muhabbat tuyg’ularining turlari 
Yangi mavzuni qisqacha bayoni: 


58 
Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar 
barcha kishilarning diqqat markazida muhim masalalardan bo’lib kelgan. Shuning 
uchun bu masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og’zaki ijodi namunalarida, 
doston, qo’shiq va erta klarda, donishmandlarning fikr va qarashlari sifatida o’ziga xos 
ravishda munosabat bildirish va tahlil qilish obekti bo’lib kelgan. Qaysi mutafakkir yoki 
olim, shoir yoki yozuvchining asarlarini olib ko’rmang, ularning hech qaysisi o’z ijodiy 
faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan 
muhabbatni chetlab o’ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamni sirli tuyg’ular 
olamiga etaklagan, uni engib bo’lmas g’ovlardan o’tishga va cho’qqilarni zabt etishga 
undagan, uni rag’batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hatto o’lim to’shagida 
yotgan kishiga ham umid bag’ishlab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga 
kamalak jilolarini arg’umon etgan, uning atrof-muhitni hamda o’zligini idrok qilishi 
uchun turtki bo’lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o’ziga ham noma’lum bo’lgan qudratni 
kashf etgan. Ko’hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg’u hammaga 
barobar aziz va muqaddasdir. Sharqda qadimgi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfutsiy 
ta’limoti, Hindistonda Budda, Islom olamining muqaddas Qur’on va hadislarida 
insonlar orasida yaxshi insoniy munosabatlarini qaror toptirish lozim ekanligi aytib 
o’tilgan. Deyarli bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda 
Konfutsiy ta’limotlarida bir g’oya, qarash shakllanganini kuzatish mumkin: «O’zingga 
ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ravo ko’rma». Konfutsiy merosida asosan odamlar 
orasidagi munosabat, insonparvarlik, do’stlik, insonni sevish jihatlariga keng o’rin 
berilgan: «Odamlarni sevish va iliq munosabatda bo’lish deganda o’zini inkor etish 
emas, balki boshqa odamlarni ham, o’zini ham bir xil ko’rish kerak» ekanligi talqin 
etilgan.
Islom olamining muqaddas kitobi Qur’onda insoniy munosabatlarni tushunish 
uchun insonlar tomonidan faqat yaxshilik, ezgulik, do’stlikni amalga oshirish kerakligi 
(79-oyat, Niso surasida), insonlar orasida faqat va faqat yaxshi munosabatlar amalga 
oshirish lozimligi (160-oyatda), bunday munosabatlarni amalga oshirish esa yaxshilik 
alomati ekanligi 63, 98, 139-oyatlarida bayon etilgan. Hadislarda esa yaxshi insoniy 
munosabatlarni qay yo’sinda olib borish lozimligi tushuntiriladi: «Oralaringda salom 
berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo’ladi» (142-hadis); 
shuningdek katta yoshdagilarga e’tiborli bo’lish (373-hadis); ilm ahliga e’tiborli bo’lish 
(141-hadis), ota-onalar va farzandlarga mehrli bo’lish kabi munosabatlar asosiy mavzu 
sifatida yoritiladi.
Yaxshi insoniy munosabatlar va u bilan bog’liq axloq, odob, tartib-qoidalar O’rta 
Osiyo mutafakkirlarining o’rganish, kuzatish va munosabat bildirish masalalaridan 
bo’lib kelgan. Abu Ali Ibn Sino o’zining «Donishmandnoma» asarida har bir kishi 
baxtli bo’lishi uchun o’zidagi axloqi, odobi, yurish-turishi va atrofdagilarga 
munosabatini ijobiy qilishi kerakligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino o’z asarlaridan birida 
kuchli muhabbatni izohlar ekan, uni kasallik sifatida ta’riflaydi va «davolanish» 
yo’llarini ko’rsatib o’tadi: muhabbat o’tida qiynalib azob chekayotgan ikki qalbni 
birlashtirishni maslahat beradi. Shuningdek u yana ma’lum obektiv sabablarga ko’ra, 
ya’ni dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va shu kabi 
tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni bo’lmasa, unda odamning ruhiy 
xususiyatlariga ko’ra turlicha davo choralarni qo’llashni tavsiya etgan. Masalan, 
hissiyotni 
boshidan 
kechirayotgan 
odamni 
sevgilisidan 
sovutish, 
hissiyotni 


59 
zaiflashtirish, hissiyotni boshqa shaxsga ko’chirish, chalg’itish, organik ehtiyojlarni 
qondirish orqali muhabbat hislarni susaytirish shular jumlasidandir.
Abu Rayhon Beruniy esa insonning tashqi qiyofasi, uning axloqiy qiyofasi bilan 
uzviy bog’liqligini, kishidagi olijanoblik va orastalik insonlar bilan muomalasida 
muhim o’zak ekanligini asoslaydi. Yusuf Xos Hojib insonlar bilan do’st bo’lish uchun 
asosiy kalit «bu tildir, til tufayli kishi o’z ilmi, aqliga jilo beradi. So’zni o’ylab so’zlash, 
uning ulug’ bo’lishiga olib keladi, yoki o’ylamay so’zlansa, uning qadrini tushiradi» 
kabi fikrlari orqali insoniy munosabatlarda muomalaga yuqori e’tibor berish kerakligini 
uqtiradi.
Xoji Ahmad Yassaviy hikmatlarida esa har bir insonning orzusi insonlar bilan 
yaxshi munosabatda bo’lish, do’st orttirish, sevish va sevilish ekanligi ko’rsatib 
berilgan. Faylasuf shoir Umar Xayyom ruboiylarda ikki kishi orasidagi munosabatlarda 
bir-biriga do’stlik, mehr ko’rsatish, e’tibor berish shu insonlarning shaxs sifatida 
rivojlanishiga katta zamin yaratishi ifodalanadi. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar 
shahri» asarida axloq-odobga loyiq inson ikki fazilatiga ega bo’lmog’i lozimligi va bu 
fazilatlar tarkibida muomala odobi, insonlarning o’zaro bir-biri bilan xush muloqotligi, 
do’stligi kabilarni kiritadi. Mutafakkirning fikricha, insonga uni go’zal amallar qilishi 
uchun yo’naltiriladigan odat mahsuli bo’lishiga etuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi 
xatti-harakatlarda me’yor qay darajada saqlanganligi bilan belgilanadi. Odobni esa u 
badavlatning davlatini bezaydigan va kambag’alning kambag’alligini o’g’irlaydigan 
axloqiy hodisa sifatida ta’riflaydi. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida: «Shundoq 
kishini do’st tutinginki, senga uning suhbatidan rohat etsin. Shunda uni qabul qil, 
chunki oshiqlik boshqa va do’stlik boshqadir», — deyilgan bo’lsa, «Xotamnoma» 
asarida esa saxiylik, to’g’rilik, rostgo’ylik, sevgi va sadoqat, odamlar o’rtasidagi 
do’stlik va muruvvat, tinchlik va farovonlik kabi ezgu g’oyalar tarannum etilgan. 
Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub» asarida kishi xulq-atvorida namoyon 
bo’ladigan odob va tavoze do’stlik paydo bo’lishida eng asosiy shart sifatida qaraydi: 
«Tavoze — kishiga xalqning muhabbatini jalb qiladi, odamlarni u bilan do’stlashtiradi. 
Tavoze — do’stlik gulshanida toza gullar ochadi va gulshanda oshnolik va ulfatchilik 
bazmiga xilma-xil gullar sochadi». Sharq mutafakkirlari asarlarining tahlili shuni 
ko’rsatadiki, ularning boy va sermazmun meroslari o’ziga xos entsiklopediya 
hisoblanadi. Bu merosni biz o’qib, o’rganib shu kunlarda ham uni hayotga tatbiq etish 
kerakligini tan olamiz. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon) o’z dialoglarida 
insondagi hislardan bo’lmish sevgi-muhabbatning ma’nosini tushuntirib deydi: 
«Muhabbat hissi mangu, negaki u na tug’ilganini, na mag’lubiyatini, na ko’payganini, 
na kamayganini biladi». Aflotun muhabbat haqidagi fikrlarini rivojlantirib, odamlar 
uning haqiqiy ahamiyatini anglab etmasliklari, «agar ular muhabbatning haqiqiy kuchini 
va qudratini anglab etganlarida edi, ular uning uchun buyuk haykallar qurib, katta 
qurbonliklar keltirar edilar...», deydi. Aflotun qarashlariga ko’ra sevgi va muhabbat 
tuyg’ulari insondagi tana go’zalligini ko’rish bilan cheklanmaydi, buning uchun qalb 
go’zalligini ham tushunish lozim ekanligi, muhabbat yo’lida o’ziga xos bilimlar va yo’l 
egallanishi kerakligi uqtiriladi. Deyarli yigirma olti asr avval aytilgan bu fikr va 
qarashlar bizning davrimizda ham o’z ijtimoiy ahamiyatini, qadrini va qimmatini 
yo’qotmagandir.
Arastu (Aristotel), qadimgi yunon faylasufi birinchi navbatda muhabbat tuyg’usida 
oila va jamiyat uchun foyda qidiradi, masalan, oilada muhabbatning maqsadi do’stlik 


60 
ekanligini uqtiradi. Arastu fikricha, sevgidagi do’stlik hissiy intilishga nisbatan 
e’tiborliroqdir, sevgi shu tufayli aksariyat holda do’stlikdan kelib chiqadi. Agar u ko’p 
holda do’stlikdan kelib chiqsa, demak, do’stlik sevgining maqsadi ekanligi ayon 
bo’ladi. Qadimgi rim so’z ustasi, faylasufi Mark Tuliy Sitseron esa bu tuyg’uni 
qandaydir mavhumlik deb qaraydi. Bu insonda telbalik, aqlsizlikni vujudga keltiradi, 
shuning uchun undan saqlanish lozim ekanligini uqtiradi. Sitseron: «Agar muhabbat 
tabiiy hissiyot bo’lganida edi, u holda hamma sevardi, doimo sevardi, o’ylamasdan, 
uyalmasdan, to’yinmasdan sevardi». Yunon axloqparvar faylasufi Plutarx qarashlarida 
insoniylik va ma’rifat g’oyalari mujassamlashgan. Uning fikrlari asosan oilaviy 
munosabatlarni barqaror olib borishga, shaxsning o’zini bilib olib boshqalarga 
munosabat ko’rsatishi kerakligiga qaratilgandir. Uning fikricha, sevish sevilishga 
nisbatan ancha ma’quldir, chunki, sevish orqali kishi ko’p nuqsonlardan, xatolardan 
xalos bo’lishi, atrofidagilarni boshqacha tushunishi va boshqacha munosabatda 
bo’lishga qodir bo’la olishiga kuch topa oladi.
G’arb faylasuf mutafakkirlarining qarashlari va asarlarida, diniy qarashlarda sevgi, 
do’stlik kabi emotsional munosabatlar va hissiyotlar mavzusi markaziy o’rinni 
egallagan. Biroq ularda ilgari surilgan ilmiy g’oyalar bu hislarning inson uchun 
ahamiyati yoki zararini ta’kidlash bilan, shu tushunchalarga ta’rif berish darajasida 
qolgan.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin