Оила психологияси


 Muhabbat va uning turlari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
Оила психологияси

2. Muhabbat va uning turlari
 
Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy 
ta’rif, tavsif berilmagan, bevosita unga bag’ishlangan ilmiy asarlar nihoyatda kam. 
Kishilar ongida bo’lgani kabi badiiy asarlarda ham muhabbat haqidagi turlicha, 
ko’pincha bir-biriga zid fikr va ta’riflarni uchratish mumkin. Ba’zi mualliflar esa 
muhabbat hislarini sof ruhiyat komponenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik 
komponentni inkor etadilar. Fiziologik komponent hayvonlarga xos bo’lgan organik 
ehtiyojlarni qondirishdan iborat instiktning ifodalanishi sifatida idrok etiladi. Shu 
sababli ham ular odam hayvoniy hirsdan, jinsiy intilishlardan ozod bo’lishi kerak deb 
hisoblashadi va muhabbat hislariga biryoqlama yondashishadi. Klassik asarlarda 
jumladan qadimgi hind traktatida muhabbatga birmuncha to’liq ta’rif beriladi: «Aql 
mayli hurmatni tug’dirsa, qalb mayli do’stlikni, tana mayli xohishni tug’diradi. Aql, 
qalb va tana bir bo’lib sevgi muhabbatni tug’diradi». Volter: «Sevgi-muhabbat — bu 
ham qalb, ham aql va tanaga bir vaqtning o’zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli 
his-tuyg’u ulardan biridir», — deb ta’rif beradi. Bu ta’riflarni o’zaro taqqoslash va ruhiy 
tahlil qilish, sevgi muhabbatda zaruriy ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik 
komponent ham hisoblanadi.
Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo’nalishda ketishiga qarab ikki turga 
— «eros» va «agape» ga bo’lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ikki muhim 
tomonidir, ya’ni «eros» — muhabbat obektiga ega bo’lishga, uni o’ziniki qilib olishga 
qaratilgan bo’lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsning hissiyot 
obektiga o’zini bag’ishlashdir. Ana shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu 
hissiyotlarda qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog’i 
hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhabbatdagi istiqbolini ham 
oldindan aytib berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, hissiyotning umri uzoq 
bo’lishi va aksincha «eros» ustun bo’lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo’lib, bunday 


61 
odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa bo’lishi mumkinligi kuzatiladi. 
Sevgi-muhabbat tuyg’ularini D.A. Li bir necha turlarga bo’ladi:
1. 
EROS 
— kuchli sevgi-muhabbat hislari bo’lib, bu hislar asosida yotgan motiv 
muhabbat obektiga jismoniy ega bo’lish. Bunda jinsiy intilish etakchilik qiladi.
2. 
LYuDUS
— sevgi hislarini unchalik chuqur bo’lmagan muhabbat o’yini sifatida 
idrok qilinadigan, sevgi hislari obekti oson almashishi mumkin bo’lgan turi.
3. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin