Оила психологияси


 ER-XOTIN MUNOSABATLARINING O’ZIGA XOSLIGI



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Оила психологияси

1. ER-XOTIN MUNOSABATLARINING O’ZIGA XOSLIGI
Er-xotinlarning 
oiladagi 
muloqoti, 
shaxslararo 
muloqotning 
umumiy 
qonuniyatlariga bo’ysunish bilan birga, dastavval ishdan tashqari, bo’sh vaqtlarini 
birgalikda o’tkazish bilan shartlangan o’ziga xos xususiyatlariga ham ega. Hamkasblar, 


84 
o’rtoqlar, do’stlar va sevishganlar hamma vaqt ham birga bo’lish imkoniyatiga ega 
emaslar, qaytanga, o’z muloqotlarini o’zlari xohlagan vaqtlarida biroz kamaytirib, hatto 
uzib (to’xtatib) qo’yishlari ham mumkin (uchrashuvga borishi lozimligini «unitib» 
qo’yish, kutilmaganda «juda band» bo’lib qolishi
mumkin va sh.k). Er-xotinlaresa ko’pincha bunday imkoniyatlardan mahrumdirlar. 
Ular bir xonadonda, ko’pincha bir xonada birga bo’lishga «mahkum» etilgan. Albatta, 
bu gaplar ko’pchilik yoshlarimizda (ayniqsa, bir-birlarini sevuvchi yoshlarda) 
tushunmovchilik, ishonmaslik, e’tiroz tug’dirishi mumkin, chunki ular, o’zing uchun 
aziz, sevimli bo’lgan odam bilan birga bo’lish, uning yonida bo’lish «majburiyati» bu 
eng orziqib kutilgan orzuning ro’yobga chiqishi-ku deb hisoblashlari mumkin. Biroq bu 
«mahkumlik» bilan hisoblashmaslik ham mumkin emas. Turli aholi turar joylarida, 
mahallalarda, qo’ni-qo’shnilar o’rtasida ko’pincha faqat ayollardan yoki faqat 
erkaklardan iborat «kompaniyalar» ham behudaga yuzaga kelavermaydi. Qadimiy, 
afsonaviy Sparta qonunchiligida er-xotinlarni ishqiy munosabatlarining sovuqlashib 
ketishidan saqlash maqsadida ularning muloqotlari imkon qadar chegaralab qo’yilgan. 
Unga ko’ra erlar xotinlaridan ajratilgan holda, ya’ni er va xotin boshqa-boshqa 
yashaganlar va ular faqat ovloq joylardagina, «begona ko’zlardan» yashirin tarzda 
uchrashib turishlari mumkin bo’lgan. Bu tadbir nafaqat Sparta jangchilari o’zlarining 
jangovar ruhlarini yo’qotmasligi, o’zlarining yosh xotinlari bilan mashg’ul bo’lib 
qolmasliklari uchungina emas edi. Bunda «taqiqlangan meva» effektidan foydalanilgan. 
Uchrashishlarning qiyinligi, xuddi tuzsiz taomga tuz, ziravorlar qanchalik maza 
berganidek, er-xotinlarning bir-birlariga hissiy yaqinligini sezilarli darajada 
kuchaytiradi, nikoh rishtalarini mustahkamlaydi. Yoki Shekspirning qahramonlari 
Romeo va Julettalar ham, agar ular unashtirilganlaridan so’ng barcha qulayliklari bilan 
alohida «koshona» berilganda edi, ular o’zlarini boshqacha tutgan bo’lishardi. Doimiy 
muloqot bir xillik ko’rinishini yuzaga keltiradi, tabiiyki, bundan hayotdagi kundalik 
ikir-chikirlar ko’payadi, ayni vaqtda chuqur hissiyotlar o’z obektining yaqinligi tufayli 
kundalik odatlar shaklini oladi. Odamlar bir-birlaridan biroz muddat ayri yashashsa 
hammasi joyiga tushadi: muhim to’siqlardek tuyulgan narsalar arzimagan mayda-
chuydalarga aylanib qoladi, qisqa muddatli hijron ta’sirida chuqur hissiyotlar kuchayadi 
va yana o’ziga yarasha kuchga ega bo’ladi.
Er-xotin muloqoti, muomalasining o’ziga xos nozik jihatlaridan yana biri ularning 
bir-birlari bilan etarli darajada intim munosabatlarda bo’lishligidir. Bu albatta, ularning 
o’zaro munosabatida shubhasiz o’z izini qoldiradi. Bu o’rinda shuni ham aytib o’tish 
joizki, bizni bolalikdanoq olgan o’ziga xos tarbiyamiz jinsiy munosabatlar, jinsiy 
muloqotga noma’qul uyat, go’yoki axloqsiz hodisadek qarashga majbur qiladi. Biz 
jinsiy moyillikni uzoq vaqt bir yoqlama past, sharmandali, odam hissiyoti uchun noo’rin 
narsa deb atab kelganmiz (ba’zilar hozir ham shunday deb hisoblaydi). Nima uchun 
shunday bo’lgan? Chunki u hayvonlar uchun ham odam uchun ham umumiy. Biroq, 
ochlik ham, chanqoqlik ham hayvonlarda qanday bo’lsa, odamda ham shunday bo’ladi. 
Ammo bizning axloq va odatlarimiz, ma’naviyatimiz doirasida ular haqida nafaqat 
oshkora gapirish, balki ularga bo’lgan ehtiyojlarni boshqalarning ishtirokida, ko’z 
o’ngida qondirish mumkin, ya’ni ular odamlarga xos deb qabul qilingan. Nima bo’lgan 
taqdirda ham biz o’zimizning «hayvoniy» tabiatimizdan baribir qutula olmaymiz. 
Bunda hammasi bu hislarning yuzaga kelishiga emas balki, ularni qachon, qaerda, 
qanday sharoitda va qanday tarzda namoyon qilamiz, biz ularga so’zsiz bo’ysunadigan 


85 
qullarmizmi yoki mulohazakor va mehribon xo’jayinlarmizmi, mana shunga bog’liq. 
Odamlar oila qurishar, nikohdan o’tishar ekanlar, tabiiyki, seksual munosabatlarga 
kirishadilar. Endi nikohdan keyin bu «mumkin». Biroq bolalikdan jinsiy aloqa, jinsiy 
akt haqida qandaydir bir «yomon» narsa deb tasavvur qilib tarbiyalanganlik, ayrim er-
xotinlarga ong ostida bo’lsada, xalaqit qiladi va bu ba’zan ularning bir-birlariga 
axloqsiz qiliqlarni qilishda o’ziga xos sherik deb qarashga majbur qiladi. Vaqt o’tishi 
bilan er-xotinlarning bir-biri oldidagi «sir asrorlari tobora ochilib» boraveradi. Afsuski, 
shu bir-birlari uchun oshkoralashib borishi faqat ma’lum bir zaruriy chegaradagina 
amalga oshadi. Ozoda, muloyim, ehtiyotkor yigit endi o’ziga qaramaydigan, befarosat, 
qo’pol erga aylanadi. Ozoda, bejirim, did bilan kiyinadigan, kamtarin, nozik qiz, 
bo’lajak kelin endi beo’xshov kiyingan, o’ziga qaramaydigan, vaysaqi xotinga aylanadi. 
Uning oldingi jozibasi, go’zalligi go’yoki «yo’qoladi». Har bir xalqda, har qaysi 
zamonda go’zallikning o’ziga xos belgilari, etalonlari bo’ladi. Go’zallik va go’zal 
emaslik haqidagi tasavvurlar vaqt o’tishi bilan so’zsiz o’zgaradi. Biroq, umumxalq 
tomonidan qabul qilingan va e’tirof etilgan go’zallik etalonlari bilan bir qatorda 
individual, shaxsiy, xususiy etalonlar ham bo’ladi. Aytishlaricha, boyo’g’li qushlarning 
orasida eng go’zallari uning bolalari ekanligidan maqtanar ekan, chunki «ularning 
hammasining quloqlari uzun, boshi katta, umuman o’ta go’zal» ekan. Kim biladi, bu 
borada kabutar nima degan bo’lar ekan. Aynan shu sababga ko’ra xalq ichida tipratikon 
o’z bolasini yumshog’im, qo’ng’iz bolasini oppog’im deydi, — degan maqol bor. 
Shuning uchun ma’lum bir namunaga o’zini urish, o’zini o’shanday bo’lishga 
majburlash kerak emas. Har joyning ham o’z tosh-u tarozusi, o’lchami mavjud. Xotinini 
sevuvchi er uchun uning xotini (yoki erini sevuvchi xotin uchun uning eri) umumiy 
etalonga mos keladimi yoki yo’qmi, bundan qat’i nazar ko’pincha eng go’zal, chiroyli, 
kelishgan odam deb tasavvur qilinadi. Aynan mana shu go’zallikni o’ziga xos 
«ziravorlar»: kiyimlar, soch turmagi, xattiharakat, imo-ishoralar, qiliqlar, so’zlar va shu 
kabilar bilan saqlab qolish kerak bo’ladi. Uni nafaqat «xalq ichida» balki uyda ham 
saqlash kerak.
Intim munosabatlar. Bu nafaqat seksual munosabat, nafaqat jinsiy aloqa, balki 
ancha ochiq, yaqin, ma’naviy muloqotdir. Intim (fransuz tilida — intime — «yaqin», 
«qulay», «ko’ngildan», lotinchada intimuz — «chuqur», «chin dildan») muloqotlar 
deyilganda, psixologiyada shunday muloqotlar tushuniladiki, unda odam boshqa odam 
oldida qandaydir bir ijtimoiy rolni (rahbar yoki xodim, sotuvchi yoki vrach va shu kabi) 
bajaruvchi emas, balki aynan «yagona» shaxs sifatida — nodir, takrorlanmas mavjudot 
sifatida namoyon bo’ladi, bunda u mutlaqo oshkora, ochiq, hech narsadan qo’rqmay, 
o’zining ichki olami, o’zining barcha xususiyatlarini uyalmasdan namoyon qila oladi. 
Bunday muloqotda suhbatdosh odamlar o’rtasida chuqur va keng o’zaro oshkoralik 
(jismoniy, psixologik, shaxsiy, ma’naviy) amalga oshadi. Bunda suhbatdoshlarning 
tanasi, fikri, hissiyoti, xarakteri va hayotiy rejalari, qadriyatlari va fikrlari ochiladi.
Intim munosabatlarga sevgi, do’stlik, dushmanlik, yolg’izlik kabilarni kiritish 
mumkin. Biroq intim muloqotlar nafaqat istalgan muloqotlar sifatida, balki xavfli, 
«qo’rqinchliroq» muloqotlar sifatida ham idrok qilinishi mumkin. Bu muloqotlar 
tushunish va hamdardlikka, o’zaro qo’llab-quvvatlash, dalda berish, bir-birini 
tushunishga bo’lgan ehtiyojlarni qondiradi. Shu bilan birga er-xotin o’rtasidagi muloqot 
jarayonida tomonlar o’z hissiyotlarini, ichki kechinmalarini jilovlashga, fosh bo’lib 
qolishdan, pinhoniy tuyg’ularini ochilib qolishidan hayiqish hissi namoyon bo’ladi. 


86 
Shuning uchun ayrim odamlar muloqotda ko’pchilik tomonidan qabul qilingan 
muloqotlar darajasida qolishga harakat qiladilar. Buning boisi, avvalo odamning ichki 
kechinmalarini oshkora qilib qo’yishdan qo’rqish yoki jufti oldida o’zini «fosh» qilib 
qo’yishni xohlamaslik, o’zini pinhoniy, hatto o’zi ham o’zida ko’rishni istamaydigan 
xislatlarni fosh qilib qo’yishdan qo’rqishdir. Odamlarning «tashlab ketilishdan» 
qo’rqishi ham shu bilan bog’liq (o’zini borlig’ini oshkora qilib qo’yganingdan so’ng sen 
jufting uchun qiziqarli bo’lmay qolasan, u seni barcha xislatlaringni bilib, ko’rib 
bo’lganidan so’ng, senga qiziqmay qo’yadi va seni tashlab ketishi mumkin), «jiddiy 
tanbehlar»dan qo’rqish (bunaqa erkin, oshkora, ochiq muloqotda o’zing haqingda 
sheriging yoki biror-bir muhimroq masala haqida biror-bir nojo’ya gapni «gapirib», 
«laqillab» qo’yishing mumkin). Bulardan tashqari muloqotlarning intimligidan (yaqin 
bo’lishidan) ko’pincha o’zining ajratuvchi (destruktiv), buzuvchi impulslaridan qo’rqish 
ham ushlab qolishi mumkin. Intim muloqotlarda biz xulqning ijtimoiy me’yorlari, 
ijtimoiy taqiqlarga eng kam darajada bog’liq bo’lamiz va shuning uchun o’zimizga eng 
yaqin odamga nisbatan bo’lgan munosabatlarimizda biz o’zimizni shunday tutishimiz 
mumkinki, boshqa hech bir odamga nisbatan o’zimizni bunaqa tuta olmaymiz. Nihoyat, 
muloqotlarning intim bo’lishidan, ayrim odamlarni boshqa odamning individualligiga 
haddan tashqari ortiqcha kirishib, qo’shilib ketish, boshqa odamga «aralashib», singib 
ketish tufayli o’zining individualligini yo’qotib qo’yishdan qo’rqish ham ushlab turadi. 
Shuning uchun «birlashishdan oldin va birlashish uchun dastlab chegarani, aloqalarni 
yaxshilab belgilab, aniqlab olish» o’z individualligi va shaxsini mustahkamlab olish 
lozim. Er-xotinlarning oiladagi muloqotining muhim xususiyatlaridan biri shuki, u 
ma’lum darajada kundalik, maishiy prozaik fonda amalga oshishidir. Boshqa odamlar, 
boshqa erkaklar va ayollar bilan bo’lgan muloqotda biz ko’tarinkilikni, uyda esa uning 
oshxonasini ko’ramiz. Bular esa bir-birlaridan juda uzoq va odamlarga turlicha 
talablarni qo’yadigan tushunchalardir. Psixologlar muloqotning o’ziga xos uch xil 
kommunikativ pozitsiyasini farqlaydilar. Bular: «ota yoki ona» «katta odam», «bola». 
Ularning hammasi bir odamda mujassam bo’lishi mumkin.
«Ota yoki ona» pozitsiyasida bo’lish, bu o’zining boshqalardan ustunligini anglash, 
rag’batlantirish va jazolash huquqiga egalikni his qilish demakdir. «Ota yoki ona» ning 
murojaati odatda pand-nasihatli, e’tirozga o’rin qoldirmaydigan, uzil-kesil bo’ladi, u 
o’zi buni doimo namoyon qilavermasada, biroq o’ziga hurmatni talab qiladi. U tartibni 
nazorat qilishni va odamlarni boshqarishni, juftiga, «otalarcha» («onalarcha») unga 
homiylik qilib, xuddi zaifroq odamga yondashgandek yondashishni yoqtiradi.
«Katta odam» pozitsiyasi odamning atrofidagilar bilan teng darajada muloqotda 
bo’la olishni bildiradi. Atrofdagilarga o’z hukmronligini ham o’tkazmaydi yoki o’ziga 
nisbatan ma’qullovchi» munosabatni ham kutmaydi.
«Bola» pozitsiyasida odam xafagarchilikka yuqori sezgirlikni, ko’ngli bo’shlik, 
oson ishonuvchanlik, o’yinqaroqlik, injiqlik, boshqalardan mehr olishni istash, sezishni, 
kuchliroq odam tomonidan panoh tutishni va shu kabilarni namoyon qiladi. Agar shu 
pozitsiyalar o’zaro muvofiq kelsa va o’zaro mos bo’lsa, masalan kimdir juftiga nisbatan 
bo’lgan munosabatda «otalik» yoki «onalik» pozitsiyasini tutsa-yu, ikkinchi tomon esa 
bajonidil «bolalik»ni namoyish etsa — bu yaxshi, agar ikkita «katta odam» pozitsiyasi 
o’zaro to’qnash kelsa, bu ham yaxshi, biroq oilada ikkita «ota» («ona») duch kelib 
qolinsa, unda ularning muloqotida zo’riqish, nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi 
muqarrar.


87 
Nizoli vaziyatlar odatda uzoq vaqtlar davomida etiladi, shuning uchun oqil va 
tajribali odamlar ularning dastlabki alomatlarini o’z vaqtida payqab, ularga lozim 
darajada munosabat bildirib, ularni bartaraf qilishi yoki mumkin qadar zaiflashtirishi 
mumkin.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin