O’qituvchi,
15 minut
99
4. Nima uchun homiladorlikning oldini olish kerak?
5. Homiladorlikning oldini olishning an’anaviy usullariga nimalar
kiradi? Ularning afzallik va kamchilik jihatlari nimalardan iborat?
6. Homiladorlikning oldini olishning yana qanday vositalari
mavjud?
7. Gormonal saqlanish vositalariga nimalar kiradi va ularning
afzallik va kamchilik jihatlari nimalardan iborat?
4.2.
Faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
5
O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o’zgartirishlar kiritadi.
O’qituvchi,
10 minut
Asosiy savollar:
1. Kontrattseptiv madaniyatni shakllantirish.
2.
Davriy seksual abstitensiya (hayz tsiklini nazorat qilish, oilani rejalashtirish usullari)
3. Gormonal saqlanish vositalari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
reproduktiv. Gormonal vositalar,
kontratseptsiya, prezervativ, xomiladorlik davri, seksual abstitensiya, hayz tsikli,
laktatsiya.
1-savolning bayoni. Kontrattseptiv madaniyatni shakllantirish.
Erkaklar tashviqot qildi tinmasdan, Har xil maqolalar yig’averishdi. Gazeta o’qishga
qo’li tegmasdan Xotinlar yiliga tug’averishdi. Jurnalistlarga-ku mavzu topildi, Hamma
tug’aversa kim qilar ishni?! Pilla topshirildi, G’o’za chopildi. Ayollar yiliga
tug’averishdi. Olimlar o’ylandi, O’ylarga tolib, Kitoblar titishdi cho’k tushib olib.
Qo’ymoqchi bo’lishdi rejaga solib... Ayollar yiliga tug’averishdi. Kimdir vahima qildi
qay kuni yonib: Bola bosib ketdi butun dunyoni!.. Baribir ming azob ichra to’lg’onib,
Ayollar yiliga tug’averishdi. Ag’yor to’ldi, qo’yni toshga, deyishdi, Tili boshqa, ko’ngli
boshqa, deyishdi. O’nta bo’lsa — o’rni boshqa deyishdi, Ayollar yiliga tug’averishdi.
Chirqirab Shokirlar dunyoga keldi, Barnolar, Botirlar dunyoga keldi. Shu mo’min yurt
uchun kerak bo’lganda O’lmoqqa qodirlar dunyoga keldi.
Kelishdi kimgadir yoqsa-yoqmasa, Hali tili chiqmay paxta terishdi. Kuchuk
boqishsinmi, bola boqmasa?! Ayollar yiliga tug’averishdi.... Balki sen osmondan
tushgandirsan ham, Mayli, bilma qadrin, etma dodiga. Faqat bir iltimos, ey aziz odam,
Qo’ygil, qancha tug’sa o’zi bilar, sen Tug’ishni o’rgatma AYoL zotiga! Muhammad
Yusuf Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf yuqorida keltirib o’tilgan she’rida
ayollarimizning gazeta, jurnal, kitob o’qishga qo’li tegmasada yiliga tug’averishganlari
va shu bilan birga pillalarni topshirib, g’o’zalarni chopib, boshqa hamma ishlarni
bajarib ulgurganliklari, olimlar oilani rejalashtirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqqanlariga va kimlarningdir «hammayoqni bola bosib ketdi» — deganiga qaramay,
«O’nta bo’lsa — o’rni boshqa» — deb yiliga tug’averishganini, buning oqibatida «shu
yurt uchun kerak bo’lganda o’lmoqqa qodirlarning» dunyoga kelishligini takidlaganlar.
Bunda Ayol zotini bejiz bosh harflar bilan yozmagan. Darhaqiqat, Ayol zoti
muqaddasdir. Shuning uchun ham insoniyat o’zi uchun muqaddas bo’lgan har bir
narsani ayol nomi bilan atagan: Ona — Vatan, Ona — til, Ona — xalq! Dunyodagi
barcha go’zalliklar va tugalliklar, xalq san’atining eng noyob durdonalari ayollarga
100
atalgan. Hayotning mazmuni ham, lazzati ham ayol nomi bilan bog’liq. Ayol mo’tabar
zot. U farzandga hayot bag’ishlovchi ona sifatida benazir ardoqda. «Ayol fidoyilikni
tushunibgina qolmay o’zini fido qilishni ham biladi». Hazrat Navoiy aytganlaridek:
«Uyning oroyishi andin, uylikning osoyishi ondin». Ayol benazir hilqat. Uning latofati,
uning mehri oldida tosh ham eriydi. Toshbag’ir odamlar ham ayolga shafqat qiladi.
Agar u ayollik o’rnida tursa. Xo’sh hozirgi vaqtda barcha ayollarimizni ham «o’z
o’rnida» — deb ayta olishimiz mumkinmi? Ular o’zlarining ma’naviy, axloqiy, ruhiy va
tibbiy salomatliklari, sog’lomligi nuqtayi nazaridan «Shu mo’min yurt uchun kerak
bo’lganda o’lmoqqa qodir», uning istiqboli, ravnaqi, xavfsizligini ta’minlashga tayyor
munosib o’g’lonlarni, sog’lom avlodni dunyoga keltirish va ularni komil insonlar qilib
tarbiyalashga tayyormilar? Hozirgi tug’ayotgan ayollarning va tug’ilayotgan bolalarning
hammasi ham sog’lommi? Albatta, bu kabi masalalar, savollar bugungi kunlarimizda,
ayniqsa, bizning etnos misolida juda muhim bo’lgan muammolardan hisoblanadi.
Chunki o’zbek oilalari ko’p bolaliligi, ko’p avlodliligi va avlodlararo munosabatlarning
mustahkamligi bilan farqlanib turadi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida,
odamlar kundalik hayoti kundan kunga urbanizatsiyalashib borayotgan ayni davrda,
ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan keng foydalanib borilayotgan bir paytda, onalar
xastaliklari, bolalar o’limi, zaif nogiron bolalarning tug’ilishi miqdorining ortib
borayotganligi, onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi kabi qator
noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita oila masalalariga, onalar va bolalar
salomatligiga, oilani rejalashtirish masalalariga alohida e’tibor berishni, yoshlarni, hali
oila qurib ulgurmaslaridanoq ularni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash bilan bir
qatorda, ularga oilani oqilona rejalashtirish masalalariga oid ilmiy asoslangan bilimlarni
o’z vaqtida va yuqori saviyada berishni taqozo etadi. Gap oilani rejalashtirish haqida
borganda, ayrim odamlar uni oilada tug’ilishi lozim bo’lgan bolalar sonini rejalashtirib,
cheklab qo’yishni tushunishi ham mumkin. Oilani rejalashtirish degani bu «Ayol
kishiga qachon va qancha bola tug’ishni belgilab, ko’rsatib berish, o’rgatish» — degani
emas. Qachon va qancha farzand ko’rish masalasini hal qilish bu birinchi navbatda
ayolning o’ziga havola, bu ayolning huquqi, uni ayolning o’zi hal qilishi kerak va unga
hech kim o’rgatishi, ayol uchun uni belgilab, chegaralab berishi kerak emas. Shoir
aytganlaridek bu masalada ayolga o’rgatish kerak emas. Lekin ayollarimiz bu masalani
oqilona hal eta oladilarmi, ularning hammasi ham farzandni dunyoga keltirishdek, faqat
ayolninggina qo’lidan keladigan o’ta nozik masalani maqsadga muvofiq hal eta olish
borasida yetarli bilimlarga egami? Bu bilimlardan xabardor bo’lish, ularni o’zlashtirish,
bu boradagi maxsus adabiyotlar, gazeta, jurnallar o’qish uchun ayollarimiz vaqt topa
oladilarmi? Bu kabi savollarning o’rinliligi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
ishlarini tashkil qilishda, ularga oilani rejalashtirish masalalariga oid bilimlarni berib
borishni yanada dolzarblashtirib yuboradi. Shu kabi muammolarni nazarda tutgan holda
biz mazkur mavzuda yoshlarimiz e’tiborini oilani rejalashtirishning ijtimoiy-psixologik
jihatlariga qaratishni lozim topdik. Oilani rejalashtirish masalasi yuqorida to’xtalib
o’tganimizdek faqat oilada tug’ilajak bolalar sonini cheklash kabilarnigina emas, balki
o’z ichiga kengroq masalalarni qamrab oladi. Bunda asosiy e’tibor oilada oilalar
farovonligini ta’minlash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va
bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma’noda mustahkamligini ta’minlash
kabilar nazarda tutiladi. Ma’lumki, onaning farzand ko’rish yoshi, uni farzandlarining
soni, bolalarni tug’ilishi orasidagi muddat hamda ayol va bola salomatligi o’rtasida
101
ma’lum bir bog’liqlik mavjud. Albatta, 16—18 yoshlarda ayol kishi organizmi sog’lom
farzand ko’rish uchun hali to’la yetilgan bo’lmaydi. Erta farzand ko’rish yosh ona
salomatligiga ham va undan tug’ilajak bola salomatligiga ham ma’lum darajada xavf
tug’dirishi mumkin.
Homilador bo’lish, homilani etiltirib va bolani dunyoga keltirish bilan bog’liq
jarayonlarda ona organizmi o’zidan juda ko’p miqdorda quvvat sarflaydi, «toliqadi».
Ko’zi yorigan ayol organizmi o’zini yana to’liq tiklab olishi uchun, ya’ni u navbatdagi
farzand ko’rishga to’la tayyor bo’lishi uchun, unga kamida 3—4 yil vaqt zarur bo’ladi.
Demak, har 3—4 yil oralig’i bilan farzand ko’rish ona organizmi uchun ham, tug’ilajak
farzand uchun ham normal muddat hisoblanadi. Oldingi vaqtlarda (bu haqda
buvilarimiz, mo’tabar onaxonlarimiz guvohlik berishlari mumkin) onalar bolalarini 3—
4 yoshga kirgunlariga qadar ko’krak suti bilan boqqanlar. Bu esa, bir tomondan
bolalarning ona sutiga emin-erkin to’yib o’sishlarini ta’minlagan bo’lsa, ikkinchi
tomondan bola emizayotgan ayolni navbatdagi homiladorlikdan saqlagan. Ona sutining
bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi ahamiyati beqiyosdir. Ona suti tarkibida,
ayniqsa, og’iz suti tarkibida maxsus immunitiv garmonlar bo’lib, ular bola organizmini
har xil kasalliklarga qarshi kurasha oladigan, bolani o’z hayotining dastlabki
kunlaridanoq sog’lom, baquvvat bo’lib o’sishini ta’minlovchi hal qiluvchi omil bo’lib
hisoblangan. Ona sutining yana bir bebaho xislati shundan iboratki, u bolani aqliy
imkoniyatlarining ortishida, ya’ni bola intellektual koeffitsientining yuqori bo’lishida
muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Agar ayollar «yiliga tug’averishsa», ya’ni bola 3—4
oylik bo’lmasidanoq ona homilador bo’lib qolgundek bo’lsa, homilador ayolning suti
o’z xususiyatini yo’qotadi. U bola uchun zararli bo’lib qoladi. Bunday vaziyatlarda
aksariyat onalar bolasini ko’krak suti bilan oziqlantirishni to’xtatadilar. Oqibatda
bolalar o’zlarining salomatligi va aqliy rivojlanishi uchun eng muhim ne’mat bo’lmish
«ONA SUTI» dan bebahra qoladilar. Bu o’rinda nafaqat onaning, balki bolaning ham
manfaatini, uning salomatligini ko’zlagan holda oilani rejalashtirish, tug’ilishlar
o’rtasidagi muddatni uzaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zining bor
imkoniyatlarini oldingi bolasiga «sarflab bo’lgan» ona organizmi, bir-bir yarim yil
ichida dunyoga keladigan navbatdagi bolaning homilada rivojlantirishi, uning dunyoga
kelishi va hayotining dastlabki kunlari, oylarida olishi lozim bo’lgan fiziologik,
jismoniy, emotsional-psixologik quvvatni bera olmaydi. Bundan tashqari hali yoshiga
yetmagan bolani parvarish qilish ham onalardan ko’p vaqt, kuch, e’tibor, emotsional
zo’riqishlarni talab qiladi. Yosh bola tarbiyasi Bilan bog’liq ravishda ona kechinadigan
salbiy ruhiy emotsional holatlar, asabiylik, emotsional zo’riqishlar, shubhasiz
homiladagi bolaning rivojlanishiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Hali to’la tiklanib ulgurmagan onalardan «yiliga tug’ilavergan» bolalar aksariyat
hollarda nimjon, nozik, har xil kasalliklarga oson beriladigan bo’lib boraveradi. Bunday
oilalarda onalar va bolalar o’limi ko’rsatkichlari ham tug’ilishlar oralig’idagi farq 3—4
yil bo’lgan oilalardagiga qaraganda ko’pchilikni tashkil qiladi. Yuqorida keltirib
o’tilgan kabi faktlarning mavjudligi shubhasiz oilani rejalashtirish masalalarini to’g’ri
yo’lga qo’yish, bu borada ayollarnigina emas balki erkaklarni, ayniqsa, nikoh qurish
yoshidagi, yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash, ularni oilani rejalashtirish
masalalari borasidagi tegishli ilmiy asoslangan bilimlar bilan o’z vaqtida
qurollantirishni taqozo etadi. Umuman olganda oilani rejalashtirish masalasi bu kecha
yoki bugun paydo bo’lgan muammo emas. Oilani rejalashtirish masalasi insoniyat
102
tarixi, nikoh-oila munosabatlarining yuzaga kelish tarixi bilan bog’liq bo’lgan ko’hna
muammolardan biridir. Nikoh-oila munosabatlari tarixiga oid adabiyotlarda qayd
etilishicha, ilk ibtidoiy jamoa tuzumlari davrlaridayoq oilani rejalashtirishning, unda
jinsiy hayotning psixogigiyenik qoidalarga amal qilishning o’ziga xos usullari mavjud
bo’lgan. Masalan, ushbu qo’llanmaning nikoh-oila munosabatlari evolutsiyasi
masalalariga bag’ishlangan ikkinchi mavzusida qisman to’xtalib o’tganimizdek, oilaviy
munosabatlarning ijtimoiy boshqarila boshlanishining ma’lum bir bosqichlarida,
turlicha tabular (taqiqlashlar) mavjud bo’lgan. Bundan bir necha o’n minglab yillar
muqaddam, poligam oilalarda hukm surgan shunday tabulardan biri, qabilaning a’zosi
bo’lmish emizikli ayol bilan jinsiy hayot kechirishni taqiqlashga qaratilgan tabudir.
Buning boisi shundan iborat bo’lganki, u davrlarda qabila a’zolarining asosiy tirikchilik
manbayi ovchilik bo’lgan, erkaklar asosan ovchilik bilan shug’ullanib o’z o’ljalari bilan
qabila a’zolarini boqishganlar. U davr odamining tushunishicha, agar erkak kishi ovga
chiqishdan oldin emizikli ayol bilan jinsiy hayot kechirsa, unga sut hidi yuqib qoladi,
sut hidi esa ov vaqtida shu ovchi va uning sheriklari turgan joyga boshqa yirtqichlarni
«chaqirishi» mumkin, oqibatda ovga chiqqan erkaklarning o’zlari boshqa bir yirtqichroq
hayvonga o’lja bo’lib qolishlari mumkin. Shuning uchun ham ibtidoiy davrlarda
emizikli ayollar bilan jinsiy hayot kechirish taqiqlangan. Bu esa o’z navbatida oilani
rejalashtirishning o’sha davrlarning o’ziga xos qonunlari «Tabiiy tanlanish» va
«Yashash uchun kurash» ta’siri ostida shakllangan usullaridan bo’lgan. Bu haqiqatan
ham ilk ibtidoiy odamlarning avloddan avlodga, nasldan naslga rivojlanib,
takomillashib borishini ta’minlovchi asosiy omil bo’lib xizmat qilgan. Chunki shu
tabular tufayli onalar bolalarini ular to 3—4 yoshlarga kirib, o’zlari mustaqil oziqa topib
yashab (yashash uchun kurashib) ketgunlariga qadar ko’krak suti (ONA SUTI) bilan
oziqlantirishga «majbur bo’lganlar». Bu esa onalarning ham, bolalarning ham avloddan
avlodga sog’lomlashib, takomillashib borishlarini ta’minlagan ilk ijtimoiy omillardan
biri bo’lgan. Keyinchalik insoniyat jamiyati taraqqiyoti, ijtimoiy munosabatlarning
rivojlanishi, turli insoniy xulq-atvor me’yorilarning yuzaga kelishi va shakllanishi bilan
birga, oilani rejalashtirishga oid talablar, me’yorlar, ularga nisbatan bo’lgan
munosabatlar ham takomillashib borilaverdi. Shuningdek, bu masala Qur’onda ham o’z
ifodasini topgan. Ya’ni, 2-sura 233-oyatda yozilishicha «Ona farzandini ikki yildan kam
bo’lmagan muddatda ko’krak bilan boqishi shart». Bu esa bir tomondan ona
organizmining homiladorliklar orasida to’liq tiklanish imkonini bersa, ikkinchi
tomondan bolani ko’pgina kasalliklardan saqlanishini ta’minlagan. Bu esa oilani
rejalashtirishning jamiyat taraqqiyotida qanday ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega
ekanligini ko’rsatib turibdi. Albatta, hozirgi vaqtga kelib oilani rejalashtirish,
bolalarning tug’ilishi va ular orasidagi davrni shu tug’ilajak bolaning ota-onasi, birinchi
navbatda onasi, ayol kishi xohlaganidek tashkil qilishning o’ziga xos ijtimoiy qabul
qilingan an’anaviy va zamonaviy usullari, vositalari mavjudki, ular unyo miqyosida
keng qo’llanilib kelinmoqda. Oilani rejalashtirishda, ya’ni uning eng asosiy
yo’nalishlari
bo’lmish
bolalarning
tug’ilishini
rejalashtirish,
kutilmagan
homiladorlikdan saqlanishda foydalaniladigan vositalar kontratseptiv vositalar deyiladi.
Ularning an’anaviy va zamonaviyusullari farqlanadi. Hozirgi vaqtda turli ommaviy
axborot vositalari, keng ommaga mo’ljallangan ko’plab ilmiy ommabop, ilmiy uslubiy
qo’llanmalar, risolalarda, tibbiy adabiyotlarda oilani rejalashtirishning bu usul,
vositalari haqida muntazam materiallar berib borilmoqda. Ularni yanada kengroq targ’ib
103
qilish uchun «Qizil olma» kabi reklama-targ’ibot xizmatlar keng yo’lga qo’yilgan.
Kutilmagan homiladorlikdan saqlanishning an’anaviy usullariga hayz siklini nazorat
qilish (davriy seksual abstensiya), bola emizish (laktatsiya), jinsiy aloqani oldindan
to’xtatish kabilar kiradi. Zamonaviy usullarga prezervativlar, diafragma va servikal
qalpoqchalar, sprematsit vositalar va gormonal saqlanish vositalari kiradi. Bu
usullarning har birini o’ziga xos afzalliklari va nuqsonlari mavjud. Quyida ularning
ayrimlari haqida ma’lumot berib ketamiz.
Dostları ilə paylaş: |