115
topadi. So’zak 1998-yili har 100 ming aholiga nisbatan biroz o’sdi (1997-yilda 26,7%)
va 27,5% ni tashkil qildi. So’zak umumiy kasallanganlar orasida 14 yoshgacha bo’lgan
bolalarda 1,1% ni, 15—17 yoshlilar orasida 4,9% ni va 19—20 yoshlilarning 10,4% ini
tashkil qiladi. 14 yoshlilar orasidagi kasallanganlarning 84,7% ini, 15—17 yoshlilarning
50,5% ini va 18—20 yoshlilarning 48,4% ini qizlar tashkil qilgan.
Bunda shuni qayd
etish lozimki, ayollarda so’zak diagnostikasi biroz qiyin, ya’ni ularda ko’pincha
yashirin, surunkali so’zaklar uchraydi. Qishloq aholisi orasida so’zak 1998-yilda barcha
venerik kasalliklarning 33,8%ini tashkil qilgan bo’lib, 14 yoshgacha bo’lgan bolalar
orasida 0,9%ni, 15—17 yoshlilarda 1,3% ni va 18—20 yoshlilar orasida 8,3% ni tashkil
qilgan. 14 yoshgacha bo’lgan bolalarning 81,8% ini qizlar tashkil qilgan. 15—17 yoshli
bolalar ichida so’zak o’g’il bolalarda ko’proq qayd etilgan, ya’ni 66,6%ni tashkil
qilgan. 18—20 yoshli o’g’il bolalar orasida ham so’zak ko’p aniqlangan, ya’ni 57,6% ni
tashkil qilgan. Bu holat qishloq aholisi orasida so’zakning qizlar orasida kam
aniqlanishi asosan u yerlarda jinsiy xulqning, qiz va o’g’il bolalarning o’zaro yaqin
munosabatlarining
cheklanganliligi dan, kattalar tomonidan qattiq nazorat ostida
ekanligi bilan belgilanadi. Shu yoshdagilar orasida jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar
haqidagi bilimlari ko’rib chiqilganda, qiziq natijalar olindi. Tanosil kasalliklari haqidagi
bilimlarni sinash shuni ko’rsatdiki, har xil kasallik haqida o’quvchilar turlicha bilimga
ega ekanlar. Eng yaxshi bilim shahar va qishloq yoshlari orasida odamlar immunitet
tanqisligi sindromi (OITS) to’g’risidagi bilimlar ekanligi aniqlandi. Zaxm va so’zak
haqida maktab o’quvchilari o’rtasida bilimlar past darajada bo’lib, shahar bolalari
orasida qishloqdagi yoshlarnikidan ham pastligi isbot etildi.
Bu esa shaharda maktab
yoshlari orasida shu narsalar haqida axborotlar olish past darajada ekanligidan dalolat
beradi. Nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo’lish-bo’lmasligi haqida o’ziga xos
natijalar olingan. YuNESKO loyihasi asosida qo’llanma mualliflari tomonidan maxsus
o’tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra qishloq maktablaridagi 9-sinf qizlaridan
30%ga yaqini nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo’lishlikka qarshi emasligini
bildirgan. Shaharda bu ko’rsatkich 38%ni tashkil etgan. Shu raqamlardan kelib chiqqan
holda, mazkur yoshda jinsiy hayotni rad etmagan va shu bilan birga jinsiy yo’l bilan
yuqadigan kasalliklar va ularning oldini olish vositalari haqida bilimlarning o’ta
sayozligi mazkur muammoni bugungi kunda nafaqat o’zga davlatlar, balki
O’zbekistonda ham nihoyatda dolzarbligini ko’rsatadi.Shu sababli ham ta’lim va
tibbiyot xodimlari yoshlar orasida zarur bo’lgan bilimlarni berib borishlari va
tushuntirish ishlarini keng tarmoqda olib borishlari hozirgi kunda ular oldida turgan eng
muhim vazifalardan biridir. Bundan tashqari bolalarni shu tariqa bilimlarini oshirishda
har xil jamiyatlar, jamoat turkumlari keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borishlari
kerak. Shunday qilinganda bu
kasalliklar soni kamaytirilib, inson salomatligiga putur
yetkazishning oldini olgan bo’lar edik.
Dostları ilə paylaş: