Оила психологияси


Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishi va unga sabab bo’ladigan



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Оила психологияси

Jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishi va unga sabab bo’ladigan 
omillar.
Tanosil kasalliklariga turli-tuman omillar, o’z belgi va xususiyatlari bilan kechuvchi 
yuqumlilik jarayonlari kiritilgan. Bu kasallik tabiatini diqqat bilan o’rganilsa unda bitta 
umumiylik borligini ko’ramiz. Ya’ni bu kasalliklar asosan yuqish orqali ko’payadi. 
Boshqacha qilib aytganda, sog’lom kishining kasallikka chalingan kishi bilan loaqal bir 
marta kechgan jinsiy aloqasi muqarrar tarzda kasallikning yuqishiga olib keladi. 
Hozirda «venerologiya» fanida («venera» — sevgi toji demakdir) 20 dan ortiq shu 
guruhga kiruvchi turli kasalliklar
ma’lum va ular asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi. Shu turkum kasalliklariga 
venerologiyada zaxm (sifilis), so’zak (gonoreya), trixamoniaz, yumshoq shanker, 
venerik linfagranulomatoz, donovanoz xlamidioz, likomlazmaz, gardnerellioz, genital 
uchuq (gerpes), o’tkir uchli kondilimalar, kandidozlar, gepatit V, qo’tir, bitlilik, 
giardiaz, amerdiaz, amebiaz, yuqumli (kantagioz) mollyusk, sitemelegaliya va OITS 
(odamda immuntanqislik sindromi SPID) kiritiladi. Jahon sog’liqni saqlash jamiyatining 
ma’lumotiga ko’ra zaxm, so’zak, trixamoniaz, xlamidioz dunyoda eng ko’p tarqalgan 
tanosil kasalliklari hisoblanib, epidemik jihatdan faqat gripp va bezgakdan so’nggi 
o’rinda turadi. Shu jamiyatning xabariga ko’ra har yili dunyo bo’yicha 200 mln odamda 
so’zak, 250 mln trixaminoz, 200—250 mln ida xlamidioz, 100 mln mikoplazmoz va 50 
mln aholida zaxm kasalliklari qayd etilgan. Tanosil kasalliklari bir o’sib, bir kamayib 
turadi. Biz zaxm va so’zakning 50 yil ichida yurtimizda qanday tarqalganligi holatini 
tahlil qilganimizda, shu kasalliklarni bir xil sharoitda, yonma-yon tarzda 5 marta o’sgani 
va kamayganligining guvohi bo’ldik. Lekin ularning o’sib va kamayib borish jarayoniga 
turli vaqtlarda turlicha omillar sabab bo’lgan. Masalan, 1947—1953 yillardagi o’sishda 


112 
ikkinchi jahon urushidan so’nggi jinsiy aloqalarning tartibsizligi sabab bo’lgan. Bu 
vaqtda erkaklarning kamligi va ayollarning ko’pligi ham ahamiyatga ega bo’lgan.
Yana shunday misollarga 1966-yildan keyingi «Toshkent zilzilasidan so’nggi o’sishdagi 
holatga kelsak, bunda 1972-yilda shu o’sishning cho’qqisi kuzatilgan, ya’ni zaxmning 
o’sishi 100 ming aholiga 44ni tashkil qilgan, buni tibbiyotda intensiv ko’rsatkich 
deyiladi. Bu paytda ham zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida hasharga kelgan 
odamlarning migratsion jarayoni kuchayganligi sabab bo’lgan. Bu vaqt turli-turli joydan 
kelgan ishchi-quruvchilar orasidagi «erkinlik», ya’ni jinsiy betartibliklar, ularning 
orasida esa tushuntirish ishlarining yetarli darajada olib borilmaganligi va ular kelgan 
vaqtlarida turli tibbiy tekshiruvlardan o’tkazilmaganligi yoki tekshiruvning to’liq 
bo’lmaganligi kasallik tarqalishining asosiy sabablaridan bo’lgan. Zaxm va so’zakning 
respublikamizdagi hozirgi 5-cho’qqisi avvalgilariga o’xshash bo’lmagan o’ziga xos 
sabablarga bog’liqligi aniqlandi. Bu 5-o’sish zaxm bo’yisha asosan 1991yildan 
boshlangan bo’lib, bu vaqt yuqoridagi intensiv ko’rsatkich (har 100 ming aholiga) 1,8 ni 
tashkil etgan. Shu vaqt ichida 1997-yil shu ko’rsatkich 47,3 ga yetdi. Lekin 1998-yil 
hisobiga bu ko’rsatkich 45,5 gacha kamaydi. Ammo bu pasayish hech kimni xotirjam 
qilmasligi kerak. Agar so’zak bo’yicha yuqoridagi ko’rsatkichni tahlil qilsak, 1997-
yilda yurtimizda 100 ming aholiga 26,7 kasallik, 1998-yilda esa bu ko’rsatkich 27,5 
taga o’sgan.
Respublikamizda yuqorida qayd qilganimizdek, trixomoniaz ham o’sgan. Agar 1997-
yili har 100 ming aholiga 85,5 bo’lgan bo’lsa, 1998-yilda bu ko’rsatkich 100 tagacha 
o’sgan. Bu kasallik ham o’zining ashaddiy asoratlari bilan jinsiy aloqa bilan yuquvchi 
kasalliklar turkumiga kiradi. Hozirda respublikada asosan mana shu kasalliklar yuqori 
darajada uchraydi. Ko’pincha shu turkumga kiruvchi kasalliklar, ya’ni venerologiya 
faniga ma’lum bo’lgan kasalliklarni barchasi ham yurtimizda uchramaydi. Yurtimizda 
xlamidioz, mikoplazmoz va gardnerellioz kasalliklarining diagnostikasi kam yo’lga 
qo’yilgan, lekin aniqlangan kasalliklar miqdori kamchilikni tashkil qilgan. XX asr 
«vabo»si deb yuritiladigan jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklardan biri OITS katta 
ijtimoiy muammoni tashkil etadi. Avvallari bu kasallik 1995-yilgacha yiliga bittadan 
qayd etilgan bo’lsa, 1996-yilda 3 ta, 1997-yilda esa 8 ta immunitet tanqisligi virusi 
mavjud bo’lgan odamlar topildi. Hozirda qo’shni MDH davlatlari tajribasi shuni 
ko’rsatib turibdiki, agar zaxmning har 100 ming aholiga bo’lgan ko’rsatkichi 150 dan 
o’ssa, unda OITSni ko’payish ehtimoli oshadi. Bu hozirda o’ziga xos indikatorlik 
vazifasini bajarayapti. Shu boisdan yuqorida qayd etib o’tganimizdek, har bir
o’sishning o’ziga xos sabablari bo’ladi. Bu o’sishda jinsiy aloqa orqali yuquvchi 
kasalliklar uchun eng asosiy sabablardan biri migratsion jarayondir. Shu bilan birga 
kasallik o’sishida yangi omillar paydo bo’ldi. Bular mayda, o’rta biznes bilan 
shug’ullanuvchilar, olibsotarlar va ularning xotinlari hisoblanadi. Ya’ni bunda uy 
bekalari bo’lgan o’ynash va fohishalarning rolini alohida ta’kidlash kerak. Buni 
quyidagi raqamlar ko’rsatadi. Masalan, 15—17 yoshli bemorlarni Toshkent shahri 
bo’yicha 1998-yilda 44 tasi zaxm bilan kasallanishgan. Ular orasida 37 tasi qizlardir. 
18—20 yoshli kasallarning 68%ini ayollar tashkil qiladi, 21—50 yoshlilarning esa 53%i 
ayollardir. Hozirda kasalliklarning aniqlanishi, asosan kech amalga oshirilmoqda. Bu 
esa o’z vaqtida aholi o’rtasida tushuntirish ishlarining sust olib borilayotganligidan 
dalolat beradi. Masalan, zaxmning 67,4% (1998-yilda) respublikada kech aniqlangan. 
Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlovchi misollardan yana shuni ta’kidlash joizki, avvallari 


113 
kasalliklar asosan shaharliklar orasida ko’p uchragan bo’lsa, hozirda esa qishloq aholisi 
o’rtasida ham ko’paygan. 1998-yilda zaxm bilan qishloq aholisi orasida 34% dan 
ortiqrog’i kasallangan. Aholining shu qatlamida so’zak 30%ni tashkil etgan, lekin bular 
orasida ayollarning kasallanishi erkaklarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Hozirda 
jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarning tarqalishi avj olib turgan bir vaqtda har bir 
inson o’zining qadamini o’ylab bossa, o’rinli bo’ladi. Shundagina bu ixtimoniy 
kasalliklar tarqalishining oldi olinadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin