107
Ta’sir qilish mexanizmi: Gormonal vositalarning ta’sirida butun hayz sikli davomida
tuxumdonlardan ishlab chiqariladigan estrogenlarning miqdori nihoyatda kam bo’lib
erta follikul fazasiga to’g’ri keladi, natijada ovulatsiya ro’y bermaydi. Buning oqibatida
bachadon bo’yni shillig’ining zichlashuvi va quyuqlashuvi yuz berib, sprematozoidning
bachadon ichiga o’tishini cheklaydi. Shuningdek, endometriyning
funksional va
morfologik o’zgarishi implantatsiya jarayoniga to’sqinlik qiladi. Gormonal o’zgarishlar
ta’sirida bachadon nayining harakatlanishi va bachadon tanasining qisqarishi notabiiy
tus oladi, shuningdek spermatozoid hamda tuxum hujayralarining to’g’ri yo’nalishi
buziladi. Samarasi va afzalliklari: Gormonal saqlanish vositalarini muntazam to’g’ri
qabul qilish usulning samaradorligini ta’minlaydi. Gormonal vositalar yuqori
samaradorligi, qabul qilishning qulayligi, organizmning oldingi holatini tiklash
mumkinligi va nihoyat xavfsizligi bilan ajralib turadi. 35 yoshgacha bo’lgan ayollar
organizmiga vositalarning ta’siri ularning homiladorligi va o’tishiga
qaraganda ancha
xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlikni oldini oluvchi oral kontratseptivlar bir qator
kontratseptiv bo’lmagan xususiyatlarga ham egadir. Gormonal vositalar kutilmagan
homiladorlikdan foiz saqlovchi usulgina bo’lib qolmay, balki yagona davolash
xususiyatlariga ega bo’lgan asosiy vosita hamdir. Ushbu vositalardan foydalanishda:
hayz va hayz o’rtasidagi og’riqlarning kamayishi, ichki jinsiy a’zolarning o’tkir
yallig’lanish kasalliklariga chalinish ehtimolini, xususan
tuxumdon va endometriy
xavfli o’smalarining (rak 50%gacha) qisqarishi, xavfsiz o’smalarning, xususan kista va
sut bezlarining fibroadenomasi kasalliklarining kamayishi hamda hayz siklining to’g’ri
tartibga solinishi, temir yetishmovchiligi anemiyasining keskin kamayishi kuzatiladi.
Kamchiliklari: Homiladorlikdan saqlanish uchun mo’ljallangan barcha vositalar singari,
gormonal tabletka — preparatlar ham o’z kamchiliklariga ega. Ularga: gormonal
preparatlarni oldindan ehtiyojdan ko’proq miqdorda jamg’arib olish, ularni saqlash,
mazkur preparatlarning qimmatligi, ularni har kuni muntazam ravishda qabul qilib
turish sharti, qabuldan so’ng ba’zan qo’shimcha noxush ta’sirlarning paydo bo’lishi,
OITSdan himoya qilmasligi va depressiya holatlari kelib chiqishi kiradi. Gormonal
vositalarni qo’llashda bir necha qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lib, bu vositalardan 35
yoshdan o’tgan ayollar, kashandalar, og’ir
qandli diabet, gipertoniya kasalliklariga
duchor bo’lgan ayollar foydalanishlari aslo mumkin emas.
Noxush ta’sirlari: Gormonal vositalarning qo’shimcha ta’sirlarini keltirib chiqarish
xususiyati ayol organizmida jinsiy gormonlarning kamayishi yoxud ko’payishi bilan
izohlanadi. Eng ko’p uchraydigan asoratlar tarkibiga sut bezlarining qattiqlashuvi,
ko’ngil ozishi, bosh aylanishi, qusish, tana vazni- 211 ning ortishi, jinsiy ishtiyoqning
so’nishi yoki kuchayishi, ba’zida depressiya, bosh og’rig’i, teri qichishi alomatlari, hayz
o’rtasida qonli ajralmalarning paydo bo’lishi kiradi. Tavsiyalar: Zamonaviy 3-avlod
gormonal vositalaridan foydalanishda ularning tarkibidagi gormonlar miqdorining
kamligi sababli, ko’pgina ayollarga manzur bo’lmoqda. Bu usulni ilk bor qo’llamoqchi
bo’lgan har bir ayol uning ta’rifnomasi haqida ma’lumotlarga to’la ega bo’lmog’i lozim.
Shu bilan
bir qatorda, mutaxassis vrach tomonidan bu usulni qo’llanishi mumkinligini
aniqlash maqsadida tekshirilishi hamda bu usuldan to’g’ri foydalanish yo’l-yo’riqlari
o’rgatilishi, ayolga mos keladigan xili tanlanib berilishi kerak.
Birinchi marta gormonal preparat hayz siklining 1-kunidan boshlab 21 kun davomida,
kuniga 1 tabletkadan bir xil vaqtda iste’mol qilib boriladi. Mabodo, ba’zi sabablarga
ko’ra biron kun tabletka ichilmay qolsa, darhol qo’sh doza qabul qilinishi lozim bo’ladi.