114
targ’iboti, iqtisodiy omillarni izlash va ijtimoiy holatlarni tahlil etish va boshqalar
birlashib tanosil kasalliklariga qarshi kurash samaradorligini oshiradi.Tanosil
kasalliklarining oldini olishda har bir inson ongida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya
qilish haqida tushunchalarni kengaytirish ham o’ziga xos omillar hisoblanadi. Agar shu
qoidalarga amal qilinsa, tanosil kasalliklarining oldini olishda shaxdam qadam
qo’yilgan bo’lar edi. Buning uchun har bir inson begonalar bilan jinsiy aloqada
bo’lgach, jinsiy organlarini tozalab, xo’jalik sovuni bilan yaxshilab yuvgach,
margansovkali suyuq eritma bilan jinsiy organlarini yuvib, quritib, toza ichki kiyim
kiyishi shaxsiy gigiyena qoidalariga kirishini tushuntirish lozim. Hozirda butun jahonda
barcha yoshdagilar orasida «xavfsiz seks» targ’iboti keng avj olgan. Bunda har bir jinsiy
aloqa oldidan eng qulay oldini olish yo’li — bu prezervativlardan keng foydalanish
targ’ibotidir. Albatta, targ’ibot bilan birga ular keng savdo tizimida erkin bo’lishi va
ularning baholari arzon bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: