Oila psixologiyasi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika Fakulteti



Yüklə 20,36 Kb.
səhifə4/7
tarix26.12.2022
ölçüsü20,36 Kb.
#77936
1   2   3   4   5   6   7
Oila psixologiyasi-fayllar.org (2)

Oilaning tarbiyaviy vazifasi


  • Oilaning tarbiyaviy vazifasi

  • Oilaning muhim ahamiyatga ega bo’lgan yana bir vazifasi tarbiyalash vazifasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Ota-ona - sanhatkor, bola - sanhat asari, tarbiya jarayoni esa sanhatning o’zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saklab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, An’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’, mahallaning ham tahsiri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin bahzan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ’ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila ahzolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar tahsiriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo’liga kirish) paydo bo’lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga kiradi. CHunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya or-qali shaxsga mahlum bir siyosiy-g’oyaviy dunyoqarash, axloqiy mehyorlar va xulq namunalari, jismoniy si-fatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida ko’rga-nini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy mehyorlar va qadriyatlarni o’zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.

  • Oilaning rekreativ vazifasi

  • Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o’z ahzolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini tahminlash, shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan.

  • Bu holat o’z navbatida oilaning asosiy vazifalaridan yana birini, uning rekreativ vazifasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ - o’zaro jismo niy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkashash, oila ahzolari dam olishini tashkil etish vazifasidir. Bu vazifa keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila ahzolari salomatligini mustahkamlash, oila ahzolarining dam olishini tashkil etish, oila ahzolarining bevosita mehnat, o’qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya’ni bo’sh vaqtlarni birgalikda o’tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning o’zaro munosabat-lari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillardan hisoblanadi. Bo’sh vaqt jamiyatning nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bo’sh vaqtini muntazam ravishda qanday o’tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki - dam olish va sog’lom-lashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin ko’pchilik turli sabablar bilan (ularning o’zlari ko’proq moddiy sababni ko’rsatisha-di) madaniy dam olishga e’tibor bermay qo’yganligini ham aytib o’tish lozim. Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda.

  • SHuni ham tahkidlab o’tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ vazifasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o’z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini tahminlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko’rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bo’lsada qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o’z sog’liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning o’z ahzolarining axloqiy-psixologik ximoyalanganligini tahminlashdagi roli tobora ortib bormoqda.CHunki odam faqat o’z oilasidagina va faqat o’z yaqinlari qurshovidagina o’zini tom mahnoda xotirjam, erkin his qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning o’rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.

Yüklə 20,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin