3. Er-xotin, bolalari yoki bolasiz, ota-onalarining faqat bittasi (yoki ularsiz) va boshqa qarnndoshlari bilan shaydigan oilalar;
4. Ikki yoki undan ortiq. oddiy oila (nikoh juftlari)bolalari bilan yoki bolasiz, ota-onalarining biri (yoki ularsiz)va boshqa qarindoshlari bilan (yoki ularsiz) yashaydigan oilalar;
Oila uning a'zolarining ijtimoiy guruhlariga qarab ham turlarga bo‘linadi;
Oila uning a'zolarining ijtimoiy guruhlariga qarab ham turlarga bo‘linadi;
1.Oila a'zolari bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar.
2. Turli guruhga mansub oilalar:
Oilalarning o‘sha oila a'zolari miqdoriga qarab turlarga bo‘linishi uning demografik tarkibini tashkil etadi. O‘zbekiston uchun shartli ravishda oilaning 3 ta demografik turga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Kichik oilalar — 2—4 kishi istiqomat etuvchi oilalar;
2. O‘rta oilalar — 5—6 kishi istiqomat etuvchi oilalar;
3. Katta oilalar — 7 va undan ortiq kishilar istiqomat etuvchi oilalar.
Oila sotsiologiyasi o‘rganadigan navbatdagi demografik jarayon bu nikohdir.
Ma'lumki, oila nikohdan boshlanadi. Nikoh jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida paydo bo‘ldi va qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar, din, urf-odatlar, qadriyatlar ta'sirida shakllanib boradi. Nikoh va uning turlari, tarixiy evolyutsiyasi, uning turli xalqlar ijtimoiy guruhlar, xududlar bo‘yicha xususiyatlarini, nikoh. qonuniyatlarini, oilada mehnat taqsimotini va yoshlarni nikohga psixologik, iqtisodiy tomonidan tayyorlash va aholini nikohga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish ham oila sotsiologiyasida muhim ahamiyatga egadir.