Axborot va kommunikatsiya.
Ma'naviy ishlab chiqarishning axborot
almashinuviga bo„lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan sohalari mavjud. Bu
avvalo aholiga to„g„ridan-to„g„ri axborot berish vositalaridir. Qadimda bular
9
podsholarning farmonlarini maydonlarda o„qib eshittirgan jarchilar, voizlar,
shoirlar va baxshilar, masxarabozlar, teatr, shuningdek yozma adabiyot bo„lgan.
Keyinchalik, axborot texnika vositalari rivojlanishi bilan ma'naviy muloqotga
bo„lgan ehtiyojlar bosma nashrlar (kitoblar, gazetalar, jurnallar) bilan qondirilgan,
so„ng radio, kino, televidenie, ya'ni hozirgi ko„rinishdagi ommaviy axborot
vositalari (OAV) paydo bo„lgan. Hozirgi sharoitda ommaviy axborot vositalari o„z
mahsulotini ishlab chiqaradigan va uni bozorda sotadigan sanoatning alohida
tipidir.
Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi odamlarning bevosita shaxsiy
va kollektiv muloqotiga bo„lgan ehtiyojga chek qo„ymaydi. Mazkur ehtiyoj
butunlay boshqa vositalar bilan va o„zga sharoitda (uyda yoki teatrda, o„quv
auditoriyasida yoki yozishmalar orqali va h.k.) qondiriladi. Shunga qaramay
ommaviy axborot vositalari hozirgi jamiyatda ma'naviy muloqotning muhim
elementi hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda va kundalik nutqda «axborot» va «kommunikatsiya»
tushunchalari ko„pincha sinonimlar sifatida ishlatiladi. Ammo ma'naviy
muloqotning mazkur hodisalari amalda har xil ma'noni anglatadi.
Axborot deganda
yangi bilimni aks ettiradigan va mazkur axborotni idrok etuvchi shaxs yoki guruh
xulq-atvorini o‘zgartiradigan xabar tushuniladi
.
Kommunikatsiya
- g‘oyalar,
qarashlar, baholar almashinuvini nazarda tutadigan ma'naviy muloqot turi. U
odamlar o‘rtasida hamjihatlikning mavjudligi bilan belgilanadi.
Insonga ta'lim va tarbiya berish ma'naviy ishlab chiqarishning alohida sohasi
hisoblanadi. Jamiyatda ta'lim va tarbiya muassasalarining tarmoqlangan tizimi: ,
bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab ta'limining turli-tuman shakllari:
kollejlar, pansionatlar, internatlar oliy o„quv yurtlari tashkil etiladi. Axloqiy va
estetik tarbiya berish, dunyoqarashni shakllantirish o„quvchilar ongida dunyoning
ilmiy manzarasini shakllantirish yo„li bilan, shuningdek san'at, falsafa va diniy
muassasalar yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyalash funksiyasini oila, do„stlar va
tanish-bilishlar davrasi, davlat muassasalari, huquqiy tartibot organlari, shuningdek
ommaviy axborot vositalari bajaradi.
10
Ijtimoiy ong ma'naviy kichik tizimning bosh bo„g„ini hisoblanadi. U
bilimlar, g„oyalar, qarashlar, fikrlar, dunyoqarashga doir mo„ljallar, qadriyatlar va
hokazolarning butun rang-barangligida namoyon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |