Yangi O`zbekistonning ibratli oilalari–yoshlar uchun ibratli maktabi
Oilaviy baxt bu – eng ulug‘ saodatdir Sh.M. Mirziyoyev
Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalar uchun “Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etildi hamda u 15-may — Xalqaro oilalar kunida topshiriladi.
Oʻzbekistondagi “Eng ibratli oila”lar aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Ibratli oila “—respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, eng avvalo, “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” konseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etishdir.
Koʻrik-tanlov Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ibratli oilalar ishtirokida joriy yilning may — dekabr oylarida 4 bosqichda oʻtkazildi.
Yakunlovchi bosqichda hududlardan kelgan oilalar 14 ta nominatsiya boʻyicha gʻolib va sovrinli oʻrinlar sohiblari aniqlandi.
Gʻoliblar bilan tanishing:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Eng ibratli innovatsion, zamon bilan hamnafas oila” – Rustem Aybergenov, Dilbarxon Toremurotova
Andijon viloyati – “Eng ibratli fidoyi insonparvar oila” – Abdujabbor Mahkamov, Atira Moʻminova
Buxoro viloyati – “Eng ibratli kitobxon oila” – Anvar Adilov, Gulbahor Adilova
Jizzax viloyati – “Eng ibratli faol oila” – Rahmonqul Tursunov, inobat Tursunova
Qashqadaryo viloyati – “Eng ibratli ahil yosh oila” – Sherali Normatov, Musharraf Nurqobilova
Namangan viloyati – “Eng ibratli qadriyatlarni qadrlagan saxiy oila” – Baxodir Umrzoqov, Marhabat Toʻxtaboyeva
Navoiy viloyati – “Eng ibratli saxovatli faxriy oila” – Hamid Oʻrunov, Bodom Oʻrunova
Samarqand viloyati – “Eng ibratli sanʼatsevar madaniy oila” – Tohir Halilov, Gulnoza Ergasheva