Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo`ygan ushbu talablari o`sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va zarur bo`lsa, bizning bugungi kunimizda ham u o`z kuchini yo`qotgani yo`q. Uning fikricha, tarbiyachi, ya`ni ota-ona «nafaqat so`z bilan, balki amalda ham bola ruhiga ta`sir ko`rsatmog`i lozim» /Ibn Sino.

Bizning fikrimizcha, oila va ayol o`rni xususida Ibn Sino ba`zan bir tomonlilikka yo`l qo`ygandek tuyuladi, chunki bunda asosiy e`tibor va urg`u faqat ayol shaxsiga qaratiladi, lekin bu fikrlarning asosida ayollarning psixologik jihatdan oila muhitini ifodalaydigan kishilar sifatida qarash hozirgi davr uchun ham ahamiyatlidir.

Turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasida o`ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» yoki «Qalblarning sevgisi» deb nom qo`yilishi bejiz emas.

Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan.
Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo`lishi, oila muqaddas, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog`liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan hodisalar hikoya qilinadi.