Shundan kelib chiqib, u nutqni quyidagi shakllarini farqlaydi: Kuzatuvchi nutq
Yakunlovchi nutq
Amalga oshiruvchi nutq
Bolalarda duduqlanishning bartaraf etishning 5 bosqichi farqlanadi: Tayyorlov bosqichi. Asosiy maqsad – bolalarga xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘rgatish, logopedning ko‘p bo‘lmagan, mantiqiy to‘g‘ri nutqini eshitishga o‘rgatish, bolaning o‘zini nutqini esa cheklab qo‘yish;
Kuzatuvchi nutq– bu bosqichda bolalar bajarayotgan harakatlari bilan birgalikdagi nutqi tushuniladi;
Yakunlovchi nutq –bu bosqichda bolalar bajarib bo‘lgan ishlari haqida so‘zlab beradilar. Ko‘ruv tayanchini kengaytirib borish natijasida sekin asta mustaqil nutqqa o‘tiladi;
Amalga oshiruvchi nutq –bu bosqichda bolalar bajarmoqchi bo‘lgan ishlari haqida gapirib beradilar. Bunda bolalarda ko‘ruv tayanchiga asoslanmasdan o‘z ish rejasini to‘zishga, harakatlarni oldindan tushuntirib berishga va nomlashga, nutqdan mustaqil foydalanishga o‘rgatiladi. Jumlali nutqi murakkablashtirib boriladi. Bu bosqichda bolalar mantiqiy fikrlashga, o‘z fikrini ketma-ket va grammatik to‘g‘ri bayon qilishga, so‘zlardan asl ma’nosida foydalanishga o‘rgatiladilar;
Malakalarini mustahkamlash –bu bosqichda bolalar u yoki bu buyumni tayyorlash jarayonini mustaqil bayon qilib berishi, ularning o‘z faoliyatlari haqida savol-javoblari, o‘z xohish-istaklarini bayon etishi orqali olib boriladi.
S.A. Mironova maktabgacha yoshdagi bolalarda duduqlanishni bolalar bog‘chasida o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida dasturni o‘tish jarayonida bartaraf qilish tizimini taklif qiladi. U «Atrofdagi tabiat bilan tanishuv», «Nutqni o‘stirish», «Yelementar matematik tushunchalarni rivojlantirish», «Rasm, yopishtirish, konstruktorlash» kabi bo‘limlar bo‘yicha mashg‘ulot jarayonida olib borishni taklif etadi.
Muallif logopedlar oldiga dastur asosida kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. Bu vazifalar to‘rt chorak davomida ketma-ket murakkablashgan korreksion ishlar natijasida hal qilinadi.
Ommaviy bolalar bog‘chalarida duduqlanuvchi bolalar bilan dasturni o‘tishda bolalarning nutq imkoniyatlariga qarab ayrim o‘zgarishlar qilish taklif qilinadi: o‘quv yilining boshlarida oldingi guruhda o‘tilgan materiallardan foydalanish; mashg‘ulotning ayrim mavzularini joyini almashtirish; biroz qiyinroq mavzularni o‘rganish muddatini uzaytirish va h.k.