Oilada duduqlanuvchilar bilan olib boriladigon korreksion logopedik ish


Shunday qilib, duduqlanuvchilarda nutqning ravonligi va bir maromdaligini quyidagi ketma-ketlikda (izchillikda) tarbiyalash mumkin



Yüklə 90 Kb.
səhifə4/11
tarix22.05.2022
ölçüsü90 Kb.
#58962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oilada duduqlanuvchilar bilan olib boriladigon korreksion logopedik ish

Shunday qilib, duduqlanuvchilarda nutqning ravonligi va bir maromdaligini quyidagi ketma-ketlikda (izchillikda) tarbiyalash mumkin:
1) Ashula;
2) ashula jo‘rligidagi harakat;
3) ritmiklashgan nutq (she’r, keyinchalik proza (nasr)) harakatlar bilan;
4) ritmiklashgan nutq (she’r, proza (nasr)) harakatsiz;
5) unli tovushlarga tayanish;
6) turli to‘lqindagi nutq.
Duduqlanuvchilarda to‘g‘ri nutqni tarbiyalash vazifasi turli emotsional holatlarda to‘g‘ri so‘zlashni mashq qilishdan iborat. Logoped duduqlanuvchilarga turli kayfiyat, emotsional hayajonlanish, ruhiy tushkunliklar bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zini tuta bilish va nutqini nazorat qilib borishga o‘rgatadi. Inson nutqi va emotsional holatiga atrof-muhit, uning xarakter faoliyati va odamlar ta’sir etadi. Shuning uchun mashg‘ulotlarda nafaqat nutqiy mashqlarni balki, turli vaziyatlarni ham asta-sekin murakkablashtirib borishni ko‘rib chiqmoq lozim.
Sharoitdan kelib chiqqan holda nutqiy mashqlarni ketma-ketligini (izchiligini) quyidagicha belgilash mumkin:
а) tanish, birlamchi sharoitda;
b) kam tanish bo‘lgan;
v) tanish bo‘lmagan, begona sharoitda to‘g‘ri nutqni mashq qilish.
Atrofdagi jamoatchilikni hisobga olib – yolg‘izlikda, yaqinlari va o‘rtoqlari; tarbiyachilar bilan; kam tanish bo‘lgan insonlar bilan; notanish, begonalar bilan, garchi bu Erda duduqlanuvchilarning ishtirokchilar muloqot sharoitiga qaratilgan reaksiyasiga bog‘liq ravishda, turli variantlar bo‘lishi mumkin.

Nihoyat, duduqlanuvchi bola faoliyati quyidagilarga bog‘liq ravishda nutq sifatiga ta’sir etishi mumkin:
а) uni ko‘rinishiga bog‘liq;
b) murakkablik darajasiga (yelementar harakatlar, harakatlar majmui);
v) vaqtga munosabatiga bog‘liq (hozirni, o‘tganni yoki kelajakni
ta’riflash).
Duduqlanuvchi bola nutqi holatiga ta’sir etuvchi turli xil omillarning mavjudligi, logopedga nutqiy tortishishlarning kelib chiqishi va oldini olishni, oldindan payqash uchun turli ko‘rinishdagi nutqiy mashqlar va vaziyatlarni qo‘shish imkonini beradi.
Sistemalilik va ketma-ketlilik tamoyili duduqlanuvchilarga logopedik ta’sirning faqat mantiqiy tomonini emas, balki, tashkiliy tomonini ham o‘z ichiga oladi, chunki ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash sistemali tarzda, doimiy va reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Nevrozlarni davolash asosida yotuvchi nerv jarayonlarini doimiy mashq qildirish faqat shu holda sodir etiladi.
Logopedik mashg‘ulotlar kursi duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan, vaqt, vazifa va mazmun bo‘yicha yaxlit, tugallangan ish tizimidan iborat va davrlarga bo‘linadi (tayyorlov, mashq qiluvchi, mustahkamlovchi). Har bir davrda bir qator bosqichlarga ajratish mumkin (masalan, gapirmaslik, uyg‘unlashgan, aks ettirilgan nutq, nutq o‘rgatuv tartibi va h.k.). Logopedik ishning har bir bosqichi o‘zaro bog‘liq mashg‘ulotlardan tashkil topadi.
Tayyorlov bosqichi vazifalariga avaylovchi tartib yaratish, bolani mashg‘ulotlarga tayyorlash, to‘g‘ri nutq namunalarini ko‘rsatish kiradi.
Avaylovchi tartib quyidagilardan iborat: salbiy ta’sir etuvchi omillardan bola psixikasini himoyalash; tinch, osuda muhit, do‘stona va to‘g‘ri munosabat yaratish; noto‘g‘ri nutqqa o‘rganib qolishga yo‘l qo‘ymaslik; kun tartibini belgilash va rioya qilish; tinch va turlicha mashg‘ulotlarni nazarga olish; shovqinli, harakatli o‘yinlar, mashg‘ulotlar bilan ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘ymaslik.
Shuningdek, duduqlanuvchi bolani tinchlantirish, o‘z nuqsoniga qaratilgan tushkun e’tiborni chalg‘itish va shu bilan bog‘liq taranglikni yo‘qotish muhim. Imkoniyatga qarab duduqlanuvchining nutqiy faollligini cheklash va shu orqali noto‘g‘ri nutqiy stereotipni susaytirish maqsadga muvofiqdir.
Bolani mashg‘ulotlarga jalb etish uchun, radioko‘rsatuvlar, magnitofon yozuvlar, plastinkalar, adabiy asarlar haqidagi suhbatlardan foydalanish, atrofdagi odamlarning ifodali nutqiga ijobiy belgilariga duduqlanuvchining e’tiborini qaratish, mashg‘ulotgacha va mashg‘ulotdan so‘ng bolalar nutqining magnitafon yozuvlari orqali namoyish qilish (ayniqsa, mavjud duduqlanishni ular tomonidan ongli anglash hollarida) lozim.
Mashg‘ulot boshidagi yomon nutq va mashg‘ulot so‘ngidagi to‘g‘ri, erkin nutq orasidagi qarama-qarshiliklar, bolalarda yaxshi gapirishga o‘rganish istagini tug‘diradi. Shu maqsad uchun mashg‘ulotlar kursini o‘tab bo‘lgan bolalar chiqishlari va sahna ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
Logoped birinchi mashg‘ulotlardan bola bilan to‘g‘ri nutqning muhim sifatlarini ishlay boshlashdi: balandlik, ifodalilik, shoshmaslik, to‘g‘ri ibora to‘zish fikrlarni ketma-ket bayon qilish, suhbatlashganda erkin va ishonch bilan gaplashish va boshqalar.
Mashq qiluvchi bosqich vazifalariga bola uchun murakkab bo‘lgan barcha nutq shakllari va nutqiy vaziyatlarni egallash kiradi. Bolaning birinchi bosqichda qo‘lga kiritgan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda, erkin nutq malakalarini tarbiyalash va nutqning turli shakllarida va turli xil nutqiy vaziyatlarda to‘g‘ri xatti-harakatlarni tarbiyalash bo‘yicha ish olib boriladi.
Duduqlanishning birmuncha murakkab ko‘rinishlarida mashq qiluvchi bosqich uyg‘unlashgan aks ettiruvchi nutqdan boshlanadi. Agar to‘g‘ri nutqning barcha talablari bu bosqichda oson va yaxshi bajarilsa, logoped bola bilan iboralarni birgalikda takrorlashdan voz kechadi va unga iboradan mustaqil nusxa olish imkoniyatini beradi.

Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin