Hozirgi vaqtda oilalarning xilma-xil shakllari. Oilaning quyidagi turlari mavjud:
1. Katta patriarxal oila, bunda ota-onalar, bolalar, nevaralar bir oilada yashaydilar.
2. Ikki avloddan – ota-ona va bolalardan iborat oila.
3. Notoʼliq, yaʼni oilada biror sababga koʼra ota yoki ona yoʼqligi.
4. Faqat er va xotindan tashkil topgan oila.
5. Аralash, yaqin yoki uzoq qarindoshlar bir xonadonda istiqomat qiladigan oila.
6. Baynalmilal, turli millat vakillari tuzgan oila.
7. Qayta qurilgan oila.
Bolgariyalik faylasuf, siyosiy arbob P.Kubadinskiy aytganidek: «Bir necha avlod birga yashaydigan oilalarda qarilik boy, qiziqarli, ishonchli va foydali kechadi. Qari insonning ish qobiliyati susayadi, ayrim paytlarda ishga qobiliyatsiz boʼlib qolishi mumkin. Uyda farzandlar va nabiralar boʼlsa, qariyalarga doimo ish topiladi. Bu davrda qariyalar hayotining sermahsul davri, bosib oʼtgan hayotlarini analiz qiladilar, shaxsiy tajribalarini oʼz ildizidan boʼlgan avlodga yetkazadilar».
Endi oila tarkibi boyicha tahlil qilamiz.
1. Toʼliqligiga koʼra: toʼliq, notoʼliq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
2. Boʼgʼinlar soniga koʼra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat boʼlgan) va koʼp boʼgʼinli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila aʼzolari birga yashovchi) oilalar.
3. Bolalar soniga koʼra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar.
4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga koʼra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila.
5.Er-xotinning maʼlumot saviyasiga koʼra: oliy maʼlumotlilar, oʼrta-maxsus, oʼrta, tugatilmagan oʼrta, maxsus yordamchi maktab maʼlumotiga ega boʼlgan qayliqlardan tashkil topgan oila.
6.Oilaning «yoshiga» koʼra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega boʼlgan oilalar), oʼrta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi).
7.Qayliqlarning ota-ona oilasi (ota-onasi)ning moddiy taʼminlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi boʼyicha bir-biriga mos va mos boʼlmagan oilalar.
8. Regional jihatlariga koʼra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila.
9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga koʼra, ajralish saviyasida - nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada boʼlgan oila, oʼrta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.
10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga koʼra: er yetakchi boʼlgan oila, xotin yetakchi boʼlgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.
11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga koʼra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
12. Er-xotinlarning millatiga koʼra: bir millatli yoki baynalminal oilalar.
Oilada yoʼlga qoʼyilayotgan bolalar tarbiyasining mazmuniga koʼra oilalarni quyidagi toifalarga boʼlish mumkin: ijtimoiy ilgʼor yoʼnalishdagi oilalar, ziddiyatli yoʼnalishdagi oilalar va maʼnaviy jihatdan past darajadagi oilalar.
Oilaning bugungi shaklida oila a'zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, iqtisodiy-mulkiy, ma'naviy-huquqiy, psixologik munosabatlar, o‗zaro javobgarlik his-tuyg‗ulari bilan bog‗lanib turadilar. Oilada har bir oila a'zolarining o‗z ijtimoiy o‗rni bordir. Ma'lumki oilaning asosini — yadrosini er-xotin tashkil etadi. Oilada er-xotin, o‗zi yoki farzandlari bilan etishadi. Undan tashqari oilada er-xotin farzandlari bilan birga ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa qarindosh-urug‗lari ham birga yashashlari mumkin. Oila muhiti, uning jamoada tutgan o‗rni oila a'zolariga,ularning xulq-atvorlariga bevosita bog‗liqdir. Ayniqsa oila muhitida ayolning o‗rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham oila a'zolarining oilaga, atrof-muhitga va o‗zaro munosabatlarini o‗rganish ham oila sotsiologiyasining vazifalaridan biridir. Oilaning tashkil topishi, shakllanishi va rivojlanishida demogarfik vaziyat muhim ahamiyatga egadir. Oilaning ijtimoiy-demografik tarkibi va unga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni o‗rganish ham oila sotsiologiyasi o‗rganadigan muhim masalalardan hisoblanadi, Oilaning ijtimoiydemografik tarkibi deganda, oilada yashab kelayotgan kishilarning nikoh qondoshlik-qarindonlik munsoabatlari, ijtimoiy guruhlari va miqdori asosida turlarga bo‗linishi tushuniladi. Oilaning eng ko‗p tarqalgan ijtimoiy, turli nuklear oddiy oila bo‗lib, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya'ni turmush qurmagan farzandlari bilan yashaydi. Agar birorta farzand turmush qurib, shu oilada birga yashasa, unda bu oila kengaygan yoki murakkab oilaga aylanadi. Murakkab oilada ikki yoki undan ko‗p oddiy oilalar, 3 va undan ko‗p avlod vakillari istiqomat etishadi. Ma'lumki, oilaning asosini — yadrosini er-xotin tashkil etadi. Agar oilada er-xotin mavjud bo‗lsa, yashasa, unda oila to‗la, tugal oila, ularning biri oilada yashamasa (bo‗lmasa), tugalmas oila hisoblanadi. Undan tashqari oilada er-xotin farzandlari bilan birga ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa qarindosh-urug‗lari ham birga yashashlari mumkin4. Ana shunday holatlarni hisobga olgan holda sobiq SSSR tarkibiga kirgan barcha respublikalarda, jumladan
O‗zbekistonda ham oilani quyidagi turlarga bo‗lib o‗rganilgan:
I. Er-xotin bolalari bilan yoki bolasiz yashaydigan oilalar;
2. Er-xotin, bolalari yoki bolasiz, ota-onalarining faqat bittasi bilan yashaydigan oilalar;
3. Er-xotin, bolalari yoki bolasiz, ota-onalarining faqat bittasi (yoki ularsiz) va boshqa qarnndoshlari bilan shaydigan oilalar;
4. Ikki yoki undan ortiq. oddiy oila (nikoh juftlari)bolalari bilan yoki bolasiz, ota-onalarining biri (yoki ularsiz)va boshq qarindoshlari bilan (yoki ularsiz) yashaydigan oilalar;
5. Ona va bolalar bilan yashaydigan oilalar;
6. Ota va bolalar bilan yashamaydigan oilalar;
7. Ona-bolalar va onaning (yoki otaning) ota-onalaridan biri yashaydigan oilalar;
8. Ota-bolalar, otasining (yoki onasining) ota-onalaridan biri bilan yashaydigan oilalar;
9. Boshqa oilalar.
_____________________
4 Chernyak Ye. M. Sosiologiya semi: Uchebnoye posobiye. – Moskva: Izdatelsko-torgovaya korporasiya «Dashkov i K», 2004
Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to’g’risidagi ezgu g’oyalarimizga hamohangdir. SHunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos bo’luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
XXI asr oilasi jamiyatda ustivor bo’lgan demokratik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning sub’ektiv xohish-irodasiga qaram bo’lmaydigan, jamiyatni olg’a rivojlanishiga to’siq bo’luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo’lgan maskan rolini o’ynaydi;
YAngi asr oilasi milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg’or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg’unlashtiruvchi tabiiy makondir;
XXI asr oilasi insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustivor bo’lishi va har bir jamiyat a’zosi bo’lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o’ynaydi;
XXI asr oilasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizllikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo’rg’on rolini o’ynaydigan ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug’” degan tamoyillarni o’z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo’lgan mafkuraviy muhitdir;
XXI asr oilasi xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon tsivilizatsiyasining eng ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog’lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;
XXI asr oilasi har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o’z halol va safarbar mehnati orqali ro’zg’orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va oila budjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shahobchalari xizmatidan unumli va o’rindi foydalanadi;
XXI asr oilasi o’z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini etkazuvchi ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi o’zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovatsion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo’naltiruvchi, sog’lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir.
Oilaning ijtimoiy mohiyati. Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi. Oila a’zolari o’rtasida sodir bo’ladigan murakkab va serqirrali o’zaro munosabatlar ko’plab olimlar, shu jumladan, o’zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G’.SHoumarov, E.G’oziev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog’inov, F.Akramova, G.YAdgarova, N.Salaeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o’rganilgan. Ularda ko’proq o’zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o’rinda biz oilaviy o’zaro munosabatlarga xos bo’lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e’tiborni qaratgan ko’plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma’lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. SHu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar ob’ekti sifatida o’rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz.