Oila taraqqiyotining yo`nalishlari Oila faqatgina erkak bilan ayol munosabatini emas, er bilan xotin, otaonalar bilan bolalar munosabatini ifodalaydi. Oila jamiyat bag‗rida tashkil topdi, taraqqiy etib borar ekan, o‗zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo‗lagi sifatida namoyon bo‗ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga ta'sir etadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‗z aksini topadi. Shuning uchun ham oila va jamiyat o‗zaro bog‗liq holda taraqqiy etib, rivojlanadi.
Oila taraqqiyoti uch yo‗nalishida tanlash maqsadiga muvofiqdir.
1. Oila demografik taraqqiyoti.
2. Oila ijtimoiy taraqqiyoti.
3. Oila iqtisodiy taraqqiyoti.
Oilaning demografik taraqqiyoti - deganda oilaning miqdori, shakllanish va demografik tarkibi (Oilaning, oilada yashayotgan kishilar miqdoriga qarab guruhlarga bo‗linishi) ma'lum davrlarda o‗zgarib borishi tushuniladi. Oilaning ijtimoiy taraqqiyoti - esa oila a'zolarining ma'lumotliligi darajasi, ijtimoiy mavqe salomatligi borasida o‗zgarishi, hamda ularning ta'lim-tarbiya, urf-odat, fan va madaniyat tabiyatda va jamiyatga bo‗lgan munosabatlarini takomillashib borishidir. Oilaning oziq,-ovqat, kiyim-kechak, uy joy va boshqa yashash uchun zarur bo‗lgan narsalar bilan ta'minlashish darajasining o‗zgarib borishi uning iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi.
Ko‗rinib turibdiki, oila o‗z mohiyati bilan jamiyat hayotida turli qirralarini aks ettiradi. Shuning uchun ham oila qator fanlarning o‗rganish mavzusidir. Bularga etnografik, demografik, psixologiya, pedagogika, tibbiyot, huquq, iqtisodiyot, tarix va sotsiologiya fanlari kiradi. Ular oila vazifalarni va taraqqiyot yo‗nalishlarining alohida tomonlarini o‗rganadilar. Masalan, iqtisodiyot oila jamiyat taraqqiyotida iste'molchi guruh sifatida o‗rgansa, etnografiya oiladagi urf-odatlar qadriyatlarni etnik ko‗lamda o‗rganadi, demografiya esa asosiy e'tiborini oilaning eng muhim vazifasi bo‗lmish avlod davomiyligini ta'minlashga qaratadi. Oila sotsiologiyasi esa yuqorida qayd etilganidek oilani jamiyat taraqqiyotida muhim vazifalarini, jamiyat taraqqiyotida, muhim vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o‗rganadi. U o‗z tadqiqoti davomida oilani o‗rganuvchi barcha fanlar olib borgan tadqiqot natijalaridan keng foydalanadi va ular bilan uzviy bog‗liq holda rivojlanadi. Ma'lumki, oila paydo bo‗lganidan to hozirgi davrga qadar uning turlari va ijtimoiy-demografik tarkibi muntazam o‗zgarib bordi. Oila turlari va tarkibida sodir bo‗lgan o‗zgarishlar va ularga ta'sir etuvchi omillarini jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichlari uchun alohida o‗rganish ham oila sotsiologiyasining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Oila sotsiologiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri oilaning mohiyati va faoliyatini o‗rganishdir. Oila mohiyati uning faoliyati, ya'ni u bajarayotgan vazifalar bilan belgilanadi. Ularga avlod yaratish vazifasini (jamiyatni davom ettiruvchi avlod yaratish, inson zotini davom ettirish); ijtimoiy vazifasi (oiladagi farzandlarni tarbiyalash, ularni o‗zaro tabiatga, jamiyatga bo‗lgan munosabatlarini shakllantirish, oila a'zolarining dam olishi va salomatligini tiklash); iqtisodiy vazifasi (oila a'zolarini oziq-ovqat,kiyim-kechak va boshqa yashash uchun zarur bo‗lgan vositalar bilan ta'minlash kiradi. Oila sotsiologiyasi oila vazifalarini turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy guruhlarda, xalqlarda, davlatlarda bajarilishi omillari va xususiyatlari oila vazifalariga bo‗lgan munosabatlarni ham atroflicha o‗rganadi. Oilaning eng muhim vazifasi bu farzandlarning tug‗ilishi, ya'ni jamiyat davomiyligi ta'minlovchi yangi avlod yaratishdir. Tug‗ilish dunyodagi turli xalqlarda turlicha ko‗rsatkichlarga ega. Yer shari bo‗ylab tug‗ilishning o‗zaro farq qilishi avvalo mamlakatlar aholisining moddiy va madaniy turmush darajasi, asrlar davomida shakllanib, saqlanib kelgan urf-odatlariga, diniga bog‗liqdir. Bulardan tashqari tug‗ilishga aholining jinsiy yoshi bo‗yicha taqsimlashi, nikoh va ajralish jarayonlari, tibbiyotning rivojlanish darajasi, shuningdek har bir davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosat ham ta'sir etadi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar ta'sirida oilaning bolaga bo‗lgan talabi, jamiyatning bolaga bo‗lgan talabi, o‗zgarib boradi. Oila sotsiologiyasi jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichlarida, dunyoga barcha xalqlar va davlatlar miqyosida tug‗ilishning o‗zgarib borishiga oilaning bolaga bo‗lgan ehtiyojiga ta'sir etuvchi omillarni, aholining turli demorafik va ijtimoiy guruhlarining hamda er-xotinning oilada farzandlar miqdoriga bo‗lgan munosabatlarini sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazish yo‗li bilan aniqlanib beradi.
Mustaqillik yillarida oilaviy hayotda yuz bergan eng katta o‗zgarishlardan biri - bu Oila kodeksining qabul qilinishi bo‗ldi. Ushbu kodeksda nikohdan oldin bo‗lg‘usi kelin-kuyovlarning nikohdan oldingi holatlari masalasiga ham katta e‘tibor berilgan. Xususan, yoshlar nikohdan o‗tish uchun ariza berganlaridan so‗ng bir oy muhlat ichida ular o‗z niyatlarini tasdiqlashlari ko‗zda tutilgan. Albatta, bu oilalarning mustahkam asosini, poydevorini yaratishga qaratilgan qoidadir.5 O’zbekiston oilalariga xos bo’lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo’naltirilgan ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarini inbatga olgan holda mavjud bo’lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli, rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» kontseptsiyasi asosida oilani kompleks o’rganish dasturi taklif etilgan.
_________________________
5 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодексига шарҳлар. –Т.: Адолат, 2000