Demografik jarayonlarni tadqiq etishning ahamiyati



Yüklə 10,11 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü10,11 Kb.
#166031
Lecture - 15


Demografik jarayonlarni tadqiq etishning ahamiyati
Jamiyat taraqqiyoti tarixida sayyoramiz va uning turli hududlarida aholi soni, tarkibi, demografik jarayonlar, jumladan, aholi takror barpo bo’lishiga oid ma’lumotlar qadimgi davrlardan boshlab mavjuddir.
I asrda Strabon tomonidan 17 jilddan iborat “Geografiya” kitobi yozilgan bo’lib, unda tabiat, xo’jaliklar, etnografiya va aholiga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. O’rta asrlarga oid manbalarda ham xo’jaliklar, askarlar soni, urushlarda ochlik va turli epidemiyalardan o’lganlar haqida ma’lumotlar mavjud.
XVI-XVIII asrlarda jahon mamlakatlarida yirik aholi migratsiyasi (ko’chishi) kuzatiladi. Ushbu davrda dunyoning turli hududlaridan aholi Amerika Ko’shma Shtatlariga ko’chib kela boshladi. Boshqacha qilib aytganda, aholining migratsiyasi Shimoliy Amerika tomon yo’nalgan edi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, 1610-1800 yillarda AQSh aholisi 210 ming kishidan 5,3 million kishiga etdi.
XVI-XVIII asrlarda jahon mamlakatlarida yirik aholi migratsiyasi (ko’chishi) kuzatiladi. Ushbu davrda dunyoning turli hududlaridan aholi Amerika Ko’shma Shtatlariga ko’chib kela boshladi. Boshqacha qilib aytganda, aholining migratsiyasi Shimoliy Amerika tomon yo’nalgan edi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, 1610-1800 yillarda AQSh aholisi 210 ming kishidan 5,3 million kishiga etdi.
XVI asrda (1530-1596) frantsuz siyosiy yozuvchisi J. Boden tomonidan ham demografik bilimlar birmuncha rivojlantirilgan. 1577 yili J. Bodenning Angliyada “Respublikaning olti kitobi” nomli asari nashr etilib, uning alohida bobida aholi va uning daromadi statistikasini muntazam hisoblab borish har qanday davlat uchun zarurligi qayd etilgan.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida aholi, xo’jaliklar va davlatlarga oid statistik ma’lumotlar geografiyasi birmuncha kengaya boradi. Bu davrda aholining jamiyat rivojlanishidagi o’rniga e’tibor kuchayadi. Davlatlar haqida statistik ma’lumotlar to’plashga qiziqish ortib boradi. Ayniqsa, Germaniyada davlatlarning iqtisodiy holati, yodgorliklari, obidalari haqida statistik ma’lumotlar to’plash, ularni tahlil etish va shu davlatlar haqida asarlar yaratish rivojlana boradi.
Aholi takror barpo bo’lishdagi asosiy jarayonlar tug’ilish va o’limni o’rganishda XVII asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan, ingliz olimi D. Graunt tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir. D. Graunt London shahrida aholi o’limi haqidagi 80 yillik statistik ma’lumotlarni o’rganib chiqib, 1662 yilda 90 betdan iborat “O’lim haqidagi byulletenlar asosida olib borilgan va mundarijada ilova etilgan tabiiy va siyosiy kuzatishlar natijalari ko’rsatilgan shaharning boshqaruvi, dini, savdosi, havosi, aholi o’sishi va boshqa o’zgarishlar xususida London fuqarosi Djon Grauntning asari“ kitobini yozdi.
XVIII – XIX asrlarda Frantsiyada ham aholini o’rganish borasida tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarda aholi takror barpo bo’lishi jarayonlari ham o’rganilgan. 1855 yilda Parijda A. Giyyarning “Inson statistika elementlari yoki qiyosiy demografiya”, 1881 yilda Jan Bertilon tomonidan yozilgan “Frantsiya aholisi xarakterining statistikasi” nomli asarlari aholini statistik o’rganishga bag’ishlanadi.
XIX asrda statistika davlatshunoslik bilan shug’ullana boshladi va 1804-1805 yillarda rasmiy ravishda universitet va akademiyalarda statistikafan sifatida o’qitiladigan bo’ldi. Shu bois fanga tegishli bo’lgan ma’lumotlardan foydalanish uchun keng imkoniyat yaratilgan. Bu o’zgarishlar aholishunoslikningrivojlanishiga sabab bo’ldi. 1806 – 1808 yillarda “Statistika” jurnali chop etildi. U birinchi rus gumanitar oynomalaridan bo’lib, Peterburgdagi Fanlar akademiyasi qoshida K.F. German 1767 – 1833 tomonidan nashr qilinar edi.
Oynomaning 4 ta kitobi mavjud bo’lib, har birida aholishunoslik bo’yicha ma’lumotlar nashr etilgan. Birinchi maqola K.F. Germanga (1755-1815) tegishli edi. “Rossiyada yashovchilarning soni xususida” deb nomlangan mazkur izlanish “Xalq jadvallari”, ya’ni Rossiya aholisini ro’yxatga olish mavzusiga bag’ishlangan.
XIX – XX asrlarga kelib statistika, demografiya va aholi geografiyasi fanlarida aholining takror barpo bo’lishi ilmiy tushuncha sifatida keng qo’llanila boshladi. Aholi takror barpo bo’lishini tug’ilish va o’lim birligi sifatida anglash haqidagi dastlabki urinishlar XVIII asrda Ya. Eyler tomonidan taklif qilingan edi. Aholi takror barpo bo’lishi modeli amerikalik aholishunos A. Lotko tomonidan ishlab chiqildi va bu modeldan hozirga qadar statistik, demografik tadqiqotlarda foydalanib kelinmoqda.
Aholi takror barpo bo’lishini o’rganishda V.I. Bortkevich, R. Beklar olib borgan tadqiqotlar ham ahamiyatlidir. R. Byok aholi takror barpo bo’lishi jarayoni intensivligini o’rganish konstruktsiyasini yaratdi. XX asrning 30 yillarida R. Kuchinskiy, R. Byok g’oyalari asosida aholi takror barpo bo’lishi koeffitsientlaridan foydalandi va uni keng targ’ib etdi.
Kuchinskiy aholi takror barpo bo’lishida tug’ilish va o’lim jarayoni ikki yoqlama xususiyatga ega bo’lganligi va ularni ikki yoqlama yaxlit jarayon sifatida talqin etish zarurligini ko’rsatib berdi.
XX asrning 20-30 yillaridan boshlab “aholining takror barpo bo’lishi” tushunchasi keng tarqaldi. Ushbu jarayonni matematik, demografik va statistik tahlili kengayib bordi. Rossiyada S.A. Novoselskiy, V.V. Paevskiy, A.Ya. Boyarskiylar tomonidan aholi takror barpo bo’lishi statistikasi matematik tahlil etildi..
Demografik jarayonlarni ob’ektiv baholash uchun 1970-1980 yillardagi demografik revolyutsiya jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Demografik revolyutsiya nazariyasini dastlab (1934 yil) A.Landri ilgari surdi va keyinchalik bu borada tadqiqotlarining rivojlanishiga asos soldi. So’ngra uning taraqqiyotiga uzoq xorij olimlaridan F.V.Notsteyn (1953); Z.Pavlik (1964, 1979); V.S.Tompson (1942), rus olimlaridan A.G.Vishnevskiy 1973, 1976, 1982; A.Ya.Kvasha (1974); V.Ts.Urlanis (1974); demografik taraqqiyotning zamonaviy kontseptsiyasining shakllanishiga o’zlarining ilmiy xissalarini qo’shdilar. Bu kontseptsiyaga muvofiq, aholining takror barpo bo’lishi jamiyatning sotsial-iqtisodiy sotsiopsixologik rivojlanishi kabi murakkab omillar majmuasi bilan bog’liq bo’lishini va tizimli bosqichlar asosida rivojlanishini asosladilar.
Bugungi kunda bu olimlarga yana ikkita asosiy geosiyosiy va sotsial ekologik omillar dolzarbligi ahamiyat kasb etmoqda. BMT ekspertlarining qarashlariga ko’ra, demografik o’tish davrini 4 ta fazaga ajratishi mumkin. Avvalo o’lim koeffitsienti tug’ilish koeffitsientiga nisbatan tez tushib ketadi. Natijada, tabiiy o’sish koeffitsienti toki maksimal darajaga etguncha o’sadi
Keyin tug’ilish koeffitsienti o’lim koeffitsientiga nisbatan tezroq pasayadi. Bu jarayon o’lim koeffitsienti minimal darajaga etguncha davom etadi.
Keyin tug’ilish koeffitsienti sekin asta pasaya boradi. Bunda o’lim koeffitsienti aksincha ko’tariladi va nihoyat tug’ilish qayta barpo bo’lish darajasigacha pasayadi.
Bunda tug’ilish koeffitsienti oxirgi statsionar darajaga yaqinlashib qoladi. Shunda o’lim koeffitsienti bir necha martaga oshishi bilan xarakterlanadi. Bu kontseptsiya AQSh va Evropa davlatlari ilg’or demografik munosabatlari umumiy qonuniyatlari asosida paydo bo’ldi. Ayniqsa, II-jahon urushidan keyingi demografik jarayonlardagi o’zgarishlar mazkur kontseptsiyani tasdiqladi.
Shunday qilib, A.Landri (1934) tomonidan kiritilgan «demografik inqilob» tushunchasi hozirgi paytda aholi qayta barpo bo’lishining samarali harakati sifatida izohlanadi. Bu yondashuv A.G.Vishnevskiyning 1976 hamda 1982 yillardagi monografiyalarida keng yoritilgan bo’lib, unda aholi qayta barpo bo’lishi 3 ta asosiy tarixiy tipga ajratiladi: arxetip, an’anaviy va zamonaviy tiplar. Unga ko’ra, bir tipdan ikkinchisiga o’tish inqilobiy bosqich sifatida izohlanadi.
Yüklə 10,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin