Oilaviy-huquqiy munosabatlar


Оilaviy-huquqiy munosabatlar



Yüklə 48,21 Kb.
səhifə4/7
tarix02.01.2022
ölçüsü48,21 Kb.
#41201
1   2   3   4   5   6   7
huquq1212121

1.3. Оilaviy-huquqiy munosabatlar

Oilaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari. Oila huquqida huquq va muomala layoqati. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari va obyektlari. Oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlar. Oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lish asoslari. Oila huquqida qon-qarindoshlik, qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik tushunchasi hamda ularning ahamiyati. Oila huquqida da’vo muddati. Ijtimoiy munosabat tizimida oila alohida o‘rin tutadi. Oilaviyhuquqiy munosabatlar nikoh, qon-qarindoshlik aloqalari, huquq normalarida belgilangan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar doirasida vujudga keladi. Inson tug‘ilishi bilan boshqa kishilar muhitida b o‘ladi va bir umr shu muhitda yashaydi. Bunda inson boshqa kishilar bilan turli xildagi munosabatlarda bo‘ladi. Bu munosabatlar turlicha bo‘lib, ular jumlasiga qarindoshlik, do‘stlik, qo‘shnichilik, vatanparvarlik, ruhiy, iqtisodiy, ishlab-chiqarish, haq evaziga va tekin, axloqiy, diniy, oilaviy munosabatlarni kiritish mumkin. Mazkur munosabatlarning bir qismi davlat tomonidan qonun yordamida tartibga solinganligi sababli ham, bu munosabat huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar o‘z predmetining tabiatiga ko‘ra turli huquq sohalari: konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, oila va shu kabi tarmoqlar normalari bilan tartibga solinadi. Nikoh tuzish, oilaning vujudga kelishi va amal qilishi, bolalarning tug‘ilishi, ularning moddiy ta’minoti va tarbiyalanishi, tegishli muassasalarda joylashtirilishi faktlaridan kelib chiqadigan va qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar – oilaviy-huquqiy munosabatlar deb nomlanadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar jamiyatda juda keng tarqalgan munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar muayyan hollarda odob-axloq qoidalari bilan ham tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlarni oila qonunchiligi nuqtayi nazaridan tatbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu xususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikoh tuzishdan maqsad oila qurish bo‘lib, u er-xotinning butun umri davomida birga yashashiga mo‘ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va ta’minotiga qaratiladi. Farzandlikka olish, vasiylik, homiylik va boshqa huquqiy munosabatlar ko‘p xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshab ketadi. Bunday huquqiy munosabatlarda qo‘yilgan maqsadlarga uzoq muddat davomida erishish mumkin. Oilaviy-huquqiy munosabatlar muddatsiz bo‘ladi. Er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda, b ir umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy-huquqiy munosabatlar ham mavjudki, ular ma’lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davrgacha albatta davom etadi. Masalan, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to‘lganiga qadar davom etadi. Amaldagi qonunchilik oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning maxsus alohida turi deb hisoblab, uning fuqarolikhuquqiy munosabatlardan farq qilishini ko‘rsatadi. To‘g‘ri, oilaviy-huquqiy munosabatlar o‘zining ba’zi bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o‘xshab ketadi. Biroq bu o‘xshashlik faqat tashqi ko‘rinishdadir. Mazmunan oilaviy va fuqarolikhuquqiy munosabatlar o‘rtasida muhim sifat farqlari bor. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning asosiy qismini mulkiy munosabatlar tashkil etsa, oilaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy qismini esa, aksincha mulkiy bo‘lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar tashkil etadi. Shunga muvofiq fuqarolik huquqining hamma normalari, barcha institutlari, avvalo, mulkiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lsa, oila huquqi esa, birinchi navbatda, shaxsiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar, asosan, muayyan ekvivalent barobarida belgilanadigan qiymat, baho bilan ifodalanadigan xarakterga ega. Bu belgilar oilaviy huquqiy munosabatlarga taalluqli emas. Huquq layoqati deyilganda, barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati tushuniladi. Fuqarolik huquq layoqati tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etilishi bilan tugaydi (Fuqarolik kodeksining 17-moddasi). Muomala layoqati – fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo‘lishi, ularni o‘zgartirish va bekor qilishi mumkin bo‘lgan layoqatidir. Oila qonun hujjatlarida huquq layoqati va muomala layoqati tushunchalarining aniq ta’rifi belgilanmagan. Bu tushunchalarni tahlil qilishda Fuqarolik kodeksida mavjud bo‘lgan huquq layoqating va muomala layoqati tushunchalaridan foydalanish mumkin. Fuqarolik muomala layoqatini o‘zgarishi oila munosabatlariga bevosita ta’sir etishi mumkin. Fuqarolik muomala layoqatini cheklash yoki undan mahrum etish oila muomala layoqatini ham cheklash yoki mahrum etishga olib kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan huquqiy ko‘rinishda fuqarolik va oila huquqidagi o‘zaro bog‘liqlik shunday yaqinki, ularni, yani fuqarolik va oila huquqidagi huquq layoqati va muomala layoqatini, bir xil tushuncha deb atash ham mumkin. Oila huquqidagi to‘la muomala layoqati xuddi fuqarolik huquqiga o‘xshab 18 yoshga to‘lish bilan paydo bo‘ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, oila va fuqarolik huquqida to‘la muomala layoqati bir vaqtda vujudga keladi. Bunday o‘xshashlik ularning bir-biriga uzviy aloqadorligida ko‘rinadi. Yoshni kamaytirishi tufayli voyaga yetmagan shaxsning nikoh tuzish oila huquqida uning to‘la fuqarolik muomala layoqatiga ega ekanligini anglatadi. Fuqarolik huquqida to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lish oila huquqida o‘z-o‘zidan to‘la muomala layoqatini vujudga keltirmaydi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-moddasiga binoan, o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, belgilangan tartibda vakolatli idora tomonidan u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Oila qonuni ushbu hujjat bilan to‘la oilaviy muomala layoqati vujudga keladi deb hisoblamaydi. Fuqarolik huquqida ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli o‘z harakatlari uchun javob berolmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan muomalaga layoqatsiz shaxs, o‘z-o‘zidan, ba’zi holatlar bo‘yicha oilaviy muomala layoqatini ham yo‘qotadi. Amaldagi oila qonunlari voyaga yetmagan bolalarning roziligini olishni kengaytirish holatlarini oilaviy-huquqiy munosabatlarning paydobo‘lishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi holatlarni (farzandlikka olish, otaonalar huquqlarini tiklash va boshqalarda) jiddiy kengaytirib yubordi. Hamma holatlarda bolalarning roziligi to‘g‘risida so‘z ketsa, ularda qisman muomala layoqati borligi to‘g‘risida gap ketadi. Fuqarolik huquq layoqatini cheklash oilaviy huquq layoqatini ham cheklashga bevosita ta’sir etadi. Bunday shaxslar vasiy, homiy, farzandlikka oluvchi bo‘lolmaydilar. Mantiqan ular nikoh shartnomasini va aliment kelishuvini tuzish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak, chunki fuqarolik qonunlari ularga o‘z mulklarini tasarruf etishga ruxsat bermaydi. Biroq nikoh shartnomalari oilaning moddiy holatining yomonlashuviga emas, balki aksincha, uni mustahkamlashga qaratilishi mumkin. Chunki oila qonunchiligi qisman muomalaga layoqatsizlarga bunday cheklashni belgilamaydi. Ular bunday shartnomalarni tuzishlari mumkin. Fuqarolarda oila huquq va majburiyatlariga ega bo‘lish layoqati tug‘ilish bilan vujudga kelsa (masalan, ota-onalar va bolalar, aka-uka yoki opa-singillar va boshqalar o‘rtasidagi aliment majburiyatlari) ayrim holatlarda esa, fuqarolarning ma’lum yoshga to‘lishlari bilan vujudga keladi. Oila huquqida muomala layoqati, ya’ni o‘z harakatlari bilan oilaviy huquq va majburiyatlari paydo bo‘lishi ma’lum yoshga to‘lish bilan vujudga keladi. Qoida bo‘yicha bunday yosh voyaga yetish yoshi hisoblanadi. Biroq ayrim huquqlarga ega bo‘lish ertaroq ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, oila qonunchiligi farzandlikka olinayotgan bola o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa, farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinishini belgilaydi. Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi (Fuqarolik kodeksining 30-moddasi). Masalan, muomalaga layoqatsiz shaxs bilan tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Muomalaga layoqatsiz shaxs vasiy, homiy b o‘la olmaydi va farzandlikka bola ololmaydi. Shaxs muomalaga layoqatsiz deb topilganda oila doirasida unga tegishli bo‘lgan shaxsiy va mulkiy huquqlar vasiy tomonidan amalga oshiriladi.


Yüklə 48,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin