Oilaviy-huquqiy munosabatlar


I.BOB.OILADA HUQUQIY MUNOSABATLAR AHAMIYATI



Yüklə 48,21 Kb.
səhifə2/7
tarix02.01.2022
ölçüsü48,21 Kb.
#41201
1   2   3   4   5   6   7
huquq1212121

I.BOB.OILADA HUQUQIY MUNOSABATLAR AHAMIYATI

1.1. Oila huquqi tushunchasi, tamoyillari va manbalari

Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Oila huquqi – bu er-xotin, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bo g‘liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog‘idir. Oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Birinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo‘lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hokazolar) asosida vujudga keladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko‘proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega bo‘ladi, uchinchidan, oilaviy huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari ularning o‘zlarigagina tegishli huquq va majburiyatlardir. Oila huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar – oila huquqi predmetidir. Shaxsiy va mulkiy oilaviy munosabatlar oila a’zolari huquqiy munosabatlarining asosini tashkil etadi. Shuning uchun oilaviy huquqiy normalarni sharhlashda tushunchalar bilan cheklanmasdan, oila huquqi normalariga yuridik ahamiyat berish lozim. Oila huquqi normalari, avvalo, nikohdan o‘tish tartibi va shartlarini belgilaydi, er-xotinlar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, oila huquqi normalari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik bilan bo g‘liq ravishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi hamda nikohning tugatilishi tartibi va shartlarini belgilab beradi. Oilaviy munosabatlar majmuyida shaxsiy nomulkiy munosabatlar ustundir. Chunki ular naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liqdir. Oila huquqi tashkiliy tusda bo‘lgan nomulkiy munosabatlarni ham tartibga soladi. Bunday munosabatlar jumlasiga nikohga kirishish (Oila kodeksining 13, 17-moddalari), ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish (Oila kodeksining 149-moddasi) bilan bog‘liq munosabatlar kiradi. Oila huquqining metodi, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning oila huquqi tomonidan ta’sir etish usullari, avvalo, oila huquqida muayyan xulq-atvorda bo‘lish talabini belgilaydigan imperativ normalarining ko‘pligi bilan tavsiflanadi.Oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o‘rtasida, ota-ona bilan bolalar o‘rtasida, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir. Oila huquqi tamoyillari deganda, ushbu huquq sohasining mohiyatini aniqlab beradigan hamda huquqiy mustahkamlanganligi sababli umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy negiz, rahbariy qoidalar tushuniladi. Oila huquqi tamoyillarini hisobga olmay uning normalarini to‘g‘ri sharhlab va qo‘llab bo‘lmaydi. Oila huquqi tamoyillari nafaqat huquqni qo‘llash amaliyoti uchun, balki, amaldagi oila qonunchiligining mohiyatini anglash hamda uning takomillashtirilishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

1. Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi tamoyili. Bu tamoyil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan qoidaga asoslanadi. Unga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida b o‘lish huquqiga ega (63-modda).

2. Barcha fuqarolar, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyili. Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat’i nazar teng ekanligi ifodalangan. Nikoh tuzish uchun fuqarolarning turli millatga mansubliklari, har xil dinlarga e’tiqod etishlari to‘siq bo‘lmaydi. Shuningdek, bolalarni farzandlikka olish uchun farzandlikka oluvchilarning bolalardan boshqa millatga mansubligi ham monelik qilmaydi. Shu bois hayotimizda turli millatga mansub fuqarolarning bir oilaga birlashganliklarini ko‘plab uchratish mumkin.

Ma’lumki, huquqning ommaviy va xususiy tarmoqlarga bo‘linishi qadimgi Rimdan boshlanadi. Biroq bunday bo‘linish XIX-XX asrlarga kelib o‘z nihoyasiga yetgan. Huquqning ommaviy va xususiy tarmoqlarga bo‘linishi tarafdorlari, asosan, moddiylik mezoni nazariyasiga asoslanadilar va bunda xususiy va ommaviy huquq tomonidan tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning xarakteridan kelib chiqadilar. Ularning bunday talqini uchun asos vazifasini o‘z vaqtida Rim yuristi Ulpian tomonidan bildirilgan quyidagi fikr o‘taydi: umuman olganda ommaviy huquq Rim davlati manfaatlarini, xususiy huquq esa shaxs manfaatini nazarda tutadi. Mazkur mezon va asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, oila huquqi xususiy huquq sohasiga oiddir. Oila huquqida alohida inson manfaatlari ustuvorlikka ega bo‘lib, davlat faqatgina ushbu manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qilishi va ularni himoyalashi lozim bo‘ladi. Har bir alohida olingan shaxs (individuum) oilaviy-huquqiy tartibga solishning yakuniy va bevosita maqsadi hisoblanadi. Huquq fani tizimida oila huquqining o‘rni alohidadir. Chunki oila huquqining talabalar tomonidan o‘rganilishi faqat bilim va ta’lim olish ahamiyatigagina ega bo‘lmay, balki tabiiy va hayotiy muhim axloqiy tarbiyaviy ahamiyatiga ham molikdir, shu bilan birga, barkamol shaxsni va oqilona ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish vositalaridan biri hamdir. Oila huquqi tizimi umumiy va maxsus qismlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy qism oila huquqining maxsus qismidagi barcha institutlar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan me’yorlardan iborat. Jumladan, oila huquqining asosiy qoidalari va vazifalari, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar doirasi va ushbu munosabatlar subyektlari va obyektlari, oila huquqi manbalari; oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo‘llanilishi, shuningdek, oila to‘g‘risidagi va fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanilishi; oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning qo‘llanilishi (masalan, Oila kodeksining 1-9-moddalari) kabilar shular jumlasidandir. Umumiy qismga oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish shartlarini, oilaviy huquqlarni himoya qilish tartibi va muddatlarini o‘rnatuvchi me’yorlar (masalan, Oila kodeksining 10-11-moddalari) kiradi. Maxsus qism bir necha institutlardan tashkil topgan bo‘lib, bu institutlarning har biri ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Ular quyidagilardan iborat:

– nikoh (nikoh tuzish shartlari va tartibi, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi);

– er va xotinning huquq va majburiyatlari (er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari, er-xotin mulkining qonuniy tartibi, er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi, er va xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi);

– ota-ona hamda bolalarning huquq va majburiyatlari (bolaning naslnasabini belgilash, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari, ota-onalarning huquq va majburiyatlari);

– oila a’zolarining aliment majburiyatlari (ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv, aliment to‘lash va undirish tartibi);



Huquq tizimida oila huquqi huquqning boshqa sohalari bilan turli darajada bog‘liqlikda bo‘ladi. Oila huquqi huquq sohalarining shunday guruhida joylashganki, u huquqning tartibga soluvchi tarmoq guruhlaridan biri hisoblanadi. Bu guruhning barcha sohalariga muayyan munosabatlarni subyektlar erk-irodasi asosida vujudga kelishi xosdir. Ushbu xususiyati bilan ular ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish vazifasini bajaruvchi va shu sababli man etish orqali tartibga soluvchi jinoyat huquqidan farq qiladi. Shu bilan birga, tartibga soluvchi sohalar orasida oila huquqi ruxsat berish orqali tartibga soluvchi sohalar guruhiga mansub (fuqarolik, mehnat huquqlari kabi). Bu guruhning barcha sohalari singari, oila huquqi majburlash orqali tartibga soladigan (masalan, ma’muriy, moliya huquqlari) sohalardan farqlanadi, chunki bu sohalar asosan bir subyektning ikkinchisiga bo‘ysunishi va boshqaruv organlari hujjatlari asosida shakllanadi. Ruxsat berish orqali tartibga soluvchi huquq sohalari guruhida esa oila huquqi o‘z predmeti va metodi bo‘yicha fuqarolik huquqiga yaqindir.


Yüklə 48,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin