Ajralish = ozodlik - bola — aliment ± uy + yangi oila qurish imkoniyati.
Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko`rsatadigan asosiy ta`sirlarini sanaydigan bo`lsak, ular quyidagicha bo`ladi:
Jamiyat uchun — noto`liq oilalar soni ko`payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo`ladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi.
Noto`liq oiladagi bolalar tarbiyasi.
Noto`liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, noto`liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto`liq bo`lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojia, avvalo bu fojia hech kimning boshiga tushmasin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati tufayli unga, uning sha`niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto`liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetimlik» jamoatchilik o`rtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida (bog`chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o`rtog`i sha`niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo`yoqlar beruvchi munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar ko`proq bildiriladi. Bular albatta, bu toifa noto`liq oilalardagi o`zaro munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarning yuzaga kelishiga asos bo`ladi.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
1. Oilaviy nizolar yaxshimi yoki yomonmi ?
2. Oilaviy nizolar qanday turlarga farqlanadi?
3. Er-xotin nizolarining xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Biriktiruvchi va ajratuvchi nizolar qanday nizolar?
5. Er-xotin munosabatlarida nizolar qanday rivojlanadi ?