“oits – insoniyat umrini zavoli!”



Yüklə 36,08 Kb.
tarix14.12.2022
ölçüsü36,08 Kb.
#74802
1-dekabr OITS tavsiyaviy ro\'yxat


Namangan muhandislik qurilish instituti
Axborot resurs markazi
Ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot bo‘limi
1-dekabr Butunjahon ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligi (OITS) ga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “OITS – insoniyat umrini zavoli!” deb nomlangan
Tavsiyaviy ro‘yxat

Namangan 2022


Tavsiyaviy ro‘yxat tuzuvchi: G.Asqarova
Ushbu tavsiyaviy ro‘yxat keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan, marhamat aziz foydalanuvchilar o‘qib o‘zingizga ma’lumot olishingiz mumkin.

So‘z boshi


OITS-«Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi» bo‘lib, odam organizmida immunitet (himoya kuchlarining) yo‘qolishi bilan kechuvchi xavfli yuqumli kasallikdir. Bu dahshatli va bedavo kasallik hozirgi zamonning “vabosi” deb yuritiladi. OITS virusi ilk bor Afrika qit’asida XX asrning boshlarida aniqlangan. OITSni fransuz olimi Lyuk Montante va amerikalik olim Robert Gallolar kashf etgan. OITV virusi keltirib chiqarishi isbotlangan. OITV – bu OITS kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus bo‘lib, u jarayonning boshlang‘ich bosqichidir. Bu virus odam immuniteti tizimini zaiflashtiradi va oxir oqibatda organizm oddiy yallig‘lanish kasalliklarida ham himoyalana olmaydigan, chidamsiz bo‘lib qoladi. Bu kasallikning davosi topilmagan, oxiri fojeali o‘lim bilan yakunlanadi. OIV sekin asta immunitet tizimini ishdan chiqaradi va OIV bilan yashovchi shaxs organizmida OIV – infeksiya degan hastalik rivojlanishni boshlaydi. Bir necha shunday spatsitik xastaliklarning borligi OIV - infeksiya “Simptomatik” (belgilari bo‘ladi) o‘lganini bildiradi. Bu belgilar odamda paydo bo‘ladi va uning immun tizimi izdan chiqadi. Bu holat OITS sifatida ma’lum. Shunday qilib, OIV – infeksiyasi keltirib chiqaruvchi virus bo‘lib, OIV – infeksiyasi esa kasallikning OITS deb ataluvchi bosqichiga olib keladi. OITS OIV- infeksiyasining eng og‘ir bosqichi bo‘lib, unda odamning immun tizimi qattiq izdan chiqadi yoki “yetishmovchiligi” kelib chiqadi. Bu bosqichda qon tarkibidagi CD4 hujayralar miqdori kamayib ketadi. Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — retrovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali namoyon boʻlmagan davr. Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsatadi, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng, 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sindromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tekshirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
OITS va OITV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiyatini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yoʻllarida doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata olmaydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularning namoyon boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq boʻlgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bogʻliq (assotsiirlangan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburugʻli kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va hokazo.
Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi.
OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar, gomo va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shipris va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuqtirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida va goʻdak emiziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin.
Oʻzbekistonda OITV va OITS bilan bogʻliq masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligining OITV va OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika OITV va OITS markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OITV va OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OITV va OITS markazlari oʻz xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha profilaktik, epidemiologik, lab tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida oʻz ixtiyori bilan lab tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlar giyohvandlar va seksiolog xodimlari bilan virus yuqib qolishining oldini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi.
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit va qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.
Yüklə 36,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin