Oksidlar ,asoslar, kislotalar va tuzlarning olinishi, xossalari ishlatilishi. Modda tuzilishi
Reja 1.Murakkab moddalar.
2.Oksidlar. Nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
3.Kislotalar va ularning kimyoviy xossalari.
MURAKKAB MODDALAR –molekulasi har xil atomlardan hosil bo‘lgan moddalar. Masalan: H2O – suv (distillangan), C12H22O11 – shakar, H2SO4 – sulfat kislota, CO2 – karbonad angidrid, CH4 – metan, NH3 – ammiak, CaCl2 – kalsiy xlorid, KON – kaliy gidroksid va h.z. Murakkab moddalar anorganik va organik moddalarga bo‘linadi. Murakkab moddalar 2 ta sinfga bo‘linadi: Anorganik moddalar va organik moddalar sinflari. Anorganik moddalar 5 guruxga bo‘linadi: Oksidlar, Kislotalar, Asoslar, Tuzlar, Binar moddalar. Organik moddalar asosan 2 katta guruxga bo‘linadi: Ochiq zanjirli birPikmalar va Yopiq zanjirli birikmalar sinflari.
2.Oksidlar. Nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi. OKSIDLAR –biri kislorod bo‘lgan ikki xil elementdan iborat murakkab moddalar. Masalan: CO2, FeO, Cr2O3, Na2O, XeO4, Mn2O7, P2O5, SO3 va h.z.
Oksidlarni formulasini tuzish Deyyarli barcha oksidlarda kislorod ikki valentlik namoyon qiladi. Elementni belgisi keyin kislorodni belgisi yozilib, valentliklar almashtirilib indeks sifatida yoziladi. Masalan:
Oksidlarni nomlash Elementni nomiga oksidi so‘zi qushib birikmalarning nomi yasaladi. Agar element o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko‘rsatiladi.