O`lch varaq Hujjat № imzo sana "FrontPage" web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur yaratish bet Bajardi


II BOB. ASOSIY QISM. UMUMTA`LIM MAKTABLARI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/41
tarix11.05.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#111796
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
frontpage web-muharriri boyicha orgatuvchi dastur yaratish

II BOB. ASOSIY QISM. UMUMTA`LIM MAKTABLARI
UCHUN “INGLIZ TILI” FANIDAN O’RGATUVCHI DASTUR 
YARATISH 
 
§ 2.1. Masalaning qo’yilishi. 
Bitiruv malakaviy ishim mavzusi «“FrontPage” web-muharriri bo’yicha 
o’rgatuvchi dastur yaratish» hisoblanadi.
Yaratilayotgan o’rgatuvchi dastur “FrontPage” dasturini to’liq qamrab olishi va 
o’quvchining ushbu dasturni to’liq o’zlashtirishi uchun barcha kerakli qismlardan 
tashkil topgan bo’lishi shart. Web-muharrirlarni o’rganish dolzarb masalalardan biri 
bo’lib, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini oshirishda aynan yaratilgan 
o’rgatuvchi dasturdan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi o’quv jaryoniga ushbu o’rgatuvchi 
dasturni qo’llashdir. “FrontPage” dasturi bo’yicha o’tiladigan mashgulotda bu 
o’rgatuvchi dasturni qo’llab, o’quvchilarda tasavvurni kuchaytirish, nazariy va 
amaliy bilimlarni mustahkamlash, o’z-o’zini nazorat qilish va ko’rgazmali 
vositalardan foydalanishni o’rgatishdir.
Mustaqil ishni tashkil etishda o’quvchilarning individual qobiliyatlari va fan 
xususiyatlarini e`tiborga oladigan o’quv – uslubiy vositalar, usullar va tavsiyalar 
ishlab chiqish, ularni amalda qo’llash yaxshi natijalar beradi. 
Ta`lim sifatiga yuqori talablar qo’yilayotgan bugungi kunda talabalarda 
an`anaviy usullarda ta`lim olishga qiziqish kamayib bormoqda. Ularni turli usullarda 
qiziqarli va ko’rgazmali vositalardan foydalanib bilim olishga faol jalb qilish 
imkoniyatlari yildan – yilga ortib bormoqda. Ilg’or o’quv yurtlari zamonaviy 
kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanib, ta`lim sifatini oshirishga 
erishmoqda. Kompyuter texnikasini zamonaviy darajasi internetni rivojlanishi 
o’qitish jarayoniga yo’naltirilgan, zaruriy uslubiy, dasturiy va texnik vositalar bilan 
ta`minlangan 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari 
majmuasi 
tushuniladigan 
informatciyali – o’qitish muhiti yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 


o`lch varaq 
Hujjat № 
imzo 
sana 
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur 
yaratish
bet 
Bajardi 
Bozorova D. 
44 
Rahbar 
Sariyev R.B. 
Oliy ta`lim, kasb – hunar kollejlari va maktablarda o’tilayotgan fanlar uchun 
hozirgi vaqtda bir nechta eletron o’quv qo’llanma, elektron darsliklar, o’rgatuvchi 
dasturlar va virtual ko’rgazmalar ishlab chiqilgan bo’lib, bizning yaratgan 
o’rgatuvchi dasturimiz ham shular jumlasiga kiradi.
Mavzuning dolzarbligi shundaki, ko’pchilik o’quvchi va talabalarga yangi 
bilimlarni etkazib berishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va 
mashg’ulotlarda elektron rusurslarni qo’llab, o’quvchi anglay olmaydigan, 
tasavvuriga keltira olmaydigan qismlarini etkazib berish imkoni borligidadir. 
Demak, ularni amalga oshirishda o’rgatuvchi dasturdan foydalanilsa, maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Talaba olgan nazariy bilimlarini o’rgatuvchi dastur asosida 
mustahkamlaydi va umumiy tasavvurga ega bo’ladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin