O`lch varaq Hujjat № imzo sana "FrontPage" web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur yaratish bet Bajardi


§ 2.3. Multimedia muhitida o’quv kursini tashkil qilish texnologiyasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/41
tarix11.05.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#111796
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
frontpage web-muharriri boyicha orgatuvchi dastur yaratish

§ 2.3. Multimedia muhitida o’quv kursini tashkil qilish texnologiyasi 
Ta`lim sohasi va kasbiy tayyorgarlikda qo’llaniladigan multimedia tizimlarini 
ishlab chiqish bosqichlari orasida pedagogik stcenariylarni yaratish muhim o’rin 
egallaydi. 
Pedagogik stcenariy – kompyuter kursi loyihasi bo’lib, uning tuzilishi va 
tarkibini aniqlaydi. Pedagogik stcenariy, nafaqat ta`lim materiali tarkibini ifodalash 
shakli balki, o’qitishni boshqarish usullari va o’quv jarayonini nazorat qilishni 
ifodalashi lozim. Uning sifati ko’pgina hollarda kompyuter kursini ishlab chiqish 
samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Pedagogik stcenariyni ishlab chiqish jarayonida bir 
qator talablar hisobga olinishi kerak, ular orasida ta`lim tamoyillariga asoslanadigan 
didaktik talablar muhim o’rin egallaydi. Ularga quyidagilar kiradi: tarkibning 
ilmiyligi; o’quv materialining oldin egallangan bilim, tajriba va malakalarga mos 
kelishi; tizimlilik va ketma-ketlik; egiluvchanlik, o’quvchining individual 
xususiyatlariga moslashish; ko’rgazmalilik, faollik.[12] 
Pedagogik stcenariy yaratish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga 
bo’lish mumkin: 
1. Ta`lim maqsadlari va kompyuter kursidan foydalanishni, shuningdek ta`lim 
jarayonida qo’llanniladigan qulayliklarni aniqlash. Kompyuterli o’qitishni ko’pgina 
fan, kasb va mavzularni o’rganishda qo’llash mumkin. Shu bilan birga, pedagogik 
stcenariyni yaratishni boshlashdan oldin ishlab chiqilgan kompyuter kursining 
afzalligini aniqlab olish lozim. 
2. O’quv materiali tarkibini saralash. Pedagogik stcenariy muallifi o’quv 
materialidan o’quvchilarga yangi materialning asosiy tarkibini ko’rish, eshitish, his 
qilish va tushunishga imkon beradigan tushunchalar, misollar, ko’rgazmalarni saralab 
olishi lozim. Ma`lumotlarni darslikdan kompyuter kursiga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazish 
pedagogik samara bermaydi. Muallif tomonidan saralangan o’quv materiali hodisalar 
va jarayonlar mohiyatini ochib berishi kerak. Bunday yondashuv o’quvchilarning 
fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning yangi stilini shakllantiradi. 
Stcenariy muallif tomonidan tayyorlangan didaktik o’quv material o’quvchilarning 


o`lch varaq 
Hujjat № 
imzo 
sana 
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur 
yaratish
bet 
Bajardi 
Bozorova D. 
58 
Rahbar 
Sariyev R.B. 
individual xususiyatlariga yo’naltirilishi, oldin egallangan bilimlarga, tajriba va 
ko’nikmalarga tayanishi, o’quvchining fikrlash doirasini kengaytirishi lozim. 
3. O’quv materialini mantiqiy tahlil qilish, tabaqalash va tizimlashtirish. Ushbu 
bosqichda stcenariy muallifi har bir mashg’ulotda o’tiladigan o’quv materiali hajmini 
aniqlashi, uning tarkibini mavzularga bo’lib chiqishi, bilim va tajriba hajmini 
aniqlashi, o’zlashtirilishi shart bo’lgan asosiy tushunchalarni ajratib ko’rsatishi lozim. 
O’rganiladigan materialni qismlarga bo’layotganda to’g’ri va teskari aloqa 
kanallarida o’quv axborotlari oqimning mantiqga to’g’ri kelishi, ilmiy asoslanganligi, 
maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi. O’quv materiali elementlari yorqin, 
murakkabliligi darajasiga mos kelishi va tez esda qoladigan bo’lishi kerak. Bu 
bosqichda shuningdek, o’quv materialida muloqot aloqalarini o’rnatish, grafika, 
animatciya, video, musiqa - nutqli ko’rinishlarni qo’llash uslubiyotini aniqlab olish 
lozim. Saralangan o’quv materialini tahlil qilish asosida topshiriqlar, masalalar, 
savollar tizimini ishlab chiqish kerak. Bu o’quvchining muloqot muhitida faol 
qatnashishini, ta`lim natijalari va qo’yilgan talablar asosida egallangan bilimlar 
darajasini bosqichma-bosqich taqqoslashni ta`minlaydi. O’quvchining “ta`lim yo’li” 
bo’yicha harakatlanish imkoniyatini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
O’quvchining “ta`lim yo’li” o’quv materiallari murakkablikning turli darajalarida 
bo’lishi mumkin. 
O’qitish algoritmini ishlab chiqishda barcha o’tish yo’nalishlarini aniqlab olish 
lozim, jumladan o’quv materialini taklif sxemasi, giper muhitni yaratish asboblaridan 
foydalangan holda matnli ma`lumotlarni o’rnatish shaklllari berilishi kerak. 
Pedagogik stcenariy pedagoglar, uslubiyotchilar, rassom - dizaynerlar va 
dasturchilar guruhi ilmiy ishlarining natijasi bo’lishi lozim, biroq stcenariyni bir kishi 
ishlab chiqishi mumkinligini inkor qilmaslik kerak. Stcenariyning oxirgi ko’rinishi 
ishchi loyhani tayyorlashga mas`ul bo’lgan dasturchi bilan barcha qismlarini qayta 
ishlangandan so’ng yaratilishi mumkin. 
Alohida ko’rinishlar tuzilishi puxta o’ylab chiqilishi shart. Bunda shakl 
tuzilishini aniqlash vaqtida ekranni matnli ma`lumotlar bilan to’ldirmaslikka e`tibor 
qaratish lozim, chunki bu narsa o’quvchini tezda toliqtiradi va didaktik dasturga 


o`lch varaq 
Hujjat № 
imzo 
sana 
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur 
yaratish
bet 
Bajardi 
Bozorova D. 
59 
Rahbar 
Sariyev R.B. 
qiziqishni so’ndiradi. Stcenariyni rasmiylashtirish vaqtida tayanch iboralarni 
belgilash zarur va foydalanuvchi ular orqali iborani izohlovchi sahifalarga o’tishi 
hamda orqaga yoki boshqa bir bo’limga o’tish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim. 
Pedagogik stcenariy asosida yaratilgan elektron o’quv vositalari o’quv 
jarayonida kutilgan natijalarga erishishga yordam beradi. Elektron o’quv vositalarini 
yaratish sxemalari va dasturiy ta`minoti quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 
Elektron o’quv vositalarining mohiyati oshishi bilan ularni ishlab chiqish 
dasturlari ham rivojlanmoqda. Elektron o’quv vositalarini yaratishga mo’ljallangan 
dasturiy vositalar sifatida Microsoft FrontPage, Macromedia Flash, Macromedia 
Dreamweaver, Goldfusion va boshqalarini qarash mumkin. Bu dasturiy vositalar 
interaktiv muhitda elektron o’quv qo’llanma yaratish uchun kerak bo’lgan uskunaviy 
vositalarni taqdim etadi, bularni barcha foydalanuvchilar qo’llashlari mumkin. 
Yaratilayotgan elektron o’quv vositalar asosida gipermatnli belgilash tili yotadi. 
HTML (Hyper Text Markup Language - gipermatnli belgilash tili) tili buyruqlari 
orqali matnlarni ixtiyoriy ko’rinishda formatlash, shuningdek boshqa joydan turli xil 
rangli tasvirlarni qo’yish mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin