Nazorat savollari.
1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-server.
2. Web-texnologiyalarning tasnifi.
3. Belgilash tillari: HTML, XML, WML.
4. Stcenariylar tillari. «Klient-server» texnologiyasi.
5. Web – muharrirlar va ularning vazifalari.
6. Grafik muharrirlar va ularning vazifalari.
7. Flash texnologiyasi va uning imkoniyatlari.
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
71
Rahbar
Sariyev R.B.
III BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.
Kompyuter xonalarida ish joylarini tashkil etish.
Keyingi paytlarda kompyuter bilan ishlash turli xil kasalliklar keltirib chiqarish
ehtimolini oshirishi haqida tez-tez gapirilmoqda yoki yozilmoqda. Bundan xulosa
qilib, kompyuter sog’liqqa zararli degan fikr yuritish noto’g’ri. Kasalliklarning kelib
chiqishida ko’proq foydalanuvchilarning o’zlari kompyuterda ishlashning elementar
ergonomik talablariga va mehnatni tashkil etish qoidalariga rioya qilmasliklari sabab
bo’lmoqda. O’troq holda ishlaydigan har bir mehnat turiga o’xshash kompyuter bilan
ishlashda ham foydalanuvchi tanasi ma’lum muddat bir xil holatda bo’ladi. Bu esa
foydalanuvchining umurtqa pog’onasida va ba’zi mushaklarda statik zo’riqishning
kuchayishiga olib keladi. Shu bilan birga, bunday holat toz va boshqa quyi qismlarda
normal holatda qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Shaxsiy kompyuter bilan
ishlashda axborot olishning asosiy manbai kompyuter monitori bo’lgani uchun ko’z
tizimida ham zo’riqish kuchayadi. Bulardan tashqari, kompyuter monitori yoki
yordamchi qurilmalari ishlashi jarayonida organizmga turli xil elektromagnit nurlar,
elektrostatik maydon va tovush shovqinlari salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik
foydalanuvchilarning virtual dunyoga sho’ng’ib, Internet resurslariga murojaat
qilishlari, ayniqsa chat-muloqotlariga yoki ko’ngil ochar o’yin dasturlari bilan
mukkasidan ketib, berilib ishlashlari ularning ruhiy holatlariga ham o’z ta’sirini
o’tkazmay qo’ymayabdi. Natijada organizmga quyidagi salbiy holatlar o’z ta’sirini
o’tkazmoqda :
•Ko’z xiralik;
•quruq ko’z sindromi;
•Osteoxondroz;
•Tunnelli sindrom;
•Allergiya.
Ko’z xiralik xastaligiga duchor bo’lgan insonlar (tibbiyot mutaxassislari
atamasi bo’yicha miopiya) uzoqdagi obyektlarni xira ko’rib, ma’lumotlarni o’qib,
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
72
Rahbar
Sariyev R.B.
anglashlari qiyinchilik bilan kechadi. Lekin bunday insonlar yaqin masofadagi
obyektlarni, masalan, kitob yoki kompyuter monitoridagi yozuvlarni bemalol
o’qishlari, anglashlari mumkin. Bu holat tasvir ularning ko’z qorachig’ida
markazlashgan holda yo’naltirilganidan emas, balki tasvir ularga yaqin masofada
bo’lgani uchun yuzaga keladi. Tajriba va tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, miopiya
maktab yoshidagi o’quvchilarda va katta yoshdagi kishilarda ham ko’z tizimining
zo’riqishi va aqliy mehnat bilan shug’ullanish natijasida rivojlanar ekan. Ko’z xiralik
xastaligini oldini olishda ish o’rnidagi yorug’lik manbaining to’g’ri yo’naltirilganligi
katta ahamiyatga ega. Lyuminestsentli lampalar o’rniga oddiy lampochkali
chiroqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sababi lyuminestsentli lampalar
ishlashida yorug’likning lipillashi, ba’zi noxush shovqinli tovushlar chiqishi
kuzatiladi. Yorug’lik manbaining nuri monitor ekranida akslanmasligi kerak. Shuning
uchun kompyuter monitori quyosh nuriga qarama-qarshi bo’lgan joyga
o’rnatilmagani ma’qul. Xonada chiroqni o’chirib kompyuter monitorini kuzatish yoki
ishlash umuman mumkin emas. Sababi qorong’i xonada ekran orqali tarqatilayotgan
nur kuchlanishi ko’z tizimining zo’riqishiga olib keladi. Har bir soat oraliqida ko’z
gimnastikasi mashqlarini bajarib turish tavsiya etiladi. Tibbiyot sohasidagi statistik
ma’lumotlarga qaraganda umurtqa pog’onasi kasaliklarining 80 foizi osteoxondroz
sababli vujudga kelar ekan. Osteoxondroz - umurtqa oralig’i diski to’qimalarining
edirilishi va bo’g’inlarning ezilishi natijasida kelib chiqadi. Agar sog’lom
umurtqalararo disk vertikal holatda 500 kg ga ekvivalent kuchni ko’tarish
qobiliyatiga ega bo’lsa, osteoxondroz bilan og’riganlarda 200 kg yuk umurqalararo
diskning strukturasi buzilishiga olib keladi. Kompyuter bilan ishlashda osteoxondroz
kasalligiga duchor bo’lmaslik uchun avvalo kompyuter oldida to’g’ri o’tirish kerak
va hech vaqt suyanchiqsiz kursida o’tirish kerak emas. Maxsus kompyuter
kreslosidan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki bunday kresloni foydalanuvchi
o’z tanasiga moslab sozlab olishi mumkin. Ish boshlashdan avval kreslo holatini
o’zingizga moslab tayyorlab olishingiz kerak. Har bir soat oralig’ida albatta jismoniy
mashqlarni bajarish kerak. Agar mashqlarni bajarish xonadagi boshqa xodimlar
oldida noqulay bo’lsa, yo’lak orqali bir necha qavat yuqoriga ko’tarilib yana pastga
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
73
Rahbar
Sariyev R.B.
qarab harakatlangan ma’qul. Xonaning temperaturasi past darajada bo’lishi ham
osteoxondroz kasalligi rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bunday hollarda
issiq va qulay kiyinishga to’g’ri keladi. Oddiy holatlarda inson ko’zlarini bir minutda
yigirma marta pirpiratadi. Shaxsiy kompyuter bilan ishlashda, teleko’rsatuvlar
ko’rishda va kitob o’qishda pirpiratish chastotasi uch barobar kamayadi. Bu esa o’z
navbatida ko’zning shilliq pardasi qurishiga olib keladi. Bunday holat quruq ko’z
sindromini keltirib chiqaradi. Bunda ko’zning qichishi, qizarishi, achishi holatlari
ro’y beradi. Ba’zida shunday holat bo’ladiki, go’yoki ko’zga o’zga jism o’rnashib
qolgandek.[13]
Kompyuter ekrani oldida mukkasidan ketib ishlash quruq ko’z sindromini
kuchaytiradi. Tunnelli sindromda klaviatura yoki sichqoncha qurilmasi bilan uzoq
vaqt ishlash oqibatida barmoqlar va qo’l bo’g’inlari, ayniqsa, bosh va ko’rsatkich
barmoqlar uvishib qolishi, shishishi holatlari kuzatiladi. Shaxsiy kompyuterlar paydo
bo’lgunicha, yozuv mashinkasi bilan ishlovchi kotibalar, musiqachilar, haydovchilar,
chizmalar bilan ishlovchi konstruktorlar va boshqa kasb egalarida tunnelli sindrom
kasbiy xastalik sifatida ma’lum bo’lgan. Shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilar
sonining keskin ortishi bu xastalikka duchoro’lganlar sonining ko’payishiga olib
kelmoqda. Buning sababi kompyuter klaviaturasida uzoq vaqt ma’lumotlarni kiritish
yoki
sichqoncha
qurilmasi yordamida boshqarish bilan band bo’lgan
foydalanuvchilar barmoqlari bilan bir necha ming marta harakatlarni amalga
oshiradilar. Biroq bunday holatlarda qo’l tirsagi deyarli harakatlanmaydi. Bu esa
tirsak paylarining ezilishi va qo’l nerv to’qimalari tizimining zo’riqishiga olib keladi.
Bunday zo’riqishlarning oldini olish maqsadida klaviatura va sichqoncha
qurilmasining ergonomik talablarga javob beradiganlarini olib o’rnatish kerak. Har
bir soat oralig’ida quyidagi mashqlarni 1-2 minut bajarib turish tavsiya etiladi :
•qo’llaringiz barmoqlarini yig’ishtirib musht holiga keltiring va yana qo’yib
yuboring;
•tirsaklaringiz bilan soat strelkasi yo’nalish bo’yicha va unga teskari
yo’nalishda aylanma harakatlar qiling;
•qo’llingizni oldinga cho’zib, barmoqlaringizni birma-bir harakatlantiring.
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
74
Rahbar
Sariyev R.B.
Tunnelli sindrom oldini olish uchun ish joyini yaxshi tashkil etish va kreslo
suyanchiqda to’g’ri holatda o’tirish tavsiya etiladi. Xonalarda joylashgan shaxsiy
kompyuterlar va ularning periferiya qurilmalari foydalanuvchilarda allergiya
kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Nafas olish yo’llariga qurilmalar tomonidan
chiqariladigan gazlar va uchuvchi moddalar o’rnashishi organizmning immunitetini
pasaytiradi. Shu bilan birga ayrim foydalanuvchilarning chekishlari yoki ulardagi
genetik nafas yo’llari kasalliklari allergiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Allergiyaning o’ziga xos jihatlari va simptomlari temperatura ko’tarilmagan holda
aksirish, yo’tal, ko’z yoshlanishi va qizarishi, terining quruqlashishi va qichishi orqali
namoyon bo’ladi. Kompyuter tizimli bloki, monitor va periferiya qurilmalaridagi
plastmassa elementlarining qizishi natijasida uchuvchi moddalar ajralib chiqib
allergik reaktsiyalar hosil qiladilar. Maxsus tadqiqotdar natijasida monitor korpusini
tayyorlashda ishlatiladigan plastmassa 50 - 55 °S qiziganida trifenilfosfat parlarini
chiqarishi ma’lum bo’lgan. +urilmalardagi elektron platalar qizishi natijasida ftor,
xlor, fosfor va boshqa moddalardan iborat uchuvchi moddalar ajralib chiqadilar.
Ayniqsa, lazerli printerlar va nusxa ko’chiruvchi qurilmalar foydalanuvchilar holatiga
salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Bu qurilmalarning ichki platalari qizib, uchuvchi moddalar
ajralishidan tashqari bo’yoq moddalari (tonerlar) arzimagan miqdorining havoga
uchishi va qog’ozga chop etish jarayonida ozon moddasining ajralishi natijasida
allergik reaktsiyalar kuchayadi. Allergik kasalliklar oldini olish va profilaktika chora-
tadbirlarining eng sodda va samaralisi - xonalarda va ish joylarida tozalikka rioya
qilish. Ish joyida chekishni ta’qiqlash, xonalarni tez-tez shamollatib turish va
namlangan doka bilan qurilmalar korpuslarini, stollarni artib turish maqsadga
muvofiqdir. Yiliga uch-to’rt marotaba kompyuter tizimli bloki ichini tozalab turish,
undagi sovutish qurilmalarini profilaktik nazoratini borish zarur.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, kasallikni davolagandan ko’ra uning
oldini olgan maqul. Yuqorida keltirilgan kasbiy kasalliklar ko’pgina hollarda
kompyuter tashkil etuvchilarining ziyon yetkazuvchi jihatlari natijasida emas, balki
axborot texnologiyalari foydalanuvchilarining kompyuterlar bilan ishlashning
ergonomic talablariga va gigiena qoidalariga loqaydliklari natijasida kelib chiqar
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
75
Rahbar
Sariyev R.B.
ekan. Profilaktik chora-tadbirlar, vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlar majmuasini
bajarish, ochiq havoda aktiv dam olish kasalliklar kelib chiqishi va rivojlanishi oldini
oladi.
3.2. Favqulotda vaziyatlarni toifalanishi
Favqulotdagi vaziyatlarni toifalanishi ikki hil biladi birinchisi tehnogen va
ekologik.
Texnogen - o’tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlarning
o’zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida
to’g’ridan to’g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta’sir etgan hududdir. Texnogen
insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar, qo’rg’onlar,
qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit
deb ataluvchi odamlar bilan ham uzluksiz aloqada bo’ladi. Insonni ijtimoiy muhit
bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish, o’zining
ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni oshirishda
foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera,
texnogen va ijtimoiy muhit) bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ya’ni inson tabiiy atrof-
muhitga uzluksiz ta’sir etsa, o’z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib
chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo’lgan texnogen va
ijtimoiy muhit ham insonga to’g’ridan to’g’ri yoki sirtdan doimiy ta’sir etadi.
Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. zamonaviy inson uni o’rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya’ni,
tabiiy, texnogen va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o’zaro ta’sirda bo’ladi;
2. XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnogen va ijtimoiy muhit
uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o’zgartirilgan
ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir;
3. Texnogenni rivojlanishi tabiiy muhitni o’zgartirish hisobiga amalga
oshmoqda.Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalish bilan
birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
76
Rahbar
Sariyev R.B.
soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy holatiga,
organizmi sog’ligiga salbiy ta’sirini ko’rsatishi hammaga ma’lum. Shu sababli
insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki,
yashash joyida, yo’lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, mehnat
qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida qayg’urish masalalarini
ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining
o’rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bo’lajak mutaxassislarni qurollantirish
muammolarni ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.
Ekologik - masalalarni echimini amalga oshirilishi maxsus davlat organlari xuddi
shuningdek aholisi faoliyatiga ham bog’liq bo’ladi. Bunday faoliyatni maqsadi tabiiy
imkoniyatlardan ratsional foydalanish, atrof muhitni ifloslantirilishiga barham berish,
mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o’qitish va tarbiyalash
hisoblanadi. Tevarak atrof tabiat muhitini huquqiy jihatdan muhofazalash deganda
muhofaza ob’ekti va uni ta’minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me’yoriy aktlarni
tayyorlash asoslash va amalda qo’llash tushuniladi. Bu tadbirlar jamiat va tabiat
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.
Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
murakkab va ko’p rejali muammolardir. Bu muammolarni echimlari inson va tabiatni
o’zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma’lum +onuniyatlarga,
yo’riqnomaga va qoidalarga bo’ysunishi bilan aloqadordir. Bizning mamlakatimizda
bunday sistema qonunchilik tartibida o’rnatilgan. Tabiatni huquqiy himoyalash davlat
tomonidan o’rnatilgan huquqiy me’yorlar majmui bo’lib, huquqiy munosabatlarni
amalga oshirish natijasida paydo bo’ladi va ular tabiiy muhitni saqlash bo’yicha
tadbirlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, hozirgi va kelajak avlodlar
manfaati uchun insonni o’rab turgan atrof muhitni, borliqni sog’lomlashtirilishiga
qaratiladi. Davlat tadbirlarining bu sistemalari insonlar hayoti uchun zarur bo’lgan
qulay sharoitlarni yaratish, saqlash va tiklashga va moddiy boyliklar ishlab
chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilgan va huquqiy mustaxkamlangan.
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
77
Rahbar
Sariyev R.B.
O’zbekistonda tabiatni huquqiy muhofazalash sistemasiga quyidagi qonuniy
tadbirlar kiradi:
1. tabiiy resurslardan foydalanish, saqlash va rivojlantirish bo’yicha
munosabatlarni huquqiy tartibga solish;
2. kadrlarni o’qitish va tarbiyalashni tashkil etish, tabiatni muhofazalash
ishlarini moddiy texnik taminlash va moliyalashtirish;
3. Tabiatni muhofazalash talablari bajarilishi yuzasidan davlat va jamoyat
nazorati;
4. tartib buzarlarni qonuniy javobgarligi. Ekologik qonunchilikka ko’ra tabiiy
muhit huquqiy muhofaza ob’ekti hisoblanadi va u insondan tashqarida unga bog’liq
bulmagan holda mavjud bo’lib, tabiat insonni yashash sharti va vositasidir.
o`lch varaq
Hujjat №
imzo
sana
“FrontPage” web-muharriri bo’yicha o’rgatuvchi dastur
yaratish
bet
Bajardi
Bozorova D.
78
Rahbar
Sariyev R.B.
Dostları ilə paylaş: |