O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari. O`lchash vositalarining metrologik tavsiflari. O‘lchash asboblaridagi shartli belgilar. Reja


O‘lchash vositalari metrologik tavsiflarining to‘liq ro‘yxatidan quyidagilarni ajratish mumkin



Yüklə 74,96 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü74,96 Kb.
#168828
1   2   3
5-маъруза

O‘lchash vositalari metrologik tavsiflarining to‘liq ro‘yxatidan quyidagilarni ajratish mumkin:
  • statik ish tarzida kirish va chiqish signallari orasidagi nisbatni aniqlovchi darajalash tavsiflari. Asbob o‘zgartirishining nominal statik tavsifi (darajalash tavsifi), o‘lchovning nominal qiymati, o‘lchash diapazoni, shkala bo‘limining qiymati, raqamli asbobda raqamli kod parametrlari va turi;
  • o‘lchash natijasi xatoligining instrumental tashkil etuvchisini baholash imkonini beruvchi o‘lchash vositasi aniqligining ko‘rsatkichlari;
  • o‘lchash vositalarining inersion xossalarini aks ettiruvchi va o‘lchashlarning dinamik xatoliklarini baholash uchun zarur bo‘lgan dinamik tavsiflari;
  • o‘lchash vositalari metrologik tavsiflarining ta’sir etuvchi kattaliklar ta’siriga yoki kirish signallarining ma’lumot beruvchi parametrlariga bog‘liqligini aks ettiruvchi ta’sir etish funksiyasi.

  • O‘lchash vositalarining metrologik xossasi — o‘lchash natijasiga va uning xatoligiga ta’sir qiluvchi xossa. Metrologik xossa ko‘rsatkichlari ularning sifat tavsifi bo‘lib hisoblanadi va metrologik tavsiflar deyiladi.
    O‘V ning barcha metrologik tavsiflarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
    1) O‘V ning qo‘llanish sohasini aniqlaydigan xossalar;
    2) o‘lchash sifatini aniqlaydigan xossalar.
    Birinchi guruhga kiruvchi xossalarni aniqlovchi metrologik tavsiflarga o‘lchash diapazoni, prinsipi, usuli va sezgirlik chegarasi kiradi.
    O‘lchash diapazoni – Kattalik qiymatlarining shunday sohasiki, bunda o‘lchash vositalari xatoliklarining ruxsat etilgan chegaralari me’yorlangan.
    O‘lchash chegarasi – bu o‘lchash diapazonining eng katta va eng kichik qiymati. Masalan: o‘lchash vositasi shkalasi notekis bo‘lib, o‘lchash chegarasi 50 ga teng birlikda bo‘lsa va shkalaning boshlang‘ich uchastkasi ~20% ga teng bo‘lsa, unda o‘lchash diapazoni 10÷50 gacha bo‘lgan birlikka teng bo‘ladi.

Shkalaning bo‘lim qiymati – bu kattalik qiymatlarining farqi bo‘lib, shkalaning ikkita qo‘shni belgisiga mos keladi.
Tekis shkalali priborlar doimiy bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi, notekis shkalalilari esa o‘zgaruvchan bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi.
O‘lchash pritsipi – O‘lchash usulining ilmiy asosi yoki o‘lchashlar asoslangan fizik hodisalarning majmui. Masalan, massa gravitatsiyaga asoslanib o‘lchanishi mumkin, yoki inersion xossalarga asoslanib ham o‘lchanishi mumkin. Harorat jismning issiqlik nurlanishiga tayanib o‘lchanishi mumkin, yoki termometrdagi qandaydir suyuqlik hajmiga uning ko‘rsatgan ta’siri bo‘yicha ham o‘lchanishi mumkin va hokazo.
O‘lchash usuli – O‘lchash prinsiplari va vositalarining majmui. Yuqorida keltirilgan haroratni o‘lchash misolida issiqlik nurlanishi bo‘yicha o‘lchash kontaktsiz termometriya usuliga, termometr bilan o‘lchash esa kontaktli termometriya usuliga kiradi.
Sezgirlik chegarasi – chiqish signalining sezilarli o‘zgarishiga olib keluvchi o‘lchanadigan kattalikning eng kichik o‘zgarishi. Masalan, agar tarozining sezgirlik chegarasi 10 mg ga teng bo‘lsa, bu shuni anglatadiki, massaning shunday kichik 10 mg ga o‘zgarishi ham tarozi strelkasining sezilarli siljishiga sabab bo‘ladi.
Sezgirlik S=Δy/Δx : - bu o‘q chiqishidagi signal o‘zgarishi Δy ning bu o‘zgarishni yuzaga keltirgan kirishdagi Δx signal o‘zgarishiga nisbatidir va bunda sezgirlik tok va kuchlanish bo‘yicha sezgirlik deb tushuniladi.
O‘lchash sifatini aniqlaydigan ikkinchi guruh metrologik xossalarga o‘lchashlarning quyidagi xossalari: aniqligi, to‘g‘riligi, yaqinligi, qayta tiklanuvchanligi va ishonchliligi kiradi.
O‘lchash aniqligi – O‘lchash natijalarining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinligini aks ettiruvchi o‘lchash sifati. O‘lchashlarning yuqori aniqligi barcha ko‘rinishdagi ham muntazam, ham tasodifiy kichik xatoliklarga mos keladi.
O‘lchashlar to‘g‘riligi – o‘lchash natijalarda muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini aks ettiruvchi o‘lchash sifati. O‘lchash natijalari muntazam xatoliklar bilan qanchalik kam buzilsa, ular shunchalik to‘g‘ri hisoblanadi.

Yüklə 74,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin