Oʻlchash vositalari va ularning turlari. Oʻlchashlarning usullari va turlari. Oʻlchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari



Yüklə 253,12 Kb.
səhifə15/18
tarix04.05.2023
ölçüsü253,12 Kb.
#107278
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
5-6-maruza

Pretsizionlik
Pretsizionlikning asosiy tavsifnomalari yaqinlashish va qayta ishlab chiqarishning standart og‘ishlarini (GOST ISO 3534-1 va GOST ISO 5725-2), shuningdek oraliq pretsizionlikni (GOST ISO 3534-3) o‘z ichiga oladi. YAqinlashish laboratoriyada, qisqa vaqt oralig‘ida bitta operator tomonidan, bir nushadagi uskunada kuzatilgan o‘zgaruvchanlikni tavsiflaydi va uni ushbu laboratoriya chegarasida yoki laboratoriyalararo tadqiqotlar doirasida baholash mumkin. Muayyan metod uchun qayta ishlab chiqarishning standart og‘ishini bevosita laboratoriyalararo tadqiqotlar yordamida baholash mumkin va u xuddi shu namunani bir necha laboratoriyalarda tahlil qilinganda natijalar o‘zgaruvchanligini tavsiflaydi. Oraliq pretsizionlik bir yoki ko‘prok faktorlar, jumladan vaqt, uskuna yoki bitta laboratoriya chegarasidagi operator o‘zgarganida kuzatiladigan natijalar variatsiyasini tavsiflaydi; bunda qaysi faktorlar muttasil turishidan qat’iy nazar turli ko‘rsatkichlarga erishadilar. Oraliq pretsizionlikni ko‘proq bitta laboratoriya doirasida baholaydilar, lekin uni laboratoriyalararo tadqiqotlar yordamida belgilash mumkin. Analitik metodikaning pretsizionligi u alohida dispersiyalarni jamlash orqali yoki metodikani to‘liq tadqiqot qilish yo‘li bilan aniqlanishidan kat’iy nazar umumiy noaniqlikning muhim tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi.
Siljish
Qo‘llanilayotgan metodga bog‘liq bo‘lgan siljish odatda solishtirishning munosib namunalarini yoki ma’lum qo‘shimchali namunalarni o‘lchash yordamida belgilanadi. Muvofiq tayanch qiymatlarga tegishli umumiy siljishni aniklash qabul qilingan etalonlarga kuzatib borishni belgilashda muhimdir. Siljishni ajratib olish (kutilgan qiymatga bo‘lingan kuzatilgan qiymat) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Analitikning vazifasi siljishga e’tibor bermasdan qarash yoki unga tuzatish kiritishni ko‘rsatishdan iboratdir, lekin har qanday holda ham siljishni belgilash bilan bog‘liq noaniqlik umumiy noaniqlikning ajralmas tashkil etuvchisi bo‘lib qoladi.
Chiziqlilik (To‘g‘ri mutanosiblik)
Chiziqlilik ba’zi diapazonda o‘lchash uchun foydalaniladigan metodlarning muhim xossasi bo‘lib hisoblanadi. Javob chiziqliligini toza moddalarda va real namunalarda aniqlash mumkin. Odatda chiziqlilikni miqdoriy aniqlanmaydi, uni ko‘z bilan yoki nochiziqlilik ahamiyatliligining mezonlari yordamida tekshiriladi. Ahamiyatli nochiziqlilikni odatda nochiziqli darajalovchi tavsifnomalar yordamida hisobga olinadi yoki torroq ishchi diapazonni tanlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. CHiziqlilikdan qolgan har qanday og‘ishlar odatda bir qancha o‘lchanayotgan qiymatlarni qamrovchi umumiy pretsizionlik bahosiga kiradi yoki darajalash bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik chegarasida qoladi.
Topish chegarasi
Metodning yaroqliligini baholash jarayonida topish chegarasi odatda ishchi diapazonning quyi chegarasini belgilash uchungina aniqlanadi. Ammo topish chegarasi yaqinidagi noaniqliklar alohida ko‘rib chiqishni va maxsus talqin etilishni talab etishi mumkin, topish chegarasi qanday aniqlanganidan qat’iy nazar uning noaniqlikni baholashga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi yo‘q.
Barqarorlik
Ko‘p hujjatlar tahlil metodlarining yaroqliligini baholash va ishlab chiqish bo‘yicha aniq parametrlarni o‘zgartirishga natijalar sezuvchanligini bevosita tadqiqot qilishni talab etadi. Odatda bu bir yoki bir necha faktorlarni o‘zgartirish bilan chaqirilgan ta’sirlar tadqiqot qilinadigan «mustahkamlikka sinash» yordamida amalga oshiriladi. Agar bunday sinov ahamiyatli bo‘lsa (o‘z pretsizionligi bilan solishtirganda) u holda bu ta’sirning kengligini aniqlash va muvofiq yo‘l qo‘yilgan ishchi diapazonni tanlash uchun mufassalroq tadqiqot olib boriladi. Barqarorlik bo‘yicha ma’lumotlar muhim faktorlarning o‘zgarish natijalariga ta’siri haqida axborot berish mumkin.
Selektivlik/ spetsifiklik
Qandaydir o‘lchash metodi aniq o‘lchash parametrlariga bir ma’noda javob beradigan daraja. Selektivlik tadqiqotlarida odatda mumkin bo‘lgan halal beruvchi komponentlar ta’sirini bu moddalarni bo‘sh namunalarga ham, ishchi namunalarga ham qo‘shgan holda va javobni kuzatgan holda o‘rganiladi. Olingan natijalar odatda haqiqiy halal beruvchi ta’sirlar unchalik ahamiyatga ega emasligini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Bunday tadqiqotlarda bevosita javob o‘zgarishi aniqlanganligi uchun bu ma’lumotlardan potensial halaqitlar bilan bog‘liq noaniqlikni baholash uchun foydalanish mumkin, bundan tashqari bunda halaqit beruvchi moddalar konsentratsiyalari diapazoni haqida axborot olinadi.

Yüklə 253,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin