Oʻlchash vositalari va ularning turlari. Oʻlchashlarning usullari va turlari. Oʻlchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari


O‘lchov asbobining mutlaq xatoligi



Yüklə 253,12 Kb.
səhifə12/18
tarix04.05.2023
ölçüsü253,12 Kb.
#107278
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
5-6-maruza

O‘lchov asbobining mutlaq xatoligi deb, shu asbobning ko‘rsatishi bilan o‘lchanayotgan kattalikning hakiqiy qiymati oradagi farqqa aytiladi. Bu erda, xatoliklar plyus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida ifodalanadi. Mutlaq xatolik kattaligining haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiyxatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqali o‘lchashning aniqlik darajasiniifodalash juda qulay.
(1.7)
Odatda, hakiqiy qiymat — Xq va topilgan qiymatlar Xk ga nisbatan ∆X juda kichik bo‘ladi, ya’ni

SHuning uchun,quyidagi ifodani yozish mumkin:
(1.8)
SHunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobning ko‘rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi.
Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun o‘lchov asbobinnng ko‘rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan mutlaq qiymatga teng:
T=Xh-Xk yoki T=-∆X (1.9)
bu erda, T-tuzatma.
Asbobning xatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va mutlaq xatolikning asbob o‘lchash chegarasiga nisbatiga teng, ya’ni
(1.10)
bu erda, N — asbobning o‘lchash chegarasi.

Asbob ko‘rsatishining standart yo‘l qo‘yadigan eng katta xatoligi yo‘l qo‘yiladigan xatolik deyiladi. Xatolik miqdori o‘lchashlar olib borilayotgan tashqi muhitga (atrof muhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog‘liq bo‘lgani sababli asosiy va qo‘shimcha xatoliklar tushunchalari kiritiladi.


O‘lchash asbobi uchun texnik sharoitlar imkon bergan, maxsus yaratilgan normal ish sharoitida yo‘l qo‘yilgan xato asosiy xatolik deyiladi. Atrof-muhiting normal holati deb 20°S harorat va 101325 N/m2 (760 mm sim. ust) atmosfera bosimi qabul qilingan. Tashqi sharoit o‘zgarishining asboblarga bo‘lgan ta’siridan kelib chiqqan xato qo‘shimcha xatolikdir. O‘lchov asboblarining sifati ularning xatoliklaridan tashqari asboblar variatsiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan xarakterlanadi.

1. O‘lchash noaniqligi bo‘yicha atamalar va ta’riflar



Yüklə 253,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin