TASODIFIY XATOLIKNING NORMAL QONUN BO’YICHA TAQSIMLANISHI VA UNI EHTIMOLIY BAHOLANISHI. O’lchash natijalarini qayta ishlash usullarini o’rganishdan maqsad, o’lchash natijasini o’lchanadigan kattalikni asli (chinakam) qiymatiga qanchalik yaqin ekanligini aniqlash, yoki uning haqiqiy qiymatini topish, o’lchashda hosil bo’ladigan xatolikning o’zgarish xarakterini aniqlash va o’lchash aniqligini baholashdir.
Bir narsaga alohida ahamiyat berishga to’g’ri keladi. Yuqorida oldingi mavzularda aytilganidek, muntazam xatoliklarni chuqur tahlili asosida aniqlashimiz va maxsus choralarni ko’rib, so’ngra ularni bartaraf etishimiz, yoki kamaytirishimiz mumkin ekan. Tasodifiy xatoliklarda esa bu jumla o’rinli emas. Bu turdagi xatoliklarni faqat baholashimiz mumkin.
Har qanday fizikaviy kattalik o’lchanganda, uning taxminiy qiymati aniqlanadi. Bu qiymatni esa tasodifiy kattalik deb hisoblash kerak va u ikki tashkil etuvchidan iborat bo’ladi. Birinchi tashkil etuvchisi takror o’lchashlarda o’zgarmaydigan yoki ma’lum qonun bo’yicha o’zgaradigan (ko’payadigan yoki kamayuvchi) bo’lib, uni muntazam (sistematik) xatolik deyiladi. Bu tashkil etuvchini- matematik kutilish deb yuritish mumkin. Ikkinchi tashkil etuvchi esa, tasodifiy xatolik bo’ladi.
O’lchash noaniqligini baholash Umuman olganda noaniqliklarni baholash oddiy bo’lib hisoblanadi. Qandaydir o’lchash natijasiga xos bo’lgan noaniqlikni baholash uchun quyidagi amallarni bajarish zarur.
1-bosqich. O ’lchanayotgan kattalikni tasvirlash. O’lchash kattaligi va u bilan bog’liq bo’lgan parametrlar o’rtasidagi nisbatni kiritgan holda aynan nima o’lchanayotganligini aniq ifodalash zarur (masalan, o’lchash kattaliklari, konstantalar, darajalash uchun etalonlar qiymatlari va boshqalar). Mumkin bo’lgan joyda ma’lum sistematik effektlarga tuzatishlar kiritiladi. Bunday tasviriy axborot odatda muvofiq hujjatda metodikaga yoki metodning boshqa tasvirida keltiriladi.
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash. Noaniqlik manbalarining ro’yxati tuziladi. U 1 bosqichda belgilangan xuddi o’sha nisbatda parametrlar noaniqligiga hissa qo’shadigan manbalarni o’z ichiga oladi, lekin noaniqlikning boshqa manbalarini, masalan, ximiyaviy taxminlardan kelib chiqadigan manbalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.