inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni,
menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili; inspeksiya organi —
yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani va inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs; milliy akkreditatsiya tizimi —
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ- huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi tizim; muvofiqlikni baholash —
mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ- huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha faoliyat;
180
muvofiqlikni baholash organlari —
yuridik shaxs bo‘lgan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari; muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya —
ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;