O’lchash vositalarining turini tasdiqlash. O’lchash vositalarini metrologik attestatlash. O’lchash vositalarini qiyoslash


O’lchash vositalarini metrologik attestatlash



Yüklə 41,99 Kb.
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü41,99 Kb.
#184906
1   2   3   4   5   6   7   8
6 MA’RUZA O’LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK TADBIRLARGA TORTILISHI

O’lchash vositalarini metrologik attestatlash.
Ekspluatatsiyaga kam sonli O’V kiritish metrologik attestatsiya orqali amalga oshiriladi. O’V metrologik attestatsiyani O’z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O’Vning MA Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o’tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko’ra O’V Davlat reyestrda registratsiya qilinadi va unga MA to’g’risida sertifikat beriladi.
O’z DSt 8.006:1999 GSI Uz [Akkreditatsiya na pravo ispыtaniy, MA, proverki sredstv izmereniy] standartida O’Vni sinash va metrologik attestatsiyalashga akkreditlash huquqining talab va tartiblari keltirilgan. O’zbekiston Respublikasining ―Oziq-ovqat mahsulotlarning sifati va xavfsizligi‖ to’g’risidagi qonunga ko’ra, texnik vositalar va shu jumladan O’V ekspluatatsiya jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo’lsa, O’z.R. sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan sinashga tortiladi. SHunga ko’ra ko’rsatilgan O’V turni tasdiqlash yoki MAga gigiyenik sertifikat bo’lgan holdagina tortiladi.
DMT va N doirasidagi O’V va standart namunalar faqat turi tasdiqlanganligi to’g’risidagi sertifikatga yoki metrologik attestatsiyalanganligi to’risidagi sertifikatga ega bo’lsagina qo’llanishga qo’yiladi. Bu sertifikatlar O’zstandart tomonidan beriladi, O’V qaysi mamlakatda tayyorlanganligidan qat’i nazar.
Ekspluatatsiya jarayonida O’V xossalari o’zgaradi. SHunga ko’ra ularning parametrlari davriy ravishda aniqlanib turishi zarur. Protseduralarning natijalari mos hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, bu hujjatlar O’V yaroqligini tasdiqlaydi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo’llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo’ljallangan o’lchash vositalari metrologik attestatlanadi.
Bunda quyidagilar attestatlanadi:

  • donalab ishlab chiqariladigan O’V;

  • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O’V;

  • o’zining bevosita vazifasi bo’yicha qo’llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o’rnatilgan qo’llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo’llaniladigan, vatanda yoki xorijda ishlab chiqarilgan, xili tasdiqlangan O’V;

  • xilni tasdiqlashda o’rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o’rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O’Vning dona nusxalari;

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o’tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o’rnatishda.

O’lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki xorijdan donalab nusxalarda keltiriladigan) o’lchash vositalarini, bularning xossalarini sinchiklab tadqiq qilish asosida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo’llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo’llaniladigan sohaga kirmaydigan o’lchash vositalari ham metrologik attestatlanishi mumkin. Bunday attestatlash ixtiyoriy asosda o’tkaziladi.
Metrologik attestatlash O’Vning metrologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va (yoki) ularning o’rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida o’tkaziladi.

Yüklə 41,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin