O’lchash vositalarining turini tasdiqlash. O’lchash vositalarini metrologik attestatlash. O’lchash vositalarini qiyoslash


Davlat va tarmoq (vedomostvennыy) metrologik xizmatlari bo’yicha



Yüklə 41,99 Kb.
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü41,99 Kb.
#184906
1   2   3   4   5   6   7   8
6 MA’RUZA O’LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK TADBIRLARGA TORTILISHI

Davlat va tarmoq (vedomostvennыy) metrologik xizmatlari bo’yicha
1) davlat; 2) tarmoq va 3) lokal qiyoslash sxemalari mavjuddir.

  1. Davlat qiyoslash sxemasi mamlakatda berilgan kattaliklarni o’lchovchi barcha o’lchash vositalariga taalluqlidir.

  2. Tarmoq qiyoslash sxemasi – tarmoq ichidagi qiyoslanishni kerak bo’lgan o’lchash vositalariga taaluqlidir.

  3. Lokal qiyoslash sxemasi mazkur, davlat yoki tarmoq metrologiya xizmatlari bo’yicha qiyoslanish kerak bo’lgan o’lchash vositalariga taalluqlidir.

  • Davalat qiyoslash sxemalari davlat standarti sifati ishlab chiqiladi va tadbiq qilinadi. - Tarmoq qiyoslash sxemasi normativ hujjat yoki tarmoq standartidir. Bu sxema davlat standarti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

  • Lokal qiyoslash sxemasi normativ texnik hujjatlar yoki territorial davlat metrologiya xizmati organ mahkamasi bilan kelishilgan tashkilot standartidir.

O’V qiyoslash qat’iy reglamentlangan protsedura bo’lib, O’zstandart tomonidan tasdiqlangan metodikaga mos holda o’tkaziladi. Qiyoslashning haqqoniyligiga qiyoslashni amalga oshiruvchi – qiyoslovchi (poveritel) javob beradi. Qiyoslovchilar o’rnatilgan tartibda qiyoslash bo’yicha tayyorgarlik va attestatsiyadan o’tkaziladi.
Qiyoslash natijalari O’Vga ottisk (ishonch tamg’asi) qo’yilishi va qiyoslash guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.
O’lchash vositalarini kalibrlash.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo’llaniladigan O’V ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi.
O’Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta’mirlashda turi tasdiqlanmaydigan O’V tortiladi. O’V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
YUridik shaxslarning metrologiya xizmatlari kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlangan bo’lishi kerak. Akkreditlash O’zstandartning hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi o’lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik – O’z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo’yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan sub’ektlarning huquqlari va majburiyatlari O’z RST 8.018-97 da belgilangan. Bu standartning qoidalari O’z KT da akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O’z KT ga kirgan akkreditlash va boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi.
O’V ni kalibrlash – O’lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo’llanilmaydigan sohada o’lchashlar birliligini ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o’tkazishga o’rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub’ektlar majmui.
Kalibrlash to’g’risidagi sertifikat – O’lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o’lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg’a.
O’z KT O’zbekiston Respublikasida o’lchashlar birliligini ta’minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo’lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o’tkazishda o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida o’rnatilgan me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishini ko’zda tutadi.

Yüklə 41,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin