Masalalar yechish namunalari
Turli tizimdagi uchta voltmetr nosinussimon davriy kuchlanish manbaiga ulangan. Elektromagnit tizimga mansub voltmetr 4,2 V, tо‘g‘rilagichli voltmetr 4,0 V, “Pik” voltmetr 6,1 V kо‘rsatdi. Nosinussimon kuchlanishning amplituda va shakl koeffitsiyenti aniqlansin.
Yechilishi: 1) Elektromagnit tizimli voltmetrning kо‘rsatishi kuchlanish egrisining shakliga bog‘liq bо‘lmagan holda о‘lchanayotgan kuchlanishning о‘rta kvadratli qiymatiga teng, shunga kо‘ra U = 4,2 B.
2) Tо‘g‘rilagichli asbob harakatlanuvchi qismining og‘ishi о‘lchanayotgan kuchlanish qiymatining modul bо‘yicha о‘rta qiymatiga teng, shkalasi sinussimon kuchlanishning о‘rtakvadratli qiymati uchun darajalangan. О‘lchanayotgan kuchlanishning modul bо‘yicha о‘rta qiymatini aniqlash uchun tо‘g‘rilagichli asbob kо‘rsatishini sinusoidalning shakl koeffitsiyentiga bо‘lish kerak:
Kf = U / U о‘r.mod , 1.11;
О‘lchanayotgan kuchlanish uchun
U о‘r.mod = 4.0 / 1.11 = 3.64 B.
3) Amplituda detektorli elektron asbobning kо‘rsatishi о‘lchanayotgan kuchlanishning maksimal qiymatiga proporsional bо‘ladi. Asbob shkalasi о‘rtakvadratli qiymat uchun darajalangan. О‘lchanayotgan kuchlanishning amplituda qiymatini aniqlash uchun elektron asbob kо‘rsatishini sinusoidaning amplituda koeffitsiyentiga kо‘paytirish kerak
О‘lchanayotgan kuchlanish uchun
4) Tadqiqot qilinayotgan nosinusoidal kuchlanishning shakl koeffitsiyenti
5) Amplituda koeffitsiyenti
Javob: Ksh = 1.15, Ka = 2.02.
Turli yarimо‘tkazgichli о‘zgartkichlarga ega bо‘lgan о‘zgaruvchan kuchlanish voltmetrlarga bir xil amplitudali Um = 100 B va turli shakldagi ikkita signal ketma-ket uzatilmoqda. Birinchi signal garmonik: Ksh = 1.11, Ka = 1.41. Shuning uchun signalning о‘rta kvadratli qiymati U о‘r.kv = 70.7 V.
О‘rta tо‘g‘rilangan qiymat U о‘r.t = 63.7 V.
Ikkinchi signal meandr. О‘rta kvadratli va о‘rta tо‘g‘rilangan qiymatlar bir-biriga teng:
U о‘r.kv = U о‘r.t ....
Ushbu holda shakl va amplituda koeffitsiyentlari bir-biriga teng:
Ka = Ksh
Quyidagi savollarga javob berilsin.
A) Belgilangan shakldagi signallar uzatilganda volt-metrlarning kо‘rsatishi bir xil bо‘ladimi yoki yо‘q?
B) Signal shaklining sinussimonligi sababli о‘lchash xatoliklari qanday bо‘ladi?
V) Signalning nosinussimon shakli uchun voltmetrlarning kо‘rsatishi bо‘yicha qanday axborotni olish mumkin?
Dostları ilə paylaş: |