Bir qator buyumlar borki, ular uchun «katta-kichik» atamalarini ishlatib bo‘lmaydi. Masalan, lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo‘lishi mumkin; sakragich esa uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin
Bir qator buyumlar borki, ular uchun «katta-kichik» atamalarini ishlatib bo‘lmaydi. Masalan, lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo‘lishi mumkin; sakragich esa uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin va h.k.
Shu bilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshidagi bolalar buyumlarning kattaliklarini aniqlashda “kattakichik”, “ortiq-kam” so‘zlaridan foydalanishni afzal ko‘radilar. Buning sababi, birinchidan, bolalarning buyumlarning alohida uzunliklari (uzunligi, kengligi, balandligi)ni differensiallashtira olmasliklari, ular orasida o‘lchamlik munosabatlarini o‘rnata olmasliklari va ularning har birini so‘zlar bilan aniqlay olmasliklari, ikkinchidan, kattalarning o‘zlari ko‘pincha kattalikning aniq ta’rifi o‘rniga juda umumiy bo‘lgan “katta-kichik” atamalarini ishlatishlaridir.
Demak, buyumlarning kattaliklarini aynan bir hil aniqlash uchun bolalarga buyumlardagi uzunlik parametrlarini ajratish va ular orasida mos munosabat-larni o‘rnatishni o‘rgatish kerak. Bu munosabatlarga sonlargina aniqlik berishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosini bilish zarurati bilan har doim kundalik hayotlarida, har xil mashg‘ulotlarda, mehnat faoliyatlarida, o‘yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o‘rgatilgunga qadar tarqoq va aniqmas bo‘ladi. Chunonchi, bolalar “katta” tushunchasini tasavvur qilishda har qanday katta miqdor xarakter.ystikasini (yuqori, baland, keng, chuqur) qo‘shib yuboradilar, masalan, “uzunroq” deyish o‘rniga bolalar “katta” deyishadi, “kichik”ni bolalar “past”, “tor” deb tasavvur qilishadi.
“Teng” degan tasavvurni bolalar nutqidan “bir xil” degan tasavvur siqib chiqargan, “bir xil” so‘zi nihoyatda keng ma’no kasb etadi: bolalar bu so‘z bilan buyumlarning rangi, shakli, tayyorlangan materiali, ba’zan esa kattaligi va miqdori bo‘yicha taqqoslash natijalarini belgilaydilar.
Kattaliklarning miqdoriy baholarining shakllanishi miqdoriy munosabatlarni o‘rganishda, har xil tushunchalarning, ya’ni son, geometrik va boshqa tushunchalarning tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Kattaliklar miqdoriy baholarining shakllanish jarayoni bolalarning so‘z - terminlar (baland, tor va b.), shuningdek, eng sodda matematik ifodalar (masalan, buyumlarning balandliklari bo‘yicha taqqoslaymiz va b.) ni egallash bilan bevosita bog‘liq.